Jo‘raev Ilhomjon Kamolidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlarida iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish strategiyasini takomillashtirish (To‘qimachilik korxonalari misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt1390.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mansurov Mansur Alisherovich,  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi kichik biznes sub’ektlarida iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik korxonalar faoliyatida moliyaviy natijaning zarar bilan yakunlanishi ehtimoliy holatlarining standart vaziyatlarini shakllantirish hamda ular asosida inqiroz holatlarini erta tashhis qilish asosida barqarorlikni oshirish asoslangan; 
kichik to‘qimachilik korxonalarining moliyaviy (Mib), ishlab chiqarish (Ishb), marketing (Mrb) va innovatsion-texnologik (It) salohiyatlarini “yuqori” (2,1-2,5), “me’yorda” (1,51-2,0), “o‘rta” (0,51-1,5) va “past” (0-0,5) integral oraliq yondashuviga ko‘ra baholash taklifi asoslangan; 
kichik to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi strategik boshqaruv mexanizmi inqiroz xavfini baholash jarayonlarini “tarmoq-hudud” kesimida o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilikka ixtisoslashgan korxonalarning moliyaviy natijalariga ta’sir etuvchi omillar hamda ehtimoliy inqiroz xavfini baholash asosida kichik biznes sub’ektlarining 2026 yilga qadar barqaror rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes sub’ektlarida iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy va uslubiy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik korxonalar faoliyatida moliyaviy natijaning zarar bilan yakunlanishi ehtimoliy holatlarining standart vaziyatlarini shakllantirish hamda ular asosida inqiroz holatlarini erta tashhis qilish asosida barqarorlikni oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida tomonidan “Namangan viloyatida to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik biznes korxonalarini 2025 yilgacha bo‘lgan davr uchun inqirozga qarshi strategik dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 26 avgustdagi 03/25­2425­son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kreditorlik qarzlari 2021 yilda 2020 yilga nisbatan “MAX FASHION” MChJda 1,4 marotabaga, “NAMBIGTEX” MChJda 1,2 marotabaga, “ELEGANT SIFAT SERVIS” oilaviy korxonasida 1,6 marotabaga qisqartirish imkonini bergan;
kichik to‘qimachilik korxonalarining moliyaviy (Mib), ishlab chiqarish (Ishb), marketing (Mrb) va innovatsion-texnologik (It) salohiyatlarini “yuqori” (2,1-2,5), “me’yorda” (1,51-2,0), “o‘rta” (0,51-1,5) va “past” (0-0,5) integral oraliq yondashuviga ko‘ra baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida tomonidan “Namangan viloyatida to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik biznes korxonalarini 2025 yilgacha bo‘lgan davr uchun inqirozga qarshi strategik dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 26 avgustdagi 03/25­2425­son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yilda 2020 yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi MAX FASHION” MChJda 12,8 foizga, “NAMBIGTEX” MChJda 10,5 foizga, “ELEGANT SIFAT SERVIS” oilaviy korxonasida 13,6 foizga o‘sishga erishilgan;
kichik to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi strategik boshqaruv mexanizmi inqiroz xavfini baholash jarayonlarini “tarmoq-hudud” kesimida o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida tomonidan “Namangan viloyatida to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik biznes korxonalarini 2025 yilgacha bo‘lgan davr uchun inqirozga qarshi strategik dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 26 avgustdagi 03/25­2425­son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan MAX FASHION” MChJda 7,1 foizga, “NAMBIGTEX” MChJda 5,6 foizga, “ELEGANT SIFAT SERVIS” oilaviy korxonasida 6,9 foizga oshishiga erishilgan;
to‘qimachilikka ixtisoslashgan korxonalarning moliyaviy natijalariga ta’sir etuvchi omillar hamda ehtimoliy inqiroz xavfini baholash asosida kichik biznes sub’ektlarining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 26 avgustdagi 03/25­2425­son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida “MAX FASHION” MChJ, “NAMBIGTEX” MChJ va “ELEGANT SIFAT SERVIS” oilaviy korxonasining “Iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish strategiyasi”ni ishlab chiqishda o‘z aksini topgan hamda 2025 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish