Xamraeva Iroda Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyasi (aqli zaif o‘quvchilar ta’limi misolida)”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2016.
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramova Xafiza Samadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aqli zaif o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish diagnostikasi o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlik faoliyatini o‘zlashtirishga qaratilgan analitik, sintetik, avtomatlashgan bosqichlarni o‘qitishga ta’sir ko‘rsatadigan rivojlantiruvchi omillar bilan uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
2-3-sinf aqli zaif o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasining shakllanganlik darajasi o‘qitish, tarbiyalash va reabilitatsiya qilish jarayonlari, vizual idrok, nutq-harakat, nutq-eshitish analizatorlarida harf kodlarini tovushga aylantirish hamda eshitish-nutq-motor-vosita tasviri ma’nosi-mazmunga adekvat moslashtirish asosida aniqlangan;
2-3-sinf aqli zaif o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish modeli korreksion – pedagogik jarayonning maqsadli, metodologik, tashkiliy-mazmunli, operativ faoliyat, mezonli-baholash komponentlarini hamda zamonaviy metodik yondashuvlarni tanlash va variativ uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
2-3-sinf aqli zaif o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi harfma-harf va bo‘g‘inlab o‘qish, tovush va harflarni eslab qolish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, “O‘qishni o‘rganamiz” pedagogik va korreksion–rivojlantiruvchi interaktiv o‘yinlarni qo‘llash hamda voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish ko‘nikmasini bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 2-3-sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
aqli zaif o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish diagnostikasi o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlik faoliyatini o‘zlashtirishga qaratilgan analitik, sintetik, avtomatlashgan bosqichlarni o‘qitishga ta’sir ko‘rsatadigan rivojlantiruvchi omillar bilan uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida bajarilgan PZ-20170928428 raqamli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri misolida manzilli majmuaviy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 noyabrdagi 02-07-4265-son dalolatnomasi). Natijada ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 2-3-sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish hamda hayotiy zarur kompetensiyalarini amalga oshirish ishlarini samaradorligi oshirilgan.
2-3-sinf aqli zaif o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllanganlik darajasi o‘qitish, tarbiyalash va reabilitatsiya qilish jarayonlari, vizual idrok, nutq-harakat, nutq-eshitish analizatorlarida harf kodlarini tovushga aylantirish hamda eshitish-nutq-motor-vosita tasviri ma’nosi-mazmunga adekvat moslashtirish asosida aniqlashga doir takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida bajarilgan PZ-20170928428 raqamli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri misolida manzilli majmuaviy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 noyabrdagi 02-07-4265-son dalolatnomasi). Natijada ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida korreksion-rivojlantiruvchi pedagogik ishlarni amalga oshirishga sharoit yaratilgan.
2-3-sinf aqli zaif o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish modeli korreksion – pedagogik jarayonning maqsadli, metodologik, tashkiliy-mazmunli, operativ faoliyat, mezonli-baholash komponentlarini hamda zamonaviy metodik yondashuvlarni tanlash va variativ uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 noyabrdagi 02-07-4265-son dalolatnomasi). Natijada korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirishga xizmat qilgan
2-3-sinf aqli zaif o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi harfma-harf va bo‘g‘inlab o‘qish, tovush va harflarni eslab qolish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, “O‘qishni o‘rganamiz” pedagogik va korreksion – rivojlantiruvchi interaktiv o‘yinlarni qo‘llash hamda voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish ko‘nikmasini bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish asosida takomillashtirishga doir ishlanmalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida bajarilgan PZ-20170928428 raqamli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri misolida manzilli majmuaviy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 noyabrdagi 02-07-4265-son dalolatnomasi). Natijada korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.