Mustafaeva Feruza Abulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining diagnostikasida immun statusni baholashga tabaqalashtirilgan yondashuv», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1457.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevaich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Razikova Elmira Sadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musoxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: V.N.Gorodkova nomidagi Ivanovskiy onalik va bolalik ilmiy- tadqiqot instituti. (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining diagnostikasida immun statusni baholashga tabaqalashtirilgan yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari mavjud ayollarda, kasallik qo‘zg‘atuvchisi turiga bog‘liq ravishda immun status ko‘rsatkichlari - T-limfotsitlar, yallig‘lanishni qo‘llovchi IL-17A va yallig‘lanishga qarshi IL-10 sitokinlari miqdorida disbalans aniqlangan;
ayollar kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari kechishining og‘irlik darajasi, qo‘zg‘atuvchilar turi va bemor immun status ko‘rsatkichlari orasida bevosita kuchli, to‘g‘ri hamda teskari bog‘liqliklar borligi isbotlanganligi asosida immun statusni baholashda tabaqalashtirilgan yondashuv zarurligi aniqlangan;
kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari tashhislangan ayollar immun tizimida funksional zo‘riqishni bildiruvchi mezon sifatida immunoregulyator indeks va ushbu patologiyada yallig‘lanish jarayoni darajasini aniqlashga imkon beruvchi CD38+-hujayralar parametrlarini istiqbolni belgilovchi mezon sifatida qo‘llanilishi ko‘rsatib berilgan;
ayollar kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida kasallik qo‘zg‘atuvchilari peyzajini e’tiborga olib, immun statusni baholashga tabaqalashtirilgan yondashuv ishlab chiqilgan hamda mazkur patologiyalarga tashhis qo‘yishning patogenetik asoslangan immunologik mezonlar - IL-17A va IL-10 ni aniqlash ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida immun statusni baholashga tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirishga imkon beruvchi “Kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida ayollar immun statusini baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/784-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan ayollar immun tizimi ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni baholashga tabaqalashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish imkonini bergan;
ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari diagnostikasida immun statusni baholashga tabaqalashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish va shu asosda immunologik mezonlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi, Buxoro shahar 4-son oilaviy poliklinikaning ginekologiya bo‘limida klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8 nz/352-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida immun statusni baholash uchun ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan yondashuv usuli mazkur patologiyaga erta tashhis qo‘yishini yaxshilash va immunologik mezonlar asosida mazkur patologiya yakuni istiqbolini belgilash imkoni yaratilgan.