Abduraxmonov Bunyodbek Muqumjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermerlar populyasiyasi va ularning oila a’zolarida preurolitiaz va urolitiazni baxolash (epidemiologiyasi va profilaktikasi xususiyatlari)», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2979.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullayev Sherzodbek Abdullayevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Soliyev Kodir Karimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: fermerlar populyasiyasida va ularning oila a’zolarida preurolitiaz va urolitiazni epidemiologiyasini o‘rganish xamda ularni muvofiq oldini olish uchun noinvaziv innovatsion tavsiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor fermerlar populyasiyasida va ularning oila a’zolarida skrining o‘tkazildi, preurolitiaz va urolitiazni epidemiologiyasi o‘rganildi, STKni muvofiq va faol oldini olish uchun noinvaziv innovatsion tavsiyalar ishlab chiqildi;
ilk bor fermerlik bilan shug‘ullanuvchi aholi populyasiyasida preurolitiaz va urolitiazni chin tarqalishi darajalari aniqlangan;
ilk bor fermerlik faoliyati bilan mashg‘ul aholida siydik – tosh kasalligining xatar omillarini tarqalishi darajalari Farg‘ona vodiysi sharoitida aniqlangan;
maxsus epidemiologik tadqiqotda preurolitiaz va urolitiazning zamonaviy klinik kechishi xususiyatlari fermerlik ishlari bilan shug‘ullanuvchi aholi guruxlari aniqlangan;
ilk bor fermerlar populyasiyasida va ularning oilasi a’zolarida siydik – tosh kasalligining shakllanishiga, bevosita va bilbosita aloqador xatar omillarni qo‘shadigan xissalar, ularning xududiy ustuvorlari aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fermerlar populyasiyasi va ularning oila a’zolarida preurolitiaz va urolitiazni baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
fermer populyasiyasida preurolitiaz va urolitiazning profilaktikasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Fermerlar populyasiyasida va ularning oila a’zolarida preurolitiaz va urolitiazni baxolash modeli, bashoratlash shkalasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 maydagi 8n-m/437-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada kasallikning asoratlarini bartaraflash borasida donozologik tashxisot va profilaktik choralarini barvaqt amalga oshirish imkonini bergan;
fermerlar populyasiyasida preurolitiaz va urolitiazning erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Andijon filiali va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi urologiya bo‘limi hamda Andijon ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8i-z/310 - son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar PUL va UL ni erta tashxislash, fermerlik bilan shug‘ullanuvchi aholi orasida xatar omillarini barvaqt aniqlash, oldini olish va bartaraflash jarayonlarini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish