Boboev Utkirbek Abdillajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pnevmomexanik yigiruv jarayonida ipga buram berish masalalarini tadqiq qilish” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T1334
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; 
Rasulov Ro‘zimurod Xasanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pnevmomexanik yigiruv mashinasining yigiruv kamerasidan chiqayotgan ipga buram berish qurilmasining konstruktiv va texnologik parametrlarini tadqiq qilish orqali ip sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
pnevmomexanik yigirish mashinasining ip shakllantirish-pishitish qurilmasi uchun yangi avtomatlashtirilgan buram berish qurilmasi ishlab chiqilgan hamda unda olingan ipning harakat qonuniyati asosida yigirish jarayoni takomillashtirilgan; 
pnevmomexanik yigirishning barqarorlashmagan ish rejimlarida ip shakllantirish uchun yangi avtomatlashtirilgan buram berish qurilmasini o‘rnatish orqali mashinani yurishi va to‘xtatishida bir tekis buram berish jarayonining dinamikasini matematik modellari qurilgan;
ipga buram berish qurilmasi ishchi organining o‘q bo‘yicha kesimi Arximed spirali shaklida ekanligini hisobga olib, yangi  konstruksiyadagi avtomatlashtirilgan buram berish qurilmasida shakllanayotgan ipning xarakat traektoriyasi aniqlangan;
ko‘p omilli rejali tajriba natijalari asosida, pnevmomexanik yigirish mashinalarida avtomatlashtirilgan buram berish qurilmasini buralish burchagi, aylanish chastotasi hamda oraliq masofa qiymatlarining muqobil parametr qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishda yangi konstruksiyali ipga buram berish qurilmasi parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi konstruksiyali ipga buram berish qurilmasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli “AHSIN” MChJ to‘qimachilik korxonasida joriy etilgan. Natijada pnevmomexanik yigiruv mashinasiga yigirish kamerasidan chiqayotgan ipga buram beruvchi avtomatlashtirilgan buram berish qurilmasi o‘rnatilganda ipning sifat ko‘rsatkichi 10,4 % ga yaxshilanishi, ip chiqish tezligi 12,5 % ortishi hisobiga ish unumdorligini oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish