Eshpo‘lotov Bobir Xudoyberdievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Ko‘p qatlamli quduq qoplamasida so‘nuvchi to‘lqinlarning tarqalish xususiyatlari”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi  (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM716
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:  Safarov Ismoil Ibrohimovich,  fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.02.2021.FM.101.02
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Mirzaev Ibraxim,  fizika-matematika  fanlari doktori, professor; Mavlonov To‘lqin Mavlonovich, texnika  fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p qatlamli qovushqoq-elastik quduq qoplamalarida so‘nuvchi to‘lqinlarni tarqalish xususiyatlarini muhit bilan kontaktda bo‘lgan holda o‘rganish va quduqqa tashqi dinamik yuklanish ta’sirida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholashga qaratilgan hisoblash usulini va dasturini ishlab chiqish, analitik va sonli hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘ndalang kesimi doirasimon, qovushqoq-elastik muhit bilan o‘zaro kontaktda bo‘lgan suyuqlikli silindrik quduq qoplamasida so‘nuvchi to‘lqinlar tarqalishi nazariyasi rivojlantirilgan, dinamik yuklanish ta’sirida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati masalalarini echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan; 
dispersion munosabatlardan foydalanib chastotaning yuqori modalarida uzilish (otsechka) hodisasi ro‘y berishi bilan xarakterlanishi, kichik qiymatlarida esa to‘lqin mavjud bo‘lmasligi sonli natijalardan aniqlangan; 
quduqda to‘lqin yutilishi jarayoni yuz berishi hamda faza tezligi yoki chastotaning kompleks kattalik bo‘lishi tahlilidan dispersion tenglama ildizlarining haqiqiy va mavhum qismlarining joylashuvi to‘lqin soniga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan;
sonli hisoblashlar natijasida quduq qoplamalari va muhitning qovushqoqlik xususiyatini hisobga olish quvur to‘lqini energiyasining dissipatsiyasiga 15-20% gacha, suv to‘lqini dissipatsiyasiga esa 15% gacha ta’sir etishi topilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqotdagi qovushqoq-elastik ko‘p qatlamli quduq qoplamalarida va uni o‘rab turuvchi muhitda to‘lqin tarqalishi nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash usullari va algoritm bo‘yicha olingan natijalar asosida:
silindrik qobiqsimon, bosim ostida ishlovchi quvurlar bilan muhitning o‘zaro ta’sirini hisobga olish masalalarini echishda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy tadqiqot rejasiga ko‘ra 2012-2016-yillarda bajarilgan F-4-04 raqamli “Suyuqlik oquvchi erosti egri chiziqli quvurning dinamik kuchlar ta’siridagi kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish” fundamental loyihasida foydalanilgan (2022 yil 5- iyuldagi 02/02-89-680 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, dissertatsiya ishida olingan ilmiy natijalarning qo‘llanilishi orqali suyuqlik oquvchi elastik hamda qovushqoq-elastik quvurlar tebranishining rezonans amplituda sohalarini baholash imkonini bergan;
chiziqli differensial tenglamalar sistemasining xos son va xos vektorlarini topish algoritmidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Davlat ilmiy texnika dasturi doirasida 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada (2022 yil 10-maydagi ma’lumotnoma) foydalanilgan. Natijada qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlarning chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish va deformatsiyalarini hisoblash aniqligi                 12% gacha oshishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish