Tolipov Fayzulla Saidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tarixi. 1991-2021 yy.)” 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tar108.
Ilmiy rahbar: Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nadira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom, tarix fanlari doktori, professor; Mambetjanov Qahramon Qurbondurdievich, iqtisod fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tarixi (1991-2021 yy. )ni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari to‘rtta muhim tarixiy davrga, birinchi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining tiklanishi va normativ-huquqiy asoslarining shakllanish davri (1991-1995 yillar); ikkinchi, kichik biznes va tadbirkorlik rivoji uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilish davri (1996-2000 yillar); uchinchi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning oldingi davrlarga nisbatan yuksalishi davri (2001-2016 yillar); to‘rtinchi, Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohani yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishi va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlashning yangicha mexanizmi vujudga kelishi davrida (2017-2021 yillar) tiklanib, rivojlanganligi aniqlangan;
XX asrning 90-yillarining boshlarida bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida davlat mulki monopoliyasining tugatilishi, sohada ma’lum muddat turg‘unlik holatining saqlanib qolgani, kichik biznes va tadbirkorlikni tanglikdan liberallashtirish tomon yo‘naltirilgani, kishilar ongida ilk tadbirkorlik ko‘nikmalarining tadrijiy ravishda vujudga kelgani va uning xususiylashtirishga ta’siri ( “kichik xususiylashtirish davri” 1991-1993 yy., “ommaviy xususiylashtirish davri” 1994 yildan so‘ng) tarixiy xronologik aspektda dalillangan;
oilaviy tadbirkorlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan an’anaviy hunarmandchilik va kasanachilik rivojlanishining ayrim etnohududiy xususiyatlari va mahalliy tafovutlari respublika hududlari va viloyatlarining tarixan shakllangan tabiiy-iqlim sharoiti, ijtimoiy-demografik holati, urbanizatsiya jarayonlari, mineral xom-ashyo va mehnat resurslarining darajasi kabi muhim omillar ta’sirida aholi bandligini ta’minlashning milliy modeli tarkib topganligi asoslangan;
kichik biznes va tadbirkorlik rivojining muvaffaqiyatli amalga oshishiga to‘sqinlik qilgan sabablar, uch muhim xalqa tadbirkorlik, bank, investisiya sohalarining o‘zaro tizimlilik (davlat-bank, tadbirkor-kredit, tadbirkor-investisiya tamoyili) asosida tashkil etilmaganligi kichik biznes sub’ektlariga banklar tomonidan mablag‘larning etarli darajada ajratilishiga imkon bermaganligi, tadbirkorlarning mulk huquqi ishonchli tarzda himoya qilinmaganligi, faol investision muhit shakllanmaganligi kabilar soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida kadrlar tayyorlash tizimida muammo bo‘lib kelayotgan agrotadbirkorlik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimni yanada takomillashtirish maqsadida shu soha oliy ta’lim muassasalari negizida “klaster texnologiya” ta’lim yo‘nalishini ochish muhimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tarixini ilmiy tadqiq etish asosida:
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan huquqiy asosni yanada mustahkamlashga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Liberal Demokratik Partiyasi (O‘z LiDeP) ning yillik ish rejalarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-27.1516-son dalolatnomasi). Natijada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan partiyaning ish faoliyati bo‘yicha reja va dasturlar yaratish hamda partiyaning kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish imoniyatini bergan;
qishloq xo‘jaligi tadbirkorligini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotishda tadbirkorlarning o‘rni kabi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi respublika agrosanoat kompleksi tarmoqlari faoliyatini yanada takomillashtirishga, xususan, ularga huquqiy maslahatlar berish, agrosanoat tarmoqlari faoliyatini amaliy tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 02/034-3559-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari hamda tomorqa er egalari, oilaviy tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, agrar sohada mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni talabalar ongiga etkazish, mazkur sohalar rivoji to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan ilgari surilgan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va bakalavr bosqichi barcha yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan “O‘zbekiston tarixi” darsligining 12-mavzusini yozishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-026-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada olingan ilmiy natijalar darslikning 12-mavzusining 1 va 2 paragraflarini ilmiy-nazariy va manbaviy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
xususiy mulkchilik va tadbirkorlikning holati, ayrim muammolar, shuningdek yangi O‘zbekistonda sohani yanada taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga oid ilmiy natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini efirga uzatishda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi “O’zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 31 maydagi 02-40-862-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshobinlarga tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy manbalar asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati, O‘zbekistonda sohaning tarixiy ildizlari va ayniqsa mustaqillik yillaridagi rivojlanish bosqichlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini bergan.