Nurmanova Dilfuza Abduhamidovna
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili sathlarida mo‘’tadillashuv”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.DSc/Fil403.    
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Roziqova Gulbahor Zaylobiddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jumanazarova Guljahon Umurzoqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek  tili sistemasida lingvistik birliklarning paradigmatik munosabati va sintagmatikada paradigma a’zolarining farqlovchi belgilarini yo‘qotib, bir xil bo‘lib qolishi holatlarini ochib berish va uning sabablarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishda olamni o‘zaro ziddiyatli xususiyatga ega bo‘lgan, bir-birini taqozo etuvchi elementlar o‘rtasidagi munosabatlardan tashkil topgan nisbiy butunlik sifatida e’tirof etuvchi dialektik falsafa va uning qonuniyatlariga tayangan holda, o‘zbek tili materiallari asosida lisoniy ziddiyatlar aniqlangan;
o‘zbek tilidagi ikki lisoniy birlik o‘rtasidagi ziddiyatga asos bo‘luvchi belgilarning muloqot jarayonida muayyan nutqiy sharoitda kuchsizlanishi – mo‘’tadillashuvi asoslanib, mo‘’tadillashuv maqomi belgilangan hamda mo‘’tadillashuv va unga yondosh hodisalarning o‘xshash hamda farqli tomonlari  ochib berilgan;
til sistemasining izomorfik xususiyatidan kelib chiqqan holda, mo‘’tadillashuvning tilning barcha sathiga oid universal hodisa ekanligi isbotlanib,  o‘zbek tilining fonologik birliklari o‘rtasidagi ziddiyatga asos bo‘luvchi belgilar aniqlangan hamda ushbu belgilarning mo‘’tadillashuviga sabab bo‘luvchi omillar va vositalar ochib berilgan;
o‘zbek tilining morfologik sistemasida morfologik birliklar o‘rtasidagi ziddiyatlar mo‘’tadillashuvi sintetik shakllar, analitik shakllar, sintetik va analitik shakllar asosida dalillangan;
o‘zbek tilining sintaktik sathidagi mo‘’tadillashuv sodda gaplar o‘rtasidagi, qo‘shma gaplar o‘rtasidagi hamda sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchsizlanishi misolida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida paradigma a’zolari o‘rtasidagi ziddiyatlar, xususan fonologik,  morfologik va sintaktik sath birliklari o‘rtasidagi ziddiyatlar va ularning mo‘’tadillashuvi hamda  mo‘’tadillashuvga olib keluvchi shart-sharoitlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olamning o‘zaro ziddiyatli xususiyatga ega bo‘lgan, bir-birini taqozo etuvchi elementlar o‘rtasidagi munosabatlardan tashkil topgan nisbiy butunlik ekanligi va lisoniy ziddiyatlar tahlili yuzasidan berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti huzurida bajarilgan OT-F1-78 – “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining 2022 yil 22 sentyabrdagi 113-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlar “O‘zbek tili uslubshunosligi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda hamda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning tuzatilgan, to‘ldirilgan variantini tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan; 
o‘zbek tilida ikki lisoniy birlik o‘rtasidagi ziddiyatga asos bo‘luvchi belgilarning muloqot jarayonida muayyan nutqiy sharoitda kuchsizlanishi mo‘’tadillashuvga olib kelishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi PZ-201709134 "Markaziy Osiyoda tarixiy madaniy viloyatlarning shakllanishi va etnik geografiyasi muammolari" mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy  universitetining 2022 yil 17 sentyabrdagi  04/11-5343 son ma’lumotnomasi). Natijada geografik ob’ektlarni ifodalovchi lisoniy birliklar shakliy strukturasining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi hamda ularning variantlanishiga olib keluvchi omillarni tushuntirishda fonologik oppozisiyalar mo‘’tadillashuviga e’tibor qaratilgan; etnonim hamda etnotoponimlarning mazmuniy va shakliy strukturasidagi o‘zgarishlar morfologik birliklar mo‘’tadillashuvi asosida dalillangan, madaniy viloyatlarning shakllanishida ijtimoiy munosabatlarning rolini ko‘rsatishda til siyosati va ommaviy lisoniy savodxonlik masalalari grammatik ziddiyatlar va ularning nutq jarayonida mo‘’tadillashuvi asosida yoritib berilgan;
til sistemasining izomorfik xususiyatidan kelib chiqqan holda, mo‘’tadillashuvning tilning barcha sathiga oid universal hodisa ekanligi, o‘zbek tilining fonologik birliklari o‘rtasidagi ziddiyatga asos bo‘luvchi belgilar, ushbu belgilarning mo‘’tadillashuviga sabab bo‘luvchi omillar va vositalarni tavsiflash bo‘yicha berilgan xulosa va takliflardan  O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 19  sentyabrdagi  245-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlar lisoniy birliklarni sistema sifatida o‘rganishda, lisoniy ziddiyatlar, ularning mo‘’tadillashuvi va mo‘’tadillashuvga olib keluvchi shart-sharoitlarni yoritishda,  til sistemasining turli  sathlaridagi ziddiyatlar va ularning mo‘’tadillashuvini aniqlashda; unli va undosh fonemalarni tasniflashda, ularning muhim va nomuhim belgilarini aniqlashda asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan;
o‘zbek tilining morfologik sistemasida morfologik birliklar o‘rtasidagi ziddiyatlar mo‘’tadillashuvining  sintetik shakllar, analitik shakllar, sintetik va analitik shakllar tahlili misolida tizimli tadqiq etilishiga doir amaliy takliflardan  va ishning nazariy xulosalaridan  O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan XT-F2-011 “Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslarini kompleks tadqiq etish va konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi hamda “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 19  sentyabrdagi  24/1-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlar lisoniy ziddiyatlar, ularning mo‘’tadillashuvi va mo‘’tadillashuvga olib keluvchi shart-sharoitlarni o‘rganishda; til sistemasining morfemik sathidagi zidlanishlarni, xususan derivatsion morfemalar zidlanishini  aniqlashda; so‘z yasalishi jarayonida morfemalar chokida zidlanuvchi a’zolarning zidlanish belgilarini yo‘qotib, mo‘’tadillashuvini  aniqlashda asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan;
o‘zbek tilining  sintaktik sathidagi mo‘’tadillashuv sodda gaplar o‘rtasidagi, qo‘shma gaplar o‘rtasidagi hamda sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchsizlanishi natijasida yuzaga kelishi bo‘yicha berilgan xulosa va takliflardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2014-2017 yillarda bajarilgan ITD-1 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 23 sentyabrdagi  24/601 son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida chop etilgan “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘ati” hamda “Badiiy matn stilistikasi”, “Lingvomadaniyatshunoslik” o‘quv qo‘llanmalarining mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish