Sheranova Maryam Bazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladiganfantarmog‘i): “Mediata’lim texnologiyalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfitdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qodirov Hayot Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mediata’lim texnologiyalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirish samaradorligi milliy qadriyatlar, integrativ pedagogik qarashlar, shaxsning ruhiy va aqliy olamini tarkib toptirish hamda cog‘lom dunyoqarash va ijtimoiy bunyodkorlikka safarbar etish dinamikligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirish xalqimizning urf-odatlari va an’analari, milliy qadriyatlarning mazmuni bilan qurollantirishga, bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni o‘ziga to‘g‘ri yo‘l tanlay olishga bevosita yo‘naltirish hamda ruhiy va aqliy shakllanishning irrasional hamda rasional imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirish jarayoni ommaviy kommunikatsiya, axborot vositalari va mabuot materiallari bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, ijtimoiy ahamiyatli axboratlarni reproduktiv o‘zlashtirish, kompyuter trinajyorlari va universal didaktik qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalarini ratsional muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari mediata’lim texnologiyalarning elektron darsliklar, kompakt disklar, audio-vidio kasetalardan hamda masofali va kompyuterli o‘qish texnologiyalaridan foydalanish bosqichlarini aniqlash hamda ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tafakkuri va dunyoqarashini maqsadli rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mediata’lim texnologiyalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirish samaradorligi milliy qadriyatlar, integrativ pedagogik qarashlar, shaxsning ruhiy va aqliy olamini tarkib toptirish hamda cog‘lom dunyoqarash va ijtimoiy bunyodkorlikka safarbar etish dinamikligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 89-03-2212-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi rivojlanishi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirish jarayoni ommaviy kommunikatsiya, axborot vositalari va mabuot materiallari bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, ijtimoiy ahamiyatli axboratlarni reproduktiv o‘zlashtirish, kompyuter trinajyorlari va universal didaktik qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalarini ratsional muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Umumiy pedagogika» darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-115 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishga oid taklif va xulosalardan «Pedagogik kompetentlik» nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i, 237-205 raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik kompetentligini, ma’naviy-axloqiy salohiyatini shakllantirishga, axborot kompetentligining o‘sishga, ma’naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar, uchrashuvlar va bahs-munozaralar uyushtirish, tanlovlar va tarbiyaviy tadbirlar, treninglar o‘tkazishda media ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mantiqiy-tuzilmaviy modeli amaliyotga tatbiq etilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari mediata’lim texnologiyalarning elektron darsliklar, kompakt disklar, audio-vidio kasetalardan hamda masofali va kompyuterli o‘qish texnologiyalaridan foydalanish bosqichlarini aniqlash hamda ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tafakkuri va dunyoqarashini maqsadli rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Umumiy pedagogika» darsligi mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-115 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy shakllantirish samaradorligi ortgan.