Tashibekova Munojat Xoshimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Boshlang‘ich sinflarda STEAM – ta’lim  texnologiyasidan foydalanish metodikasi  (tabiiy fanlar misolida), 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1013.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shoxida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘chqorova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflar tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM-ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    boshlang‘ich sinflarda STEAM–ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasining tarkibiy tuzilmasi interfaol shakl va metodlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlaydigan kontentlar, elektron vositalar, tarqatma materiallar hamda tabiiy vositalar yordamida amaliy bilimlarni egallashga qaratilgan jamoaviy, guruhiy va individual shakldagi tajribalarga asoslangan loyihaviy faoliyatga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
    boshlang‘ich sinf  o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirishning metodik xususiyatlari ikki va undan ortiq o‘quv fanlaridagi tushunchalar va dalillarning tahliliga asoslangan predmetlararo, ta’lim mazmunining asosiy va qo‘shimcha komponentlarining sintezini talab etuvchi transpredmetli integratsiyasining produktivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
    STEAM–ta’lim asosida tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirishning motivatsion, kognitiv, mazmunli, faoliyatli-jarayonli, refleksiv bosqichlari texnologiya, kimyo, fizika, konstruktorlikka doir bilimlarni ilmiy dalillarga asoslangan holda o‘rganish imkoniyatini beruvchi muammoli-loyihaviy o‘qitish texnologiyasi adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish modeli STEAM kompetensiyalari (tabiiy-ilmiy, texnologik, konstruktiv, badiiy-estetik, matematik)ni an’anaviy va noan’anaviy darslar (aralash, amaliy mashg‘ulotlar, loyiha ishlari),  darsdan tashqari mashg‘ulotlar (ijodiy tanlovlar, amaliy tajribalar, mustaqil uy ishlari) jarayonida shakllantirishning metodik shartlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda boyitib borish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflarda STEAM – ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinflarda STEAM – ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasining tarkibiy tuzilmasini interfaol shakl va metodlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlaydigan kontentlar, elektron vositalar, tarqatma materiallar hamda tabiiy vositalar yordamida amaliy bilimlarni egallashga qaratilgan jamoaviy, guruhiy va individual shakldagi tajribalarga asoslangan loyihaviy faoliyatga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “STEAM darslari. O’qituvchi elektron kitobi” nomli qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 12 avgustdagi 01/11-02/-02-1270-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida STEAM–ta’lim texnologiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirishning metodik xususiyatlarini aniqlashtirish, STEAM–ta’lim asosida tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirishning motivatsion, kognitiv, mazmunli, faoliyatli-jarayonli, refleksiv bosqichlarinitexnologiya, kimyo, fizika, konstruktorlikka oid masalalalarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilish imkoniyatini beruvchi muammoli-loyihaviy o‘qitish texnologiyasi adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism)” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son bo‘yrug‘i, 538-169-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning STEAM–ta’lim texnologiyasidan foydalanish malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish modeli STEAM kompetensiyalari (tabiiy-ilmiy, texnologik, konstruktiv, badiiy-estetik, matematik)ni an’anaviy va noan’anaviy darslar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida shakllantirishning metodik shartlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda boyitib borish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetining A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirishga doir o‘yinlarda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2022 yil 1 noyabrdagi 1207-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tabiiy fanlarga doir bilimlarni geymifikatsiya yordamida shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish