Rajabov Adham Umarqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish” (Boshlang‘ich ta’lim misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3155.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Hamraev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy ta’lim jarayonida sub’ektlararo, sub’ektlar ichidagi, shaxslararo va shaxsiy integratsiyaning o‘zaro ta’siri natijasida amalga oshiriladigan talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy asosi sifatida integrativ yondashuv mazmunining mantiqiy-uslubiy va umumiy-nazariy muammolari aniqlashtirilgan;
integral yondashuv asosi (g‘oyalar, vositalar, uslublar, faoliyatning turli tuzilmalarining umumiyligi, ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlari) va faoliyatning yaxlitligini ta’minlashda asosiy g‘oyalarni rivojlantirish modeli zamonaviy pedagogikaning aksentuatsiyasi asosida tashkiliy-pedagogik, metodik, psixologik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligining bosqichlari rivojlantiruvchi ta’limning ustuvor tamoyillari (shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik, sub’ektivlik, plyuralizm) va pedotsentrizm g‘oyalarini (insonparvarlik, madaniy dialog, didaktik faollikni jadallashtirish) integrativ ta’limning muammoli, mavzuli shakllari bilan qayta aloqasi differensiatsiya va ko‘p darajalilik asosida takomillashtirilgan;
talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligining didaktik ta’minoti axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda talabalarni antinomiya qobiliyatlarini rivojlantiruvchi binar-dialogli ma’ruzalar va integrativ amaliy mashg‘ulotlar asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy ta’lim jarayonida sub’ektlararo, sub’ektlar ichidagi, shaxslararo va shaxsiy integratsiyaning o‘zaro ta’siri natijasida amalga oshiriladigan talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy asosi sifatida integrativ yondashuv mazmunining mantiqiy-uslubiy va umumiy-nazariy muammolari, talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligining bosqichlari rivojlantiruvchi ta’limning ustuvor tamoyillari (shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik, sub’ektivlik, plyuralizm) va pedotsentrizm g‘oyalarini (insonparvarlik, madaniy dialog, didaktik faollikni jadallashtirish) integrativ ta’limning muammoli, mavzuli shakllari bilan qayta aloqasi differensiatsiya va ko‘p darajalilik asosida takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Texnologiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-117-son guvohnomasi). Natijada boshlangich ta’lim yo‘nalishi fanlariga integrativ yondashuvning falsafiy jihatlarini tahlil qilish asosida ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
integral yondashuv asosi (g‘oyalar, vositalar, uslublar, faoliyatning turli tuzilmalarining umumiyligi, ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlari) va faoliyatning yaxlitligini ta’minlashda asosiy g‘oyalarni rivojlantirish modeli zamonaviy pedagogikaning aksentuatsiyasi asosida tashkiliy-pedagogik, metodik, psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir takliflardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi Nizomiy nomidagi TDPUning PZ-20170930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 05 avgustdagi 02-07-4108/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi modelini yaratishga xizmat qilgan.