Zaripov Olimjan Kuvondiq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron ta’lim muhitida interaktiv ta’lim resurslarini yaratish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2 PhD /Ped3353. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron ta’lim muhitida interaktiv ta’lim resurslarini  yaratish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
interaktiv ta’lim resurslarini yaratish metodikasi talabalarga oddiydan murakkabgacha, umumiy va aksincha, talabalarning kerakli ma’lumotlarni topish qobiliyatini shakllantirishini ta’minlaydigan, o‘qituvchining topshirig‘iga etarlicha javob beradigan harakatlar ketma-ketligini aniqlash imkonini berish funksiyalari va mazmunini o‘zaro mosligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
interaktiv ta’lim resurslarini yaratish metodikasi mazmuni interaktiv ta’lim resurslarini yaratishga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, konseptual, konstruktiv, texnologik talablar hamda mul`timedia, animatsiyaga ega bo‘lishning ichki va tashqi xususiyatlarini talaba tafakkuri, irodasi, xissiyotlari va faolligiga tasirini xayotga moslashuvini taminlash asosida takomillashtirilgan;
interaktiv ta’lim resurslarini yaratish modeli virtual ta’lim muhiti o‘quv jarayonini individuallashtirish, ta’lim texnologiyalarining talablariga mos tarkibiy qismlarini yaratish bosqichlarini takomillashtirish hamda pedagogik jarayonlarni modellashtirish asosida takomillashtirilgan; 
interaktiv ta’lim resurslarini yaratish samaradorligi talabalarda interaktiv ta’lim resurslardan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va o‘zini-o‘zi nazorat qilish imkoniyatlarni barqaror hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida interaktiv ta’lim resurslarini yaratish yuzasidan  ishlab chiqilgan  nazariy-metodologik takliflar va yaratilgan interaktiv ta’lim resursi asosida: 
interaktiv ta’lim resurslarini yaratish metodikasi talabalarga oddiydan murakkabgacha, umumiy va aksincha, talabalarning kerakli ma’lumotlarni topish qobiliyatini shakllantirishini ta’minlaydigan, o‘qituvchining topshirig‘iga etarlicha javob beradigan harakatlar ketma-ketligini aniqlash imkonini berish funksiyalari va mazmunini o‘zaro mosligini taminlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Web-dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Natijada elektron ta’lim muhitida interaktiv ta’lim resurslarini yaratishga oid mavjud didaktik, texnik-texnologik, metodik talablarning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
interaktiv ta’lim resurslarini yaratish metodikasi mazmuni interaktiv ta’lim resurslarini yaratishga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, konseptual, konstruktiv, texnologik talablar hamda mul`timedia, animatsiyaga ega bo‘lishning ichki va tashqi xususiyatlarini talaba tafakkuri, irodasi, xissiyotlari va faolligiga tasirini xayotga moslashuvini taminlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-23 raqamli  «Fanlardan mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-07-4204-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
interaktiv ta’lim resurslarini yaratish modeli virtual ta’lim muhiti o‘quv jarayonini individuallashtirish, ta’lim texnologiyalarining talablariga mos tarkibiy qismlarini yaratish bosqichlarini takomillashtirish hamda pedagogik jarayonlarni modellashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-23 raqamli  «Fanlardan mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Natijada, elektron ta’lim muhitida interaktiv ta’lim resurslarini yaratish modelini takomillashtirishga imkon yaratilgan;
interaktiv ta’lim resurslarini yaratish samaradorligi talabalarda interaktiv ta’lim resurslardan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va o‘zini-o‘zi nazorat qilish imkoniyatlarni barqaror hisobga olish asosida takomillashtirishga oid taklifar “Web-dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i).  Natijada  interaktiv ta’lim resurslardan foydalanib o‘qitish texnologiyasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish