Adilova Dilorom Nurillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish (Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1057.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimi olamni insonparvarlik nuqtai nazardan ko‘ra olish, dunyo bilan o‘zaro uyg‘un munosabatlarga kirishish, qadriyat va me’yorlarning turli tizimlari ichki birligini anglash kabi aksiopedagogik xususiyatlarni aksiologik yo‘nalganlik bilan integratsiyasini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish jarayonlari vatanparvarlik, ijtimoiy, umummadaniy, fuqarolik kompetensiyalarini badiiy pedagogikaning integrativlik, atraktorlik, reproduktivlik mezonlari bilan identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish modelining qadriyatli-yo‘naltiruvchi komponenti ma’naviy bilimdonlik, ma’naviy qadriyatlar tizimida o‘z o‘rnini aniqlash imkoniyati va hayotiy vaziyatlarning keng ko‘lamida ma’naviy etuklikni namoyon qilish qobiliyati bilan bog‘liq uch bosqichli algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini Bobur asarlarini o‘rganish jarayonida rivojlantirishning situativ ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni “Jonli kitob” ijtimoiy loyihalariga faol jalb etish, “Bobur adabiy merosi” virtual muzeyining aksiopedagogik jihatlarini ommalashtirish kabi pedagogik shart-sharoitlari an’anaviy Sharq va innovatsion pedagogikaning bevosita uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlan-tirishning olamni insonparvarlik nuqtai nazardan ko‘ra olish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, dunyo bilan o‘zaro uyg‘un munosabatlarga kirishish, qadriyat va me’yorlarning turli tizimlari ichki birligini anglash kabi aksiopedagogik xususiyatlari qadriyatli-dunyoqarashga doir subkompetentlikka ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish jarayonlari vatanparvarlik, ijtimoiy, umummadaniy, fuqarolik kompetensiyalarini badiiy pedagogikaning integrativlik, atraktorlik, reproduktivlik mezonlari bilan identivligini ta’minlash orqali takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan “Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14 martdagi 107-son buyrug‘i, 107-56-raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda Bobur ijodidan foydalanish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish modelining qadriyatli-yo‘naltiruvchi komponentini ma’naviy bilimdonlik, ma’naviy qadriyatlar tizimida o‘z o‘rnini aniqlash imkoniyati va hayotiy vaziyatlarning keng ko‘lamida ma’naviy etuklikni namoyon qilish qobiliyati bilan bog‘liq uch bosqichli algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14 martdagi 107-son buyrug‘i, 107-56-raqamli guvohnoma). Natijada, Bobur asarlari asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini Bobur asarlarini o‘rganish jarayonida rivojlantirishning situativ ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni “Jonli kitob” ijtimoiy loyihalariga faol jalb etish, “Bobur adabiy merosi” virtual muzeyining aksiopedagogik jihatlarini ommalashtirish kabi pedagogik shart-sharoitlarini an’anaviy Sharq va innovatsion pedagogikaning bevosita uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14 martdagi 107-son buyrug‘i, 107-56-raqamli guvohnoma). Natijada, badiiy-pedagogik asarlar asosida virtual muzeylar yaratish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.