Abduvalieva Mumtozxon Asilbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nogironligi bor bolalarning ijtimoiy moslashuvini takomillashtirish mexanizmlari», 22.00.02 - Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/S41.
Ilmiy rahbar: Latipova Nodira Muxtarjanovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Matibaev Taspulat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor, Karimov Bobir Sharopovich sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashuvini sotsiologik tahlil qilish orqali ushbu tizimni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intellektual va mental nogironlikning og‘ir va chuqur turlari bo‘lgan bolalarni va ularning ota-onalarini deprivatsiya (ijtimoiy chetlatish)dan himoyalash hamda «Muruvvat» internat uylarini deinstitusionalizatsiya qilishda internat uylari negizida kunduzgi «bolalar bog‘chasi» (haftasiga 6 kun) shaklida pullik va imtiyozli rebilitatsiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishning afzalliklari asoslantirilgan;
bolalar nogironligini (0 yoshdan 3 yoshgacha) o‘z vaqtida aniqlashda oilaviy poliklinikalarda markazlashgan, psixoterapevt, logoped, pediatr, ijtimoiy xodim va ergoterapevtlardan tarkib topgan erta aralashuv xonalarini yaratish, bolalarning o‘sishi va rivojlanishidagi har qanday buzilishlarni aniqlash, nogironlik sababli ortirilgan kasallikni bolani rivojlanishiga salbiy ta’sirini kamaytirish mezonlarini qo‘llash zarurati asoslantirilgan;
nogironligi bo‘lgan bolalarni «Fozil shahar» tamoyili asosida jamiyatga integratsiyalashuvida ularning imkoniyatlari va qiziqishlariga mos ravishda maxsus maktab-internatlarda kasb-hunarlar (maishiy xizmatlar, bog‘dorchilik, duradgorlik, saralash, qadoqlash, tikuvchilik)ga o‘rgatish orqali sotsial mobilligini ta’minlash imkoniyatlari asoslantirilgan;
«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimidagi alohida ma’lumotlar bazasini shakllantirishda «mahallabay» va «xonadonbay» ishlash orqali nogironligi bor bolalarni real sonini raqamlashtirish, ularning oilalariga manzilli yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarni ishga tushirishning zaruriyati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nogironligi bor bolalarni ijtimoiy moslashuvini takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
intellektual va mental nogironlikning og‘ir va chuqur turlari bo‘lgan bolalarni va ularning ota-onalarini deprivatsiya (ijtimoiy chetlatish)dan himoyalash hamda «Muruvvat» internat uylarini deinstitusionalizatsiya qilishda internat uylari negizida kunduzgi «bog‘cha» (haftasiga 6 kun) shaklida pullik va imtiyozli rebilitatsiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishning afzalliklari asoslantirilganligidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 martdagi «Keksa yoshdagi va nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini rivojlantirish to‘g‘risida» gi 6195-sonli Farmonining 4.19-bandida qo‘yilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan agentlik tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibiga loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish agentligining 2021 yil 31 martdagi 30/135-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik tizimida intellektual va mental nogironligi bor bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini bergan;
bolalar nogironligini (0 yoshdan 3 yoshgacha) o‘z vaqtida aniqlashda oilaviy poliklinikalarda markazlashgan, psixoterapevt, logoped, pediatr, ijtimoiy xodim va ergoterapevtlardan tarkib topgan erta aralashuv xonalarini yaratish, bolalarning o‘sishi va rivojlanishidagi har qanday buzilishlarni aniqlash, nogironlik sababli ortirilgan kasallikni bolani rivojlanishiga salbiy ta’sirini kamaytirish mezonlarini qo‘llash zarurati asoslantirilgan ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi 5270-sonli «Nogironligi bor shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmonining ikkinchi qismi 4-5 xatboshida qo‘yilgan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish agentligining 2021 yil 31 martdagi 30/135-2-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik tomonidan bolalar nogironligini erta aniqlash va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun viloyat, shahar va tuman poliklinikalarida nogironlik erta aralashuv kabinetlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi;
nogironligi bo‘lgan bolalarni «Fozil shahar» tamoyili asosida jamiyatga integratsiyalashuvida ularning imkoniyatlari va qiziqishlariga mos ravishda maxsus maktab-internatlarda kasb-hunarlar (maishiy xizmatlar, bog‘dorchilik, duradgorlik, saralash, qadoqlash, tikuvchilik)ga o‘rgatish orqali sotsial mobilligini ta’minlash imkoniyatlari asoslantirilganligidan Xalq ta’limi vazirligining «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitish kurslarini tashkil qilish to‘g‘risida»gi 6-son Ilova loyihasini tayyorlashda hamda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasining 3,10,14,15 va 19-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 8 sentyabrdagi 05-06/2-803-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu intellektual va mental nogironligi bor bolalar uchun maxsus maktab va maktab-internatlari yuqori sinf o‘quvchilarining o‘quv dasturlarini takomillashtirishda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi;
«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimidagi alohida ma’lumotlar bazasini shakllantirishda «mahallabay» va «xonadonbay» ishlash orqali nogironligi bor bolalarni real sonini raqamlashtirish, ularning oilalariga manzilli yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarni ishga tushirishning zaruriyati asoslantirilgan ma’lumotidan “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmonining loyihasining ikkinchi yo‘nalishi “a” bandi, 1-maqsad ikkinchi xatboshi va 3-maqsadning to‘rtinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 8 sentabrdagi 05-06/2-803-son guvohnomasi). Natijada, bu raqamlashtirish orqali nogironligi bor bolalarning haqiqiy sonini aniqlash imkonini beruvchi tahliliy geoportal uchun axborotni integratsiyalashda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi.