Masayitov Saidjamol Yusifovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bositxon Shoshiyning “Muqaddimatu ilmil-faroiz” asarida meros masalalarining yoritilishi», 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Isl12.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI./Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Begmatova Buzahro Ma’rufdjanovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bositxon Shoshiyning “Muqaddimatu ilmil- faroiz” asaridagi meros masalalari hanafiy mazhabi asosida yoritilganini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bositxon Shoshiy meros taqsimotida qismati rizo (قسمة رضا) tushunchasini kiritish orqali barcha merosxo‘rlar balog‘atga etgan holatlarda ularning merosdagi ulushlarini o‘zaro rozilik asosida belgilash va taqsimlash shaklidagi mahalliy urf-odatni shariatga muvofiq ekanini asoslab bergani dalillangan;
Bositxon Shoshiy kitob yozishda faroizga oid matn va sharh uslublarining o‘rtasini tanlab, meros taqsimotining amaliy jihatlarini ham kiritgani, ularni matematik amallar vositasida tushuntirib bera olgani bilan Muhammad Muso Xorazmiy tomonidan الجبر والمقابلة (al-Jabr val-muqobala) asari uslubini XIX asr oxiri–XX asr boshlarida qayta tiklashga erishgani aniqlangan;
“Muqaddimatu ilmil-faroiz” (مقدمة علم الفرائض – faroiz ilmining muqaddimasi)dagi أصحاب الفروض (farz egalari – ma’lum ulushga ega bo‘lgan merosxo‘rlar)ga tegishli masalalarning muallif tomonidan “أحوال الأربعين” (ahvalul arba’in–qirq holat)ga taqsimlanib, ularni batafsil yoritilishi asarning meros taqsimoti bilan shug‘ullanuvchi muftiylar hamda ushbu ilmni o‘rganayotgan talabalar uchun qo‘llanma vazifasini o‘tashiga sabab bo‘lgani dalillangan;
Bositxon Shoshiyning bedarak yo‘qolgan kishi (مفقود)ning qoldirgan merosini tarqatib yuborish masalasida hanafiy mazhabida fatvo berilgan 90 yil hukmini emas, balki davrga mos ravishda qozining hukmiga havola qilish (amalda to‘rt yil) to‘g‘risidagi qarashini ixtiyor qilishi musulmonlarga qulaylik yaratilgani bilan bog‘liq ekani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Bositxon Shoshiyning «Muqaddimatu ilmil-faroiz» asarida meros masalalarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Bositxon Shoshiy meros taqsimoti masalasiga “قسمة رضا” (qismati rizo) tushunchasini kiritish orqali barcha merosxo‘rlar balog‘atga etgan holatlarda ularning merosdagi ulushlarini o‘zaro rozilik asosida belgilash va taqsimlash shaklidagi mahalliy urf-odatni shariatga muvofiq ekanini asoslab bergani dalillanganiga oid ilmiy xulosalari buyurtma asosida chop etilgan “Islom huquqshunosligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 01.02.2021 yildagi 02-03/654-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda urf-odatlarning shariat manbalaridan ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Bositxon Shoshiy kitob yozishda faroizga oid matn va sharh uslublarining o‘rtasini tanlab, meros taqsimotining amaliy jihatlarini ham kiritgani, ularni matematik amallar vositasida tushuntirib bera olgani bilan Muhammad Muso Xorazmiy tomonidan “الجبر والمقابلة” (“al-Jabr val-muqobala”) asari uslubini qayta tiklashga erishgani aniqlanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyurtmasi asosida chop etilgan “Faroiz” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 28.05.2021 yildagi 1778-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi kabi oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlari talabalarining faroiz ilmi bilan hisob ilmining ham ahamiyati kattaligi haqidagi tushunchalarining kengayishiga xizmat qilgan;
“Muqaddimatu ilmil-faroiz” (مقدمة علم الفرائض – faroiz ilmining muqaddimasi)dagi أصحاب الفروض (farz egalari – ma’lum ulushga ega bo‘lgan merosxo‘rlar)ga tegishli masalalarning muallif tomonidan “أحوال الأربعين” (ahvalul arba’in – qirq holat)ga taqsimlanishi asarning meros taqsimoti bilan shug‘ullanuvchi muftiylar hamda ushbu ilmni o‘rganayotgan talabalar uchun qo‘llanma vazifasini o‘tashiga sabab bo‘lgani dalillangani bilan bog‘liq xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida nashr etilgan “Islomda meros taqsimoti” kitobi mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 08.06.2021 yildagi 02/207-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fiqh ilmi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun meros taqsimoti bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishda qo‘llanma vazifasini o‘tashiga erishildi;
Bositxon Shoshiyning bedarak yo‘qolgan kishi (مفقود)ning merosi masalasida hanafiy mazhabida fatvo berilgan 90 yil hukmini emas, balki Jamoliddin Zaylaiyning qozining hukmiga havola qilish to‘g‘risidagi qarashini tanlashi XIX asr oxiri–XX asr boshlarida fuqarolarning ro‘yxatga olina boshlashi natijasida yo‘qolgan odamni qidirish xulosalarini nisbatan aniqlash hamda musulmonlarga dinni qulaylashtirish bilan bog‘liq ekani ochib berilganiga oid xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining “Buyuk yurt allomalari” turkum ko‘rsatuvlari ssennariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 11.01.2021 yildagi 02-40-95-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu faoliyat “Muqadimatu ilmil-faroiz” asaridagi merosga oid fatvolar haqida tasavvur shakllanishi va tarixiy bilimlarining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish