Egamov Abdumalik Adixamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Najmiddin Kubroning tafsir ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi», 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Isl38.
Ilmiy rahbar: Islomov Zohidjon Mahmudovich, filololgiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI./Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muhamedov Ne’matillo Asatullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Yuldashhadjaev Haydarxon Hoshimxonovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Najmiddin Kubroning “at-Ta’vilot an-najmiya” asarining tafsir ilmi rivojidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Najmiddin Kubro “at-Ta’vilot an-najmiya”da oyatdagi “faqir” (فقير) tushunchasini birlamchi lug‘aviy ma’nosi bo‘lgan “kambag‘allik” mazmunida qo‘llamay, balki “kamtarlik” va “moddiy boylikka hirs qo‘ymaslik” (ترك حب الدنيا) deb sharhlashi orqali so‘fiylikda boylikka egalik qilish mumkinligi g‘oyasini ilgari surgani aniqlangan;
bugungi kunda “qo‘rqish”, “saqlanish” kabi ma’nolarda talqin qilinayotgan “taqvo” (تقوي) iborasi mohiyati, an’anaviy tafsirlardan farqli ravishda, Najmiddin Kubro yondashuvida “haqiqat” (حقيقة – A’rof, 26-oyat), “xolis niyat” (خلوص النية – Haj, 37-oyat), “haq yo‘lida hamkorlik qilish” (تعاون علي الحق – Moida,
2-oyat), “hurmat” (حفظ الادب – Hujurot, 3-oyat) kabi yanada keng ma’nolarni ifoda qilishi ochib berilgan;
Najmiddin Kubroning “qalbning zikri axloq bilan” iborasi orqali “zikr” (ذكر) tushunchasi nafaqat ibodat va duo o‘qishnigina emas, balki xulqning ziynatlanishini ham o‘z ichiga olishi to‘g‘risidagi talqini jamiyatda mehr-oqibatni yanada ravnaq topishiga hissa qo‘shishi isbotlangan;
asar so‘fiylik falsafasi (الفلسفة الصوفية)ga asoslangan tafsir sanalsa-da, muallif oyatlarni sharhlashning eng yaxshi uslubi – Qur’onni Qur’on bilan sharhlash deb qabul qilgani sababli ko‘p hollarda bir oyat izohida uchtagacha oyatni dalil sifatida keltirib, o‘z asarini naqliy tafsir maqomiga olib chiqqani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Najmiddin Kubroning tafsir ilmi rivojiga qo‘shgan hissasini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Najmiddin Kubro “at-Ta’vilot an-najmiya”da oyatdagi “faqir” (فقير) tushunchasini birlamchi lug‘aviy ma’nosi bo‘lgan “kambag‘allik” mazmunida qo‘llanmay, balki “kamtarlik” va “moddiy boylikka xirs qo‘ymaslik” (ترك حب الدنيا) deb sharhlashi orqali so‘fiylikda boylikka egalik qilish mumkinligi g‘oyasini ilgari surgani aniqlanganiga oid ilmiy xulosalar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning buyurtmasi asosida tayyorlangan «Islom ensiklopediyasi» mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 5 oktyabrdagi 02-03/7584-son ma’lumotnomasi). Natijada, shariatning asosiy manbai Qur’onni tushunish va uni to‘g‘ri talqin qilish, tasavvufiy tushunchalar mohiyatini kengroq ochib berishga xizmat qilgan;
bugungi kunda “qo‘rqish”, “saqlanish” kabi ma’nolarda talqin qilinayotgan “taqvo” (تقوي) iborasi mohiyati, an’anaviy tafsirlardan farqli ravishda, Najmiddin Kubro yondashuvida “xaqiqat” (حقيقة – A’rof, 26-oyat), “xolis niyat” (خلوص النية – Haj, 37-oyat), “haq yo‘lida hamkorlik qilish” (تعاون علي الحق – Moida, 2-oyat), “hurmat” (حفظ الادب – Hujurot, 3-oyat) kabi yanada keng ma’nolarni ifoda qilishi ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va oliy o‘quv muassasalari talabalariga “Tafsir ilmiga kirish” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 2534-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni sof tasavvufiy tushunchalar bilan tanishtirishga xizmat qilgan;
Najmiddin Kubroning “qalbning zikri axloq bilan” iborasi orqali “zikr” (ذكر) tushunchasi nafaqat ibodat va duo o‘qishni, balki xalq orasidagi xulqning ziynatlanishini ham o‘z ichiga olishi to‘g‘risidagi talqini jamiyatda mehr-oqibatni yanada ravnaq topishiga hissa qo‘shishi isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 20 oktyabrdagi 02/271-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘sib kelayotgan yosh avlodda islom dini va tasavvufi to‘g‘risida, ayniqsa, faqirlik masalasi haqida to‘g‘ri tasavvur va ko‘nikmalarga ko‘maklashgan;
asar so‘fiylik falsafasi (الفلسفة الصوفية)ga asoslangan tafsir sanalsa-da, muallif oyatlarni sharhlashning eng yaxshi uslubi Qur’onni Qur’on bilan sharhlash deb qabul qilgani sababli, ko‘p hollarda bir oyat izohida uchtagacha oyatni dalil sifatida keltirib, o‘z asarini ham naqliy, ham aqliy tafsir maqomiga olib chiqqani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy hulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Buyuk yurt allomalari” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurudagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 20 oktyabrdagi 02/271-son ma’lumotnomasi). Natijada, kitobxonlar alloma asarining tafsirlash uslubiga oid yangiliklar, ularning mazmun mohiyati bilan yaqindan tanishishga xizmat qilgan.