Pirekeev Jandulla Xamidullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesni rivojlantirishning ekonometrik modellari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2175.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Boyxonov Baxodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznesni barqaror rivojlantirish va uning ekonometrik modellashtirish ta’minoti bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznesning YaHM (0,11, 0,16 va -0,18), sanoat (0,05, 0,08 va 0), qurilish (0,15, 0,21 va 0,54)dagi ulushini har bir sub’ektga to‘g‘ri keladagan mahsulot, bandlar soni hamda mehnat unumdorligi bo‘yicha aniqlangan elastiklik koeffisientlariga ko‘ra miqdoriy mezonlarni kengaytirish lozimligi asoslanilgan;
faoliyat ko‘rsatayotgan va yangidan tashkil qilingan kichik biznes sub’ektlari sonidagi o‘zgarishni mos ravishda YaHM (1,07 va 0,73), sanoat mahsuloti (1,29 va 0,58), bandlar soni (0,36 va 0,29), jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar hajmi (1,77 va 0,75)ga ta’sirini aniqlash yordamida mintaqa taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyati baholangan;
keyingi besh yilda mintaqada ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlari o‘sish sur’atini 4,2 foizdan 11,3 foizga, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari sonining o‘rtacha o‘sish sur’ati 5,5 foizdan 12,8 foizgacha oshirilganligi iqtisodiy islohotlarni kichik biznes rivojiga ta’sirini ekonometrik modellar yordamida asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2022-2026 yillar uchun hisoblanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesni rivojlantirishning ekonometrik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznesning YaHM (0,11, 0,16 va -0,18), sanoat (0,05, 0,08 va 0), qurilish (0,15, 0,21 va 0,54)dagi ulushini har bir sub’ektga to‘g‘ri keladagan mahsulot, bandlar soni hamda mehnat unumdorligi bo‘yicha aniqlangan elastiklik koeffisientlari yordamida tasniflashdagi miqdoriy mezonlarni kengaytirish bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 7 sentyabrdagi 457-13-0-Q/22-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 07 noyabrdagi 01/09-17-son ma’lumotnomasi). Bu o‘z navbatida sub’ektlar faoliyati samaradorligini aniqlashning nisbiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish va ular orasidagi o‘zaro ta’sirni baholash imkoniyatini yaratib berdi;
faoliyat ko‘rsatayotgan va yangidan tashkil qilingan kichik biznes sub’ektlari sonidagi o‘zgarishni mos ravishda YaHM (1,07 va 0,73), sanoat mahsuloti (1,29 va 0,58), bandlar soni (0,36 va 0,29), jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar hajmi (1,77 va 0.75)ga ta’sirini aniqlash yordamida mintaqa taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyatini baholash bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 7 sentyabrdagi 457-13-0-Q/22- son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 07 noyabrdagi 01/09-17-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda kichik biznes sub’ektlari faoliyatining muhim ko‘rsatkichlarini oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi;
keyingi besh yilda mintaqada ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlari o‘sish sur’atini 4,2 foizdan 11,3 foizga, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari sonining o‘rtacha o‘sish sur’ati 5,5 foizdan 12,8 foizgacha oshirilganligi iqtisodiy islohotlarni kichik biznes rivojiga ta’sirini ekonometrik modellar yordamida asoslash bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 7 sentyabrdagi 457-13-0-Q/22- son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 07 noyabrdagi 01/09-17-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olingan va kichik biznes sub’ektlari sonining o‘sish sur’atlarini oshirish imkoniyatlari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari faoliyatining ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2022-2026 yillar uchun asosiy ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlari bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 7 sentyabrdagi 457-13-0-Q/22-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 07 noyabrdagi 01/09-17-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari mintaqada kichik biznes sub’ektlari muhim indikatorlari bo‘yicha prognoz qiymatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.