Nigmatullaeva Gulchexra Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston elektr energetikasi sanoatini iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1408.
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nazarova Ra’no Rustamovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSs.15/31.12.2020.I.09.04.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston elektroenergetika sanoatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energetikasi sanoatidagi resurslar va jarayonlarni optimallashtirish, potensial xavf darajasini kamaytirish tadbirlari asosida energiya manbalari importi (0,2% dan 0,1% ga), energiya yo‘qotilishi (7,35% dan 4,0% ga), aholi jon boshiga elektr energiyasini ishlab chiqarish (1,91 MVt/s dan 6,0 MVt/s ga) chegaraviy qiymatlariga erishish asoslangan;
elektr energetikasi sanoatidagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini iqtisodiy xavfsizlik talablariga muvofiqligi jihatidan qayta guruhlash hamda aniqlangan “zaif bo‘g‘in”lar bo‘yicha strategik tadbirlar belgilash orqali iqtisodiy jihatdan barqaror va xavfsiz rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30 foizga, atom va vodorod energetikasini 10 foizga qadar oshirish tadbirlari asosida elektr energiyasi ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash negizida “yashil energetika”ni samarali rivojlantirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston iqtisodiyotining energiya xavfsizligiga individual omillar ta’sirining kuchini belgilovchi ko‘p omilli ekonometrik modellarning miqdoriy bog‘lanishlarini baholash asosida 2026 yilga mo‘ljallangan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr energetikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energetikasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy o‘sish va aholi turmush darajasi sifati ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlarini aniqlash orqali sohadagi resurslar va jarayonlarni optimallashtirish parametrlarini kiritish, yaqinlashib kelayotgan xavfni oldindan aniqlash va oldini olish asosida elektr energetikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash taklifi “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ “Ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJning 2022 yil 19 apreldagi 01-17/1388-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sirdaryo IESda elektr energetikasi ishlab chiqarish jarayonini real vaziyatga yo‘naltirish, resurslar va jarayonlarni optimallashtirish parametrlarini kiritish, yaqinlashib kelayotgan xavfni oldindan aniqlash va uning oldini olish choralarini ko‘rish imkoni yaratilgan;
elektr energetikasi sanoatidagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini qayta guruhlash hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha strategik reja vazifalarini ishlab chiqish orqali sohani iqtisodiy jihatdan barqaror va xavfsiz rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish taklifi “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ “Ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJning 2022 yil 19 apreldagi 01-17/1388-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sirdaryo IESning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini qayta guruhlash imkonini berib, IESning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha strategik reja vazifalarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30 foizga, atom va vodorod energetikasini 10 foizga qadar oshirish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash asosida “yashil energetika”ni samarali rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tomonidan “Ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining 2022 yil 20 apreldagi 02-05-235-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarishni, RES 30% va AESni 10% diversifikatsiya qilish imkoniyatlari aniqlangan;
O‘zbekiston iqtisodiyotining energiya xavfsizligiga individual omillar ta’sirining kuchini belgilovchi ko‘p omilli ekonometrik modellarning miqdoriy bog‘lanishlarini baholash asosida 2026 yilga mo‘ljallangan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ “Ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJning 2022 yil 19 apreldagi 01-17/1388-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natija Sirdaryo IESga energiya iste’moli dinamikasi va strukturasini ularning o‘sishi va aholi turmush darajasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha muvofiqlashtirish imkonini bergan.