Matkabulova Dilorom Xalilulllaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm sohasida investisiyalarni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1797.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Olim Abduraimovich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi investisiyalarni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy risklar (moliyaviy, loyiha tashabbuskorlari bilan bog‘liq va loyihani amalga oshirish risklari)ni boshqarishda moslashuvchan yondashuvni qo‘llash hamda turizm xizmatlari eksportining infratuzilmasini yaxshilash asoslangan;
turizm sohasidagi investisiyalarni moliyalashtirishda korxona kapitalida ulushli ishtirok etish, venchurli moliyalashtirish, qoplanmagan va chaqirib olinmaydigan hujjatlashtirilgan akkreditivlardan foydalanish, kreditlarni bonifikatsiya qilish kabi shakl va usullari afzalliklarini muvofiqlashtirish orqali infratuzilma ob’ektlarini moliyalashtirish hajmini oshirish asoslangan;
turizm sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish samarasi (EAIT)ning maqsadli dasturlarni moliyalashtirish (FTP), innovatsion-investisiya loyihalarini amalga oshirayotgan sub’ektlarga moliyaviy imtiyozlar berish (GFB), turizmni rivojlantirishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan davlat grantlari miqdorini ko‘paytirish(IGG) o‘rtasidagi omilli bog‘liqlik asoslangan;
investisiya loyihalarini kreditlash hajmini oshirishda turizm sohasi faoliyat yo‘nalishlarining ichki va tashqi muhitiga bog‘liq holda kredit liniyasi ochish, sindisiyali kreditlash, alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash shakllaridan kompleks foydalanish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm sohasidagi investisiyalarni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
asosiy risklar (moliyaviy, loyiha tashabbuskorlari bilan bog‘liq va loyihani amalga oshirish risklari)ni boshqarishda moslashuvchan yondashuvni qo‘llash hamda turizm xizmatlari eksportining infratuzilmasini yaxshilash orqali turizm xizmatlari ko‘rsatishning eksportdagi ulushini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 2 iyundagi 04-18/2136-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi respublikada turizmning eksportdagi ulushini 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 3,8 foizli punktga oshishida asosiy omil bo‘lgan;
turizm sohasidagi investisiyalarni moliyalashtirishda korxona kapitalida ulushli ishtirok etish, venchurli moliyalashtirish, qoplanmagan va chaqirib olinmaydigan hujjatlashtirilgan akkreditivlardan foydalanish, kreditlarni bonifikatsiya qilish kabi shakl va usullari afzalliklarini muvofiqlashtirish orqali infratuzilma ob’ektlarini moliyalashtirish hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 2 iyundagi 04-18/2136-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida respublika bo‘yicha turizm sohasidagi infratuzilma ob’ektlarini moliyalashtirish hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 11,7 foizga oshgan;
turizm sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish samarasi (EAIT)ning maqsadli dasturlarni moliyalashtirish (FTP), innovatsion-investisiya loyihalarini amalga oshirayotgan sub’ektlarga moliyaviy imtiyozlar berish (GFB), turizmni rivojlantirishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan davlat grantlari miqdorini ko‘paytirish (IGG) o‘rtasidagi omilli bog‘liqlikdan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 2 iyundagi 04-18/2136-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida respublikada turizm sohasidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy imtiyozlar va davlat grantlari hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 2,7 foizga oshgan;
investisiya loyihalarini kreditlash hajmini oshirishda turizm sohasi faoliyat yo‘nalishlarining ichki va tashqi muhitiga bog‘liq holda kredit liniyasi ochish, sindisiyali kreditlash, alohida ssuda hisob raqamidan bir marotabali kreditlash shakllaridan kompleks foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 2 iyundagi 04-18/2136-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida O‘zbekiston Respublikasining yirik tijorat banklari tomonidan turizm sohasidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlash hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 15,7 foizga oshgan.