Bahriddinov Jahongirbek Ravshanjon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovarlar va xizmatlar marketingi tizimida narxlarni shakllantirishning boshqaruv hisobini takomillashtirish», 08.00.08 - «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit», 08.00.11 – «Marketing» (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt512.
Ilmiy rahbar: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmamatov Diyor Xaqberdievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tovarlar va xizmatlar marketingi tizimida narxlarni shakllantirishning boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
don va don mahsulotlarini narxlashtirishda marketing xarajatlarining chegaraviy qiymatlarini (1,9-2,8 foiz), sotish va etkazib berish xarajatlarining chegaraviy qiymatlarini (4,6-6,9 foiz) mahsulot tannarxiga nisbatan qo‘llash me’yorlarini kiritish asoslangan;
hisob siyosatiga tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha narxlarni shakllantirishda 2981 – «Tovarlar narxlari buyicha savdo ustamasi», 2982 – «Xizmatlar narxlari bo‘yicha savdo ustamasi» ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
tovar ishlab chiqarish jarayonida uning tannarxiga mas’uliyat markazlari foydasini qo‘shish asosida transfer narxni shakllantirish va ularni hisobini yuritish bo‘yicha 2020 - «Ishlab chiqarishda transfer narxlar» ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar ta’sirini hisobga olish asosida don va don mahsulotlari narxlarini 2030 yilgacha bo‘lgan o‘zgarishining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovar va xizmatlar marketingi tizimida narxlarni shakllantirish  hamda boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
don va don mahsulotlarini narxlashtirishda marketing xarajatlarining chegaraviy qiymatlarini (1,9-2,8 foiz), sotish va etkazib berish xarajatlarining chegaraviy qiymatlarini (4,6-6,9 foiz) mahsulot tannarxiga nisbatan qo‘llash me’yorlarini kiritish taklifi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi tashkilotlar, ya’ni «Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 27 dekabrdagi 340-son buyrug‘i, «Namangandonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 29 dekabrdagi 281f-son buyrug‘i hamda «Popdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 30 dekabrdagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan xisob siyosatlarida o‘z aksini topgan («O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 4 avgustdagi 7-4-39-876-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizim tashkilotlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmatlarga baho belgilashni yagona yondashuv asosida amalga oshirish va bu bo‘yicha moliyaviy natijalarni ishonchliligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
hisob siyosatiga tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha narxlarni shakllantirishda 2981 – «Tovarlar narxlari buyicha savdo ustamasi», 2982 – «Xizmatlar narxlari bo‘yicha savdo ustamasi» ishchi schyotlarini kiritish taklifi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi tashkilotlar, ya’ni «Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 27 dekabrdagi 340-son buyrug‘i, «Namangandonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 29 dekabrdagi 281f-son buyrug‘i hamda «Popdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 30 dekabrdagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan xisob siyosatlarida o‘z aksini topgan («O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 4 avgustdagi 7-4-39-876-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tashkilotlar marketing tizimida tovarlar narxlarini shakllantirishda savdo ustamasiga oid axborotlarni alohida umumlashtirish imkoniyati yaratilgan;
tovar ishlab chiqarish jarayonida uning tannarxiga mas’uliyat markazlari foydasini qo‘shish asosida transfer narxni shakllantirish  va ularni hisobini yuritish bo‘yicha 2020 - «Ishlab chiqarishda transfer narxlar» ishchi schyotini kiritish  taklifi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi tashkilotlar, ya’ni «Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 27 dekabrdagi 340-son buyrug‘i, «Namangandonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 29 dekabrdagi 281f-son buyrug‘i hamda «Popdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 30 dekabrdagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan xisob siyosatlarida o‘z aksini topgan («O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 4 avgustdagi 7-4-39-876-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada ishlab chiqarish jarayonida  mahsulotni tayyor xolatga kelgunga qadar bo‘linmalarda narxini oldindan belgilab borish, shuningdek xar bir bo‘linma bo‘yicha moliyaviy natijani shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar ta’sirini hisobga olish asosida don va don mahsulotlari narxlarini 2030 yilgacha bo‘lgan o‘zgarishining prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 4 avgustdagi 7-4-39-876-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovar va xizmatlar narxlarini shakllantirish yuzasidan strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilishga oid zaruriy axborotlarni  olish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish