Abdurashidov Zafarjon Abdumajidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida muqobil energiya manbalaridan foydalanishning geografik xususiyatlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Gr51.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Askar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Hamroqul Tursunqulovich, geografiya fanlari doktori; Nazarov Abdug‘affor Abdujabborovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi O‘zbekiston Respublikasi qismida muqobil energiya manbalaridan foydalanishning geografik xususiyatlarini tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vodiyning muqobil energiya manbalaridan foydalanish (quyosh, shamol, ichki suvlar-gidro, biogaz) turlari bo‘yicha ilk bor dala tadqiqotlari ham aerokosmik metodlar (Contour, Image Surface), Corel DRAW, Mapinfo, Panama algoritmlari va ma’lumotlari asosida aniqlangan va GIS texnologiyalari yordamida yirik (1: 200000) masshtabli kartalari yaratilgan;
muqobil energiya manbalarini baholash mezonlari asosida quyosh, shamol, ichki suvlar-gidro, biogaz resurslari miqdor va sifat ko‘rsatkichlari (juda qulay, qulay, o‘rtacha qulay, kamroq qulay) da mavzuli kartalar yaratilgan;
tabiiy geografik sharoit rel`ef va agro-gidrometeorologik ko‘rsatkichlari (mavsumiy va doimiy, lokal yoki global oqimlar, xavfli meteorologik hodisalar) ni ifodalovchi gibrid joylashuv areallari aniqlangan;
tog‘ va tog‘ oldi hamda tekislik hududida joylashgan vodiyni atrof-muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning qiyosiy ustunliklari va muammolarini hisobga olish imkonini beruvchi yondashuv asosida takomillashtirilgan;
vodiyda tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish turlari (tabiiy pitomniklar tashkil etish, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida mehmon uylarini qurish, turizm, tog‘ chang‘i turizmi, yashil energiya olish, aholi turmush farovonligini oshirish, ekologiyani saqlash) geografik va ma’muriy-hududiy jihatlariga tayangan holda takomillashtirish dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysida muqobil energiya manbalaridan foydalanishning geografik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vodiy muqobil energiya manbalari ichki suv-gidro imkoniyatlari Andijon viloyati Norin–Qoradaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi 2022 yil 28 martdagi 03/27-652 son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda joylashgan 114 ta eski suv tegirmon manzillari tumanlar kesimida aniqlangan, guruhlashtirilgan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi suv resurslari baholangan, hududiylik mezonlarini, arzon, mahalliy elektr energiya olish tavsiyalarini, geografik rayonlashtirish kartasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysida 343 ta eski suv tegirmonlari (Farg‘ona viloyatida 147 ta, Namangan viloyatida 82 ta, Andijon viloyatida 114 ta suv) ning geografik kordinatalaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi 2022 yil 28 martdagi 03/27-652 son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanishda sohani kompleks rivojlantirish asoslarini yaratish imkoniyatini bergan;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid ilmiy-amaliy takliflar Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 18 martdagi 02-02/7-360 son ma’lumotnomasi). Natijada, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Buvayda, Oltiariq, Farg‘ona, Bo‘ston, Oltinko‘l, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida atrof-muhitga zararli chiqindilardan tozalash darajasi 1,8 foizga oshirish imkonini bergan;
biochiqindilardan sof, toza ekologik energiya olishda atrof-muhit muhofaza qilish, ekologik muhitini saqlash uchun gibrid, arzon ekologik energiya olishga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 18 martdagi 02-02/7-360 son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarini “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi”ni takomillashtirish imkonini bergan;
muqobil energiya manbalari: quyosh, shamol, biogaz, ichki suvlar-gidro imkoniyalari Farg‘ona vodiysi bo‘yicha geografik kartalar yaratilishiga oid ilmiy-amaliy takliflar Er resurslari, geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (Er resurslari, geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi 02-/02-5939 son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasini mazmunini boyitish, undagi kartalarni ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan.