Oteuliev Medetbay Orinbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi turmush sifatining hududiy tafovutlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Gr116.
Ilmiy rahbar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Safarov Bahodir Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Atadjanov Ilhom Sharipovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarida aholi turmush sifatining hududiy tafovut va muammolarni aniqlash hamda hududlardagi ijtimoiy vaziyatni yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida aholi turmush sifatini yuqori darajadagi reprezentativlik bilan aks ettiradigan ijtimoiy-demografik, tabiiy-ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy-infratuzilmaviy yo‘nalishlardagi jami 60 ta statistik ko‘rsatkich majmui asoslangan;
ilk bor issiqlik, sovuqlik, qurg‘oqchillik va keskinlik indekslari ko‘rsatkichlari yordamida tabiiy iqlim sharoitining aholi yashashi uchun qulayligi ma’muriy-hududiy birliklar kesimida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va Nukus shahri misolida) baholangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi 16 ta tuman hamda respublikaga bo‘ysunuvchi Nukus shahridagi aholi turmush sifati nisbiylik tamoyili asosida mintaqa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan taqqoslagan holda komponentli (ijtimoiy-demografik, tabiiy-ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy-infratuzilmaviy yo‘nalishlarda) va integral (majmuaviy) ravishda baholanib, respublika hududi aholi turmush sifati nuqtai nazaridan rayonlashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari aholisining turmush sifati bilan qoniqish darajasi maxsus dastur asosida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari bo‘yicha hisoblab chiqilgan ijtimoiy qoniqish indekslari orqali aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari statistik ma’lumotlar bo‘yicha aniqlangan aholi turmush sifati hamda sotsiologik so‘rov asosida baholangan aholining o‘z turmushidan qoniqish darajasining o‘zaro mutanosibligi nuqtai nazaridan 7 ta tipga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi turmush sifatining hududiy tafovutlari va xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida aholi turmush sifatini yuqori darajadagi reprezentativlik bilan aks ettiradigan ijtimoiy-demografik, tabiiy-ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy-infratuzilmaviy yo‘nalishlardagi jami 60 ta statistik ko‘rsatkich majmui Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq tumanlari va Nukus shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining monitoring tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 14/1092-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika hududlari rivojlanishini baholashning tizimliligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va Nukus shahri misolida issiqlik, sovuqlik, qurg‘oqchillik va keskinlik indekslari ko‘rsatkichlari yordamida tabiiy iqlim sharoitining aholi yashashi uchun qulayligi ma’muriy-hududiy birliklar kesimida baholanishiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida respublika hududlarida atrof-muhit holatini monitoring qilish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 5 sentyabrdagi 01/18-2433-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq respublika ma’muriy hududiy birliklari kesimida tabiiy iqlim sharoitning aholi salomatligi va turmush sharoitiga ta’sirini qiyosiy ravishda miqdoriy ko‘rsatkichlarda baholanish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi 16 ta qishloq ma’muriy tuman hamda respublikaga bo‘ysunuvchi Nukus shahridagi aholi turmush sifati nisbiylik tamoyili asosida mintaqa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan taqqoslagan holda komponentli (ijtimoiy-demografik, tabiiy-ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy-infratuzilmaviy yo‘nalishlarda) va integral (majmuaviy) ravishda baholanib, respublika hududining aholi turmush sifati jihatidan ishlab chiqilgan rayonlashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi «2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4889-son Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 14/1092-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika hududlaridagi ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining maqsadli parametrlarini belgilash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari aholisining turmush sifati va uning turli jihatlari bilan qoniqish darajasini aniqlashga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotida hududlar kesimida aholiga xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 14/1092-son ma’lumotnomasi). Natijada, tegishli chora-tadbirlarning manzilliligini ta’minlash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarining statistik ma’lumotlar asosida aniqlangan aholi turmush sifati hamda sotsiologik so‘rov asosida baholangan aholining o‘z turmushidan qoniqish darajasining o‘zaro mutanosibligi nuqtai nazaridan 7 ta tipga ajratilishiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va baholash maqsadlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 14/1092-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlardagi ijtimoiy rivojlanish holatini kompleks baholashda rasmiy statistik ma’lumotlardan tashqari sotsiologik ma’lumotlardan ham unumli foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish