Umarova Navbahor Shokirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Iqtisodiy ijtimoiylashuvning hududiy va gender xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/P69.
Ilmiy maslahatchi: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Umarov Baxriddin Mingbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor, Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda shaxsning iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi mezo- va makroomillarni hududiy va gender xususiyatlar doirasida psixologik jihatdan ochib berish asosida ijtimoiylashtiruvchi psixologik texnologiyalarni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«shaxsga faoliyatli yondashuv» modeli faoliyat, shaxs, xulq kontekstida iqtisodiy ong shakllanishining muhimligiga ko‘ra, shaxs iqtisodiy munosabatlariga ta’sir etuvchi dispozisiyalar («iqtisodiy tarbiyalanganlik», «iqtisodiy yo‘nalganlik»)ni kiritish orqali takomillashtirilgan;
shaxs qadriyatlar tizimidagi intereorizasiyalashuv va moddiy muvaffaqiyatga yo‘nalganlikning «iqtisodiy ijtimoiylashuv» jarayoniga ta’siri natijasida aholi bajaradigan ijtimoiy-iqtisodiy rollar orqali ijtimoiylashuvdagi demografik farqlar asoslangan;
shaxsni iqtisodiy ijtimoiylashtirish modeli «ustuvor shaxslilik sifatlari va qadriyatlar» namoyon bo‘lishiga to‘siq bo‘layotgan omillar (ishonch, erkinlik, hurmat-e’tibor va tan olinish, pul va mavqe, muloqot, diqqat, ijtimoiy me’yor va e’tiqod etishmasligi) ta’sir darajasiga ko‘ra, «avlodlar toifasi»ga muvofiq transformasiyalashuv mezonlarini tasniflash asosida takomillashtirilgan;
aholining iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonida shaxsning hayotiy maqsad va qadriyatlari, ijtimoiy ideallar, ijtimoiy-iqtisodiy mavqe kabi omillar bilan bog‘liq «iqtisodiy kompetensiyalar» induksiyasi orqali motivasion-qadriyatli tuzilmadagi gender farqlanishlar mavjudligi dalillangan;
shaxsning iqtisodiy hodisalarga oid yangi axborotlarni maqsadli tarzda qabul qilishi, oydinlashtirishi, tahlil etishi kabi «iqtisodiy tafakkur» jarayonlari algoritmi «inson – jamiyat – davlat» ko‘rinishidagi o‘zaro munosabatlar tamoyilining elementlari sifatida hududlar raqobatbardoshligini oshiruvchi ijtimoiy-psixologik shartlarni tizimlashtirish mexanizmi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiy ijtimoiylashuvning hududiy va gender xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
«shaxsga faoliyatli yondashuv» modeli faoliyat, shaxs, xulq kontekstida iqtisodiy ong shakllanishining muhimligiga ko‘ra, shaxs iqtisodiy munosabatlariga ta’sir etuvchi dispozisiyalar («iqtisodiy tarbiyalanganlik», «iqtisodiy yo‘nalganlik»)ni kiritishga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-13-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-13-m-son ma’lumotnomasi). Natijada faoliyat, shaxs, xulq kontekstida iqtisodiy ong shakllanishining vorisiylik tamoyiliga ko‘ra nafaqat ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari («α» avlod) va talabalariga («Z» avlod), balki ta’lim bilan qamrab olinmagan aholi orasidan «BB», «X», «Y» va «Z» avlod vakillariga ko‘rsatiladigan amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga erishilgan;
shaxs qadriyatlar tizimidagi intereorizasiyalashuv va moddiy muvaffaqiyatga yo‘nalganlikning «iqtisodiy ijtimoiylashuv» jarayoniga ta’siri natijasida aholi bajaradigan ijtimoiy-iqtisodiy rollar orqali ijtimoiylashuvdagi demografik farqlarga oid xulosa va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-13-son buyrug‘i bilan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-13-m-soni ma’lumotnomasi). Natijada faoliyat turlari bo‘yicha tayyorlanadigan amaliyotchi psixologlarda aholini iste’molchi sifatida iqtisodiy onglilik darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq kompetensiyalarni shakllantirish sifatini oshirishga erishilgan;
shaxsni iqtisodiy ijtimoiylashtirish modeli «ustuvor shaxslilik sifatlari va qadriyatlar» namoyon bo‘lishiga to‘siq bo‘layotgan omillar (ishonch, erkinlik, hurmat-e’tibor va tan olinish, pul va mavqe, muloqot, diqqat, ijtimoiy me’yor va e’tiqod etishmasligi) ta’sir darajasiga ko‘ra, «avlodlar toifasi»ga muvofiq transformasiyalashuv mezonlarini tasniflash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-13-son buyrug‘i bilan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-13-m-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining «ustuvor shaxslilik sifatlari va qadriyatlari» namoyon bo‘lishiga to‘siq bo‘layotgan omillar «ishonch», «erkinlik», «hurmat-e’tibor va tan olinish», «pul va mavqe», «muloqot», «diqqat», «ijtimoiy me’yor va e’tiqod» etishmasligi asoslanib, markazning faoliyat turlari bo‘yicha bo‘lg‘usi amaliy psixologlarining turli avlod vakillarini bozor munosabatlariga moslashuvini optimallashtiruvchi pozitiv ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari samaradorligi yanada oshirilgan;
aholining iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonida shaxsning hayotiy maqsad va qadriyatlari, ijtimoiy ideallar, ijtimoiy-iqtisodiy mavqe kabi omillar bilan bog‘liq «iqtisodiy kompetensiyalar» induksiyasi orqali motivasion-qadriyatli tuzilmadagi gender farqlanishlar mavjudligini dalillovchi taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-13-son buyrug‘i bilan «Konfliktologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-13-m-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliy psixologlar sub’ektning iqtisodiy mavqeini baholash sifati bo‘yicha imkoniyatlari oshirilgan;
shaxsning iqtisodiy hodisalarga oid yangi axborotlarni maqsadli tarzda qabul qilishi, oydinlashtirishi, tahlil etishi kabi «iqtisodiy tafakkur» jarayonlari algoritmi «inson – jamiyat – davlat» ko‘rinishidagi o‘zaro munosabatlar tamoyilining elementlari sifatida hududlar raqobatbardoshligini oshiruvchi ijtimoiy-psixologik shartlarni tizimlashtirish mexanizmi ekanligini tushuntiruvchi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 15 noyabrdagi PM-13-son buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-13-m-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda aholini iqtisodiy munosabatlar sub’ekti sifatida iqtisodiy hodisalarga oid yangi axborotlarni maqsadli tarzda qabul qilishi, oydinlashtirishi, tahlil etishi bilan bog‘liq iqtisodiy tafakkuri ko‘lami sifatini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish