Xolov G‘ulomjon Ahmadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi    himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘pka gipertenziyasi bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini kompleks davolash negizida kardiorespirator ko‘rsatkichlarni baholash”, 14.00.05- Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib164.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari   doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Xojiakbar Xotamovich, tibbiyot fanlari doktori. Nurboev Farmon Ergashovich, tibbiyot  fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozoqiston tibbiyot akademiyasi. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi o‘pka gipertenziyasi bilan kechgan bemorlarda yurak gemodinamikasi, tashqi nafas faoliyati, qonning gaz tarkibi o‘zgarishlarini aniqlab davo choralarini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kasalligi o‘pka gipertenziyasi bilan kechgan II, III, IV funksional sinflarida (og‘irlik darajalarida) o‘pka arteriyasidagi sistolik bosimni bozentan eplerenon bilan birga qo‘llanilganda, sildenafil eplerenon bilan birga buyurilgandagisiga nisbatan ishonchli pasaytirishi aniqlangan.
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kasalligi o‘pka gipertenziyasi bilan kechganda bozentan eplerenon bilan birga qo‘llanilganda qonni O2 bilan to‘yinganlik darajasini ishonchli oshirishi asoslangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi o‘pka gipertenziyasi bilan asoratlangan bemorlarda tashqi nafas faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan Tiffno indeksi bilan o‘pka gipertenziyasi va yurak gemodinamikasi hamda o‘lchamlari orasida uzviy bog‘liqlik borligi aniqlangan;
ilk bor o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi o‘pka gipertenziyasi bilan asoratlangan bemorlarni davolashda bozentan va serdinafil preparatlari eplerenon bilan birga qo‘llanilganda kuzatuvdagilarning jismoniy faollik, emotsional xolat, professional moslashuv, davolashdan qoniqishga ta’siri ijobiy ekanligi isbotlangan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka gipertenziyasi bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini kompleks davolash negizida kardiorespirator ko‘rsatkichlarni baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
“O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida yurak ichi gemodinamikasi, tashqi nafas faoliyati, qonning gaz tarkibining o‘pka gipertenziyasi rivojlanishiga kompleks ta’siri va uni davolashni solishtirma tahlili” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 iyundagi 8n-r/706-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi o‘pka gipertenziyasi bilan asoratlangan bemorlarni davolashda bemorlarni davolashga sarflanadigan byudjet mablag‘larini tejash imkoniyatini yaratdi.
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida o‘pka gipertenziyasini tashhislash  hamda davolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida olingan natijalar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat Ftiziatriya va pul`monologiya markazida, (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 8n-z/332–son ma’lumotnomasi).  Natijada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi o‘pka gipertenziyasi bilan asoratlangan bemorlarni davolashda bozentan va serdinafil preparatlari eplerenon bilan birgalikda qo‘llanilganda birinchi preparatning bemorlarning jismoniy faollik, emotsional xolat, professional moslashuv, davolashdan qoniqishga ta’siri sildenafildan usunligi aniqlash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish