Xusanova Ma’rifat Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farida Afro‘z poetik asarlarida ekspressivlik ifodalovchi lisoniy vositalar tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2420.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon Boboevich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Jamoliddinova Dilnoza Mirhojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farida Afro‘z she’riy asarlarida qo‘llanib, uning idiostilini shakllantirishga xizmat qilgan ekspressivlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi lisoniy vositalarni ochib berishdan iborat.
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farida Afro‘z poetik asarlaridagi ekspressivlik darajasi yuqori bo‘lgan fonostilistik (tovush orttirish, tovush tushirish, so‘zni bo‘g‘inlash), vizual (muhim so‘z yoki sintagmalarning katta shriftda yozilishi hamda poetik matn misralarining an’anaviy joylashuvini o‘zgartirib, maxsus vizual matn yaratish), leksik (omonim, antonim, sinonim, okkazional, dialektal, vul`gar so‘zlar) va sintaktik (noodatiy birikmalar, izofiy birikmalar) usul hamda vositalar aniqlangan;
poetik matnda yuqori ekspressivlik leksik vositalardan okkazional so‘zlarda kuzatilishi asoslanib, muallif idiostilida tabu va vul`garizmlardan foydalanish bilan bog‘liq novatorlik asoslangan;
fonostilistik vositalar, vizual matn shakllari yozma poetik nutqda faqat eshitish emas, matnda ifodalangan denotat tasvirini bevosita ko‘rish orqali qabul qilish ehtiyojini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan vizual poeziyadan foydalanilganligi sababli so‘zlovchining maqsadini mukammal aks ettirishga xizmat qilishi dalillangan;
poetik nutq ta’sirchanligini ta’minlashda muhim hisoblangan lisoniy vositalarning lingvopoetik xususiyatlarini asoslash, nutq ekspressivligini oshirishda individual uslubga xos okkazional so‘zlar, tabulangan so‘zlar, vul`gar so‘zlar, izofiy va noodatiy birikmalarning stilistik vazifasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farida Afro‘z poetik asarlarining lingvopoetik tadqiqi asosida:
poetik nutq ta’sirchanligini ta’minlashda muhim hisoblangan lisoniy vositalarning lingvopoetik xususiyatlarini asoslash, nutq ekspressivligini oshirishda individual uslubga xos okkazional so‘zlar, tabulangan so‘zlar, vul`gar so‘zlar, izofiy va noodatiy birikmalarning stilistik vazifasi bo‘yicha xulosalaridan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati” ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 6 iyundagi 1/04-23-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur lug‘at boyigan, mukamallashgan;
fonostilistik vositalar, vizual matn shakllari yozma poetik nutqda faqat eshitish emas, matnda ifodalangan denotat tasvirini bevosita ko‘rish orqali qabul qilish ehtiyojini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan vizual poeziyadan foydalanilganligi sababli so‘zlovchining maqsadini mukammal aks ettirishga xizmat qilishi borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalaridan “Matn tilshunosligi” darsligida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 2 dekabrdagi 01-5134-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashishiga hissa qo‘shilgan;
Farida Afro‘z poetik asarlaridagi ekspressivlik darajasi yuqori bo‘lgan fonostilistik (tovush orttirish, tovush tushirish, so‘zni bo‘g‘inlash), vizual (muhim so‘z yoki sintagmalarning katta shriftda yozilishi hamda poetik matn misralarining an’anaviy joylashuvini o‘zgartirib, maxsus vizual matn yaratish), leksik (omonim, antonim, sinonim, okkazional, dialektal, vul`gar so‘zlar) va sintaktik (noodatiy birikmalar, izofiy birikmalar) usul hamda vositalar borasidagi ilmiy xulosalaridan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 6 iyundagi 4-36-825-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan.