Murtazaev Melibek Zakirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilari tayyorlashni muvofiqlashtirishning metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim – tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/PhD259.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Narziqul, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nabiev Abdimital, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimining tashkiliy, o‘quv, o‘qitishning metod va shakllarini, ularning etuklik ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonlarini muvofiqlashtirish asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirishda ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarish va yangi o‘quv materiallarini yaratishda ijodiy yondashishni rag‘batlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quv materiallari orasidagi yetakchi komponentlarni ajratib olish va ulardagi nisbiy bog‘lanishlarni aniqlash asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashni muvofiqlashtirishning didaktik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltiruvchi ijobiy, ijtimoiy va miqdoriy-sifatiy omillarni tasniflash, asoslash va tanlash orqali konstruksion, matematik, grafli modellarni iqtisodiy, ekologik va boshqaruvchanlik aspektida umumlashtirish hamda ta’lim jarayonini muqobillashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashni muvofiqlashtirishning moddiy-texnik bazasi axborotlashgan ta’lim muhitida android dasturiy apparat mobilligiga ustuvorlik berish orqali tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, konseptual-didaktik shart-sharoitlarni ta’minlash hamda o‘qitishda mantiqiy bog‘liqlik matrisasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining etuklik, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini muvofiqlashtirishning metodik asosi ta’limiy-tarbiyaviy, mazmuniy-tahliliy, tashkiliy-boshqaruv, muloqot funksiyalari arsenalida talabalarni texnologik bilimlarni qabul qilishning muqobil va boshqaruvga asoslangan pedagogik strategiyasi asosida rivojlantirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirishda etuklik, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllanganlik darajalarini baholashning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, kasbiy-faoliyatli va refleksiv mezonlari ekstensiv va intensiv indikator ko‘rsatkichlarini yuqori samaradorlikka erishuvini ta’minlovchi dars rejimini tashkil qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirishda ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarish va yangi o‘quv materiallarini yaratishda ijodiy yondashishni rag‘batlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quv materiallari orasidagi yetakchi komponentlarni ajratib olish va ulardagi nisbiy bog‘lanishlarni aniqlash asosida rivojlantirilgan xulosa va tavsiyalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining PZ-0829162612 – raqamli “VIII-IX sinflar ta’lim jarayonini ijtimoiy-pedagogik loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqish” nomli, Nukus davlat pedagogika institutining YoA5-XT-1-31884-son “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” nomli ilmiy-amaliy loyihalarda belgilangan vazifalarni bajarish doirasida foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 23 noyabridagi 01-20-09/2093-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchi lari tayyorlash tizimiini tashkiliy, o‘quv, o‘qitishni metod va shakllaridan foydalanish, etuklik ko‘nikma, malaka va kompetenlarini shakllantirish jarayonlarini muvofiqlashtirish asoslari takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashni muvofiqlashtirishning didaktik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltiruvchi ijobiy, ijtimoiy va miqdoriy-sifatiy omillarni tasniflash, asoslash va tanlash orqali konstruksion, matematik, grafli modellarni iqtisodiy, ekologik va boshqaruvchanlik aspektida umumlashtirish hamda ta’lim jarayonini muqobillashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalar “Xalq hunarmandchiligi texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-158-son nashr ruxsatnomasi). Natijada texnologiya ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash tizim faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va tendensiyalarni aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashni muvofiqlashtirishning moddiy-texnik bazasi axborotlashgan ta’lim muhitida android dasturiy apparat mobilligiga ustuvorlik berish orqali tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, konseptual-didaktik shart-sharoitlarni ta’minlash hamda o‘qitishda mantiqiy bog‘liqlik matrisasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalardan “Texnologiya va dizayn, servis, qishloq xo‘jalik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 avgustdagi 332/1-son buyrug‘i, 332/1-6-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning tashkiliy asoslarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining etuklik, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini muvofiqlashtirishning metodik asosi ta’limiy-tarbiyaviy, mazmuniy-tahliliy, tashkiliy-boshqaruv, muloqot funksiyalari arsenalida talabalarni texnologik bilimlarni qabul qilishning muqobil va boshqaruvga asoslangan pedagogik strategiyasi asosida rivojlantirilganligi hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirishda etuklik, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllanganlik darajalarini baholashning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, kasbiy-faoliyatli va refleksiv mezonlari ekstensiv va intensiv indikator ko‘rsatkichlarini yuqori samaradorlikka erishuvini ta’minlovchi dars rejimini tashkil qilish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalar “Xalq hunarmandchiligi texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-158-son nashr ruxsatnomasi).  Natijada bo‘lajak texnologiya o‘qituvchiarini tayyorlash samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish