Kadirova Xurshida Abdixalilovnaning  
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida ma’lumot

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy dunyoqarashini rivojlantirishning texnologik tizimi   (“Halq pedagogikasi” fani misolida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B.2022.1.PhD/Ped3017.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa(muassasalar) nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnora Ablakulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Qodirov Quvondiq Aytbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy dunyoqarashni rivojlantirishning texnologik tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy dunyoqarashni rivojlantirish texnologiyasining nazariy-metodologik asoslari xalqimizga xos milliy-etnik omillar (xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyot, milliy qadriyatlar falsafasi, insonparvarlik pedagogikasi)ni globallashuv sharoitida  umuminsoniy tamoyillarga aylangan g‘oyalar, qarashlar va tasavvurlar bilan korrelyasion aloqadorligini solishtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar dunyoqarashini rivojlantirishning integratsion-pedagogik tizimi milliy dunyoqarashni rivojlantirishga imkon beruvchi zamonaviy mediatexnologiyalar, dasturiy-metodik, tashkiliy va texnik resurslarni globallashuv jarayonlari talablariga ko‘ra jamiyat milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy transformatsiya qilish asosida ishlab chiqilgan;
talabalarda milliy dunyoqarashni rivojlantirish texnologiyasining funksional modeli ta’lim jarayonida didaktik vaziyatlarni adekvat holatda yaratish, intellektual faoliyatni invariant mezonlarda tashkil etish hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va milliy tafakkurini kasbiy-pedagogik jarayonga nisbatan kreativ munosabatini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalar milliy  dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi, ta’limning tahliliy-prognostik va faoliyatli-uslubiy mexanizmlarini zamonaviy o‘qituvchi profiliga xalqaro baholash dasturlarining standartlari (FrameWork)ga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda milliy dunyoqarashni takomillashtirishga oid ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy dunyoqarashni rivojlantirish texnologiyasining nazariy-metodologik asoslari, xalqimizga xos milliy-etnik omillar (xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyot, milliy qadriyatlar falsafasi, insonparvarlik pedagogikasi)ni globallashuv sharoitida  umuminsoniy tamoyillarga aylangan g‘oyalar, qarashlar va tasavvurlar bilan korrelyasion aloqadorligini solishtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy dunyoqarashni rivojlantirishning pedagogik tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kasbiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i, 356-031-son guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish hamda mavjud o‘quv adabiyotlari tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy dunyoqarashni rivojlantirishga imkon beruvchi zamonaviy mediatexnologiyalar, dasturiy-metodik, tashkiliy va texnik resurslarni globallashuv jarayonlari talablariga ko‘ra jamiyat milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy transformatsiya qilish, talabalar dunyoqarashini rivojlantirishning integratsion-pedagogik tizimi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida milliy dunyoqarashni rivojlantirish mexanizmlari bo‘yicha xulosa va tavsiyalar “Kasbiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 500/t-017-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda axborotlashtirilgan ta’lim muhitini yaratish orqali ta’lim jarayonining ko‘rgazmaliligini va ta’limni tashkil etishni optimallashgan tezkor muhitini yaratishga xizmat qilgan;  
talabalarda milliy dunyoqarashni rivojlantirish texnologiyasining funksional modeli, bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining milliy dunyoqarashini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim jarayonida didaktik vaziyatlarni adekvat holatda yaratish, intellektual faoliyatni invariant mezonlarda tashkil etish hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va milliy tafakkurini kasbiy-pedagogik jarayonga nisbatan kreativ munosabatini ta’minlash borasida xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokanalining kompaniyasining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokanalining 2022 yil 28 martdagi 10/12/-206-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlashtirilgan ta’lim muhitida “Xalq pedagogikasi” fanini o‘qitishda pedagogik oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va tadqiqotchilar uchun zarur nazariy va amaliy tavsiyalar berishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish