Doniyorov Shokirjon Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagoglaring o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash layoqatini uzluksiz rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1609.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhomovich, pedagogika fanlari doktori,professor; Choriev Ro‘zimurod Kungiratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagoglarning o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash layoqatini uzluksiz rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashda pedagoglar fikrlash faolligining darajasi o‘z talablarini qat’iyat bilan ilgari surish, sog‘lom ijtimoiy fikrni, hamkorlik, do‘stona munosabatlarni tarkib toptirish, bashoratlashni qo‘llab-quvvatlash, hamjihatlik muhitini shakllantirish, liderlik sifatlarini tarbiyalash asosida rivojlantirish, jozibador istiqbolni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ta’minlashga erishish, jamoaviy hayotga xos bo‘lgan ijobiy an’analarni shakllantirish kabi pedagogik shart-sharoitlarga asoslangan holda aniqlangan;
pedagoglarning o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashi jarayonida tashkiliy, tarbiyaviy, yo‘naltiruvchi funksiyalarini kopleks rivojlantirishni nazarda tutgan holda jamoa a’zolarida ijtimoiy fikrni shakllantirishning kreativ mexanizmlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida aniqlangan;
o‘quvchilar jamoasi orasidagi pedagogik-psixologik muhitni ifodalovchi pozitiv va negativ ko‘rsatkichlar tarkibi jamoaviylikni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning ijobiy sifatlarini rivojlantirish, muloqot maydonini kengaytirishga asoslangan shaxslararo munosabatlarning konformizm, uyg‘unlik va nokonformizm modellarini pedagogik faoliyatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
pedagog va o‘quvchilar jamoasi orasidagi o‘zaro munosabatlarni vujudga keltirishda o‘quvchilar jamoasining yagona, barcha uchun umumiy ahamiyat kasb etadigan maqsadga egaligi, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun umumiy xarakterdagi dialogga asoslangan faoliyatning shakllanganligi, o‘z-o‘zini boshqarish organlarining faoliyati, alohida qat’iyat, hamkorlik va mas’uliyatli yondashuvni talab qiladigan munosabatlar kabi jamoa belgilari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagoglarning o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash layoqatini uzluksiz rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashda pedagoglar fikrlash faolligining darajasi o‘z talablarini qat’iyat bilan ilgari surish, sog‘lom ijtimoiy fikrni, hamkorlik, do‘stona munosabatlarni tarkib toptirish, bashoratlashni qullab-quvvatlash, hamjihatlik muhitini shakllantirish, liderlik sifatlarini tarbiyalash asosida rivojlantirish, jozibador istiqbolni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ta’minlashga erishish, jamoaviy hayotga xos bo‘lgan ijobiy an’analarni shakllantirish kabi pedagogik shart-sharoitlarga asoslangan holda aniqlangan bo‘lib, bu yondoshuvlardan 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ishlab chiqilgan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. Shuningdek, pedagoglarning o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashi jarayonida tashkiliy, tarbiyaviy, yo‘naltiruvchi funksiyalarini kopleks rivojlantirishni nazarda tutgan holda jamoa a’zolarida ijtimoiy fikrni shakllantirishning kreativ mexanizmlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida aniqlangan bo‘lib, ushbu ilmiy tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2015-2017 yillarda bajarilgan PZ-2014-0906164153 raqamli “Ilmiy-pedogogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 11 maydagi 02-02/3-902 son ma’lumotnomasi, Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 martdagi 02-07-718/04-son dalolatnomasi). Natijada pedagoglarning o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashida tashkiliy, tarbiyaviy, yo‘naltiruvchi funksiyalarni belgilash asosida jamoa a’zolarida ijtimoiy fikrni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari (amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, suhbat, madaniy tadbirlar, yig‘inlar shaklida ommaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish) aniqlangan;
o‘quvchilar jamoasi orasidagi pedagogik-psixologik muhitni ifodalovchi pozitiv va negativ ko‘rsatkichlar tarkibi jamoaviylikni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning ijobiy sifatlarini rivojlantirish, muloqot maydonini kengaytirishga asoslangan shaxslararo munosabatlarning konformizm, uyg‘unlik va nokonformizm modellarini pedagogik faoliyatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan bo‘lib, mazkur ilmiy metodik tavsiyalar va yondashuvlardan 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ishlab chiqilgan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda, shuningdek, olingan natijalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2015-2017 yilllarda bajarilgan PZ-2014-0906164153 raqamli “Ilmiy-pedogogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchilarda iformatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 11 maydagi 02-02/3-902 son ma’lumotnomasi, Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 martdagi 02-07-718/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashda pedagoglarning fikrlash faolligi darajasi o‘z talablarini qat’iyat bilan ilgari surish, sog‘lom ijtimoiy fikrning shakllanishi, jozibador istiqbolni ta’minlashga erishish, jamoaviy hayotga xos bo‘lgan ijobiy an’analarni shakllantirish kabi pedagogik shart-sharoitlarga asoslangan holda aniqlangan;
pedagog va o‘quvchilar jamoasi orasidagi o‘zaro munosabatlarni vujudga keltirishda o‘quvchilar jamoasining yagona, barcha uchun umumiy ahamiyat kasb etadigan maqsadga egaligi, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun1 umumiy xarakterdagi dialogga asoslangan faoliyatning shakllanganligi, o‘z-o‘zini boshqarish organlarining faoliyati, alohida qat’iyat, hamkorlik va mas’uliyatli yondashuvni talab qiladigan munosabatlar kabi jamoa belgilari aniqlangan ushbu yo‘nalishdagi ilmiy metodik tavsiyalar va ishlanmalar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kengashining 2022 yil 28 yanvardagi № 1 sonli qarori bilan tasdiqlanib, O‘zbekiston respublikasi umumta’lim maktablarining ta’lim amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 11 maydagi 02-02/3-902-son ma’lumotnomasi, Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 martdagi 02-07-718/04-son dalolatnomasi). Natijada pedagog va o‘quvchilar jamoasi orasidagi o‘zaro munosabatlarni vujudga keltirishda o‘quvchilar jamoasining yagona, barcha uchun umumiy ahamiyat kasb etadigan maqsadga egaligi, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun umumiy xarakterdagi faoliyatning mavjudligi, o‘z-o‘zini boshqarish organlarining faoliyati, alohida mas’uliyatli yondashuvni talab qiladigan munosabatlar kabi jamoa belgilari aniqlangan.