Ehsanova Muqaddamxon Ibrohimovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matnda o‘zlashma va qo‘llanmalar lingvopoetikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2182.
Ilmiy rahbar: Odilov Yorqinjon Rahmonalivich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona  davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
 Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ma`rufjon,  filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi o‘zlashma va qo‘llanma til birliklarining lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi mavjud yangi so‘zlarning iqtisodiyot, siyosat, bank ishi, moliya, sport, huquq-tartibot, tibbiyot, savdo-sotiq, san’at, madaniyat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi o‘n beshga yaqin leksik-semantik guruhlari mavjudligi aniqlangan; 
o‘zbekcha badiiy matnlarda arabcha, fors-tojikcha o‘zlashma va qo‘llanma birliklarning fikrni dalillash, fikr salmog‘i va ta’sir kuchini oshirish, badiiy matnga xalqona va davr ruhini berish, adabiy xarakterni tipiklashtirish kabi poetik vazifalari aniqlangan;
o‘zbekcha badiiy matnlardagi rus, ingliz, nemis va fransuz tillaridan olingan o‘zlashma va qo‘llanma birliklarning nutqni individuallashtirish, komik va satirik effekt hosil qilish, muallifning ijobiy va salbiy munosabatlarini ifodalash vazifalarini bajarishi, poetik ta’kidlash, mantiqiy urg‘u olish xususiyatiga ega bo‘lishi asoslangan;
kelib chiqishi arab, fors-tojik, rus, ingliz, nemis tillariga mansub qo‘llanishi chegaralangan leksika aslida ijodkor estetik niyati hamda asarning umumiy g‘oyaviy-badiiy mazmuniga muvofiq badiiy tatbiq qilinishi ochib berilgan.        
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnlardan olingan o‘zlashma va qo‘llanmalar tadqiqi asosida:
kelib chiqishi arab, fors-tojik, rus, ingliz, nemis tillariga mansub qo‘llanishi chegaralangan leksika aslida ijodkor estetik niyati hamda asarning umumiy g‘oyaviy-badiiy mazmuniga muvofiq badiiy tatbiq qilinishiga oid xulosalardan “Pragmalingvistika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 2 dekabrdagi 01-4649-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikning yangi ilmiy xulosalar bilan boyishiga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi mavjud yangi so‘zlarning iqtisodiyot, siyosat, bank ishi, moliya, sport, huquq-tartibot, tibbiyot, savdo-sotiq, san’at, madaniyat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi o‘n beshga yaqin leksik-semantik guruhlari mavjudligi borasidagi xulosalardan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 4 iyuldagi 15-2198-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu analizatorning leksik bazasi o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi so‘zlar bilan boyigan, leksikografik izohlari mukammallashgan;
o‘zbekcha badiiy matnlarda arabcha, fors-tojikcha o‘zlashma va qo‘llanma birliklarning fikrni dalillash, fikr salmog‘i va ta’sir kuchini oshirish, badiiy matnga xalqona va davr ruhini berish, adabiy xarakterni tipiklashtirish kabi poetik vazifalari xususidagi xulosa va natijalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2018-2021 yillarda “Ochiq muloqot”, “Dolzarb mavzu”, “Kun mavzusi”, “Ilmiy ta’lim”, “Milliy ta’lim” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining  2022 yil 14 fevraldagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish