Zokirova Sohiba Muxtoralievnaning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda kongruentlik hodisasi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fil175.    
Ilmiy rahbar: Xakimov Muhammadxon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Maxmaraimova Shoxista Tuxtoshevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.           .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bir tizimdagi va turli tizimdagi tillar doirasida kongruentlik hodisasinining samaradorligini aniqlash, uning lingvomadaniy masalalaridan ko‘ra tilshunoslikning nazariy asoslari bilan aloqadorlik jihatlari ustuvorligini isbotlash, turli tillardagi shaklan bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni semantik jihatdan qiyoslash, qarindosh va noqarindosh tillarda kongruentlik darajasini aniqlashdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyo tillarida kongruent so‘zlar to‘liq kongruent, qisman kongruent, nol` kongruent, o‘z qatlam doirasidagi kongruentlik, o‘z va o‘zlashgan so‘zlar kongruentligi, o‘zlashma qatlam doirasidagi kongruentlik kabi turlarga ajratilishi aniqlangan;
kongruentlik hodisasida farqlar asosan leksik-semantik variantlar ierarxiyasi, qo‘llanish chastotasiga ko‘ra, uslubiy-xronologik belgisi, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorligi, konnotativ ma’nosi, uslubiy-mahalliy belgisi bo‘yicha kuzatilishi asoslangan;
bir umumiy til (bobo til)ga mansub tillarda so‘zlar semantikasi boyib, bir-biridan uzoq ma’noga ega bo‘lib borishi natijasida kongruent shakllar paydo bo‘lishi, tillardagi kongruentlik to‘liq yoki qisman nomuvofiqlik bilan tavsiflangan genetik bog‘liqlikka ega bo‘lishi, “til o‘z ichida” qonuniyatiga ko‘ra erkin rivojlanishi dalillangan;
genetik qarindosh bo‘lmagan tillarda kongruentlik hodisasi til va nutq dixotomiyasiga ko‘ra turli tarixiy-siyosiy-ijtimoiy sabablar (urushlar, bosqin, istilo, savdo-sotiq, hamkorlik) tufayli ham kuzatilishi dalillangan;
omonimiya hodisa diaxron aspektda ijobiy, konstruktiv bo‘lishi, kongruent so‘zlarga bog‘liq bo‘lgan interferent o‘zlashmalar lingvistik me’yorga aylanib, ma’lum bir til leksik fondining boyishiga olib kelishi, sinxron nuqtai nazardan esa yuzaga keladigan interferensiya nutq jarayonida uni tushunishda xatoliklarga olib keladigan aloqaning muayyan turini anglatishi mumkinligi isbotlangan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda kongruentlik hodisasini tadqiq etish asosida:
dunyo tillarida kongruent so‘zlar to‘liq kongruent, qisman kongruent, nol` kongruent, o‘z qatlam doirasidagi kongruentlik, o‘z va o‘zlashgan so‘zlar kongruentligi, o‘zlashma qatlam doirasidagi kongruentlik kabi turlarga ajratilishiga oid tushunchalar 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusida FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 20 iyundagi 89-03-2473-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati” kongruentlik hosil qilgan terminlar bilan boyitilgan, terminlar izohi mukammallashgan, qo‘llanilgan terminlar izohining ilmiyligi hamda mukammalligiga erishilgan;
bir umumiy til (bobo til)ga mansub tillarda so‘zlar semantikasi boyib, bir-biridan uzoq ma’noga ega bo‘lib borishi natijasida kongruent shakllar paydo bo‘lishi, tillardagi kongruentlik to‘liq yoki qisman nomuvofiqlik bilan tavsiflangan genetik bog‘liqlikka ega bo‘lishi, “til o‘z ichida” qonuniyatiga ko‘ra erkin rivojlanishi xususidagi tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2021 yil 12 apreldagi 65-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbekcha-qoraqalpoqcha kongruent so‘zlarning qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlosi asosida yozilishi aniqlashtirilgan. Bu kabi so‘zlarni boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilariga tushuntirish metodikasi takomillashtirilishiga erishilgan;
genetik qarindosh bo‘lmagan tillarda kongruentlik hodisasi til va nutq dixotomiyasiga ko‘ra turli tarixiy-siyosiy-ijtimoiy sabablar (urushlar, bosqin, istilo, savdo-sotiq, hamkorlik) tufayli ham kuzatilishi tadqiqot natijalaridan Germaniya Federativ Respublikasi Bremen shahridagi "Ausbildung und Arbeit Plus GmbH" ilmiy tadqiqot va malaka oshirish markazi o‘quv jarayonida foydalanilgan (Germaniya Federativ Respublikasi Bremen shaxridagi "Ausbildung und Arbeit Plus GmbH" ilmiy tadqiqot va malaka oshirish markazining 2022 yil 12 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada markaz o‘quvchilari kongruent so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari, genetik qarindosh bo‘lmagan tillarda kongruentlik hodisasi xususida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga erishilgan;
omonimiya hodisa diaxron aspektda ijobiy, konstruktiv bo‘lishi, kongruent so‘zlarga bog‘liq bo‘lgan interferent o‘zlashmalar lingvistik me’yorga aylanib, ma’lum bir til leksik fondining boyishiga olib kelishi, sinxron nuqtai nazardan esa yuzaga keladigan interferensiya nutq jarayonida uni tushunishda xatoliklarga olib keladigan aloqaning muayyan turini anglatishi mumkinligi bo‘yicha berilgan xulosa va tavsiyalardan “Metodika prepodovanie rodnogo yazika (rus guruhlar uchun)” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan 233-282 raqamli ma’lumotnoma). Natijada darslikning nutq qurilishida til shaxsining o‘rni va adresat-adresant munosabatlari yoritilgan o‘rinlari ilmiy va nazariy jihatdan mukammallashgan; 
kongruentlik hodisasida farqlar asosan leksik-semantik variantlar ierarxiyasi, qo‘llanish chastotasiga ko‘ra, uslubiy-xronologik belgisi, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorligi,  konnotativ ma’nosi, uslubiy-mahalliy belgisi bo‘yicha kuzatilishi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan  “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-1265-raqamli ma’lumotnoma). Natijada darslikning asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
kongruent so‘zlarga bog‘liq bo‘lgan interferent o‘zlashmalarning lingvistik me’yorga aylanganligi, tilning lug‘at tarkibini boyishiga boyishiga olib kelishi natijasida faol leksikaning rivojlanganligi bo‘yicha berilgan xulosa va tavsiyalardan 2021-2022 yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022 yil 15 iyundagi 04-25-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar radioeshittirishlarning ilmiyligi hamda omabopligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish