Alieva Navruza Xabibullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frazeologik birliklarning turli tizimli tillar kesimidagi lingvopragmatik tadqiqi (ingliz, rus va o‘zbek tili kompyuter frazeologik birliklari materiallari asosida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3PhD/Fil938.
Ilmiy rahbar: Muhiddinov Anvarjon G‘ofirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillarining axborot maydonida qo‘llaniladigan media makon frazeologik birliklarining, xususan, kompyuter internet-frazeologik birliklarining tarkibiy-semantik va kommunikativ-pragmatik xususiyatlari hamda ularning lingvistik maqomini aniqlash va umume’tirof etilgan til birliklari sifatida lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ommaviy axborot vositalarida qo‘llaniladigan ingliz, rus va o‘zbek tillari kompyuter-internet frazeologik birliklarining tarkibiy-semantik va kommunikativ-pragmatik turlari belgilanib, semantik universaliya sifatida namoyon bo‘lgan keng tipologik xususiyatlarga ega ingliz media makon frazeologik birliklari, xususan, kompyuter frazeologik birliklari zamonaviy jamiyat hayoti va global ma’lumotlarning voqeliklarini etarli darajada aks ettirishi va bu frazeologik birliklar xalqaro miqyosda media-makon frazeologiyasini hosil qilishda ustun mavqeni egallashi isbotlangan;
semantik universaliya sifatida qaraladigan media makondagi frazeologik birliklarning (kompyuter frazeologik birliklarining) tipologik xususiyatlari turli tizimli tillarda ratsional nominativ va kommunikativ frazeologik birliklar shaklida bir xilda idrok etilishi, turli tizimli tillarning o‘zaro ta’siri va frazeologik birliklarning o‘zlashtirilishi jarayoni turli tizimli tillarda ingliz frazeologik birliklari bilan mazmunan o‘xshashlik va ifoda jihatidan farq qiluvchi neologizmlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi asoslangan;
media makonida ingliz tilidan kelib chiqqan yangi frazeologik birliklarning hosilalanish jarayoni faollashayotgani, korpus lingvistikasida bilimlarni ifodalashning yangi shakli sifatida belgilangan frazeologik birliklar va kollokatsiyalar kengayayotgani haqidagi gipoteza isbotlangan;
sivilizatsiyalashgan taraqqiyotning postindustrial bosqichiga o‘tish fazasida rus va o‘zbek tillarining ingliz tili ijtimoiy va siyosiy sohasidagi so‘zlar va frazeologik birliklar bilan boyitilishi, kompyuter texnologiyasi doirasidagi jumlalar misolida rus va o‘zbek tili kognitologiyasida izohlash zarurati tug‘ilgan leksik-semantik, frazeologik, sintaktik butunliklar mazmun-mohiyati aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillardagi frazemalarni lingvopragmatik jihatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
ommaviy axborot vositalarida qo‘llaniladigan ingliz, rus va o‘zbek tillari kompyuter-internet frazeologik birliklarining tarkibiy-semantik va kommunikativ-pragmatik turlari belgilanib, semantik universaliya sifatida namoyon bo‘lgan keng tipologik xususiyatlarga ega ingliz media makon frazeologik birliklari, xususan, kompyuter frazeologik birliklari zamonaviy jamiyat hayoti va global ma’lumotlarning voqeliklarini etarli darajada aks ettirishi va bu frazeologik birliklar xalqaro miqyosda media-makon frazeologiyasini hosil qilishda ustun mavqeni egallashiga doir ilmiy nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 14 martdagi 17.03/53-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha hisobotlarining ilmiyligi va tushunarliligi ortgan;
semantik universaliya sifatida qaraladigan media makondagi frazeologik birliklarning (kompyuter frazeologik birliklarining) tipologik xususiyatlari turli tizimli tillarda ratsional nominativ va kommunikativ frazeologik birliklar shaklida bir xilda idrok etilishi, turli tizimli tillarning o‘zaro ta’siriga doir xulosalar va materiallardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashining 2020 yil 18 avgustdagi 02-06/659-son ma’lumotnomasi). Natijada bu yoshlarning uch tilga oid bo‘lgan turg‘un birliklarni o‘rganishga ishtiyoqlari oshgan;
media makonida ingliz tilidan kelib chiqqan yangi frazeologik birliklarning hosilalanish jarayoni faollashayotgani, korpus lingvistikasida bilimlarni ifodalashning yangi shakli sifatida belgilangan frazeologik birliklar va kollokatsiyalar kengayayotgani haqidagi gipoteza Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi gazetalarida maqolalarni tahrirlash maqsadida hamda Farg‘ona davlat universiteti kutubxonasi a’zolari tomonidan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 28 sentyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi) Natijada nashrlarning ilmiy saviyasi oshgan va kitobxonlar tomonidan tushunilishi osonlashgan;
sivilizatsiyalashgan taraqqiyotning postindustrial bosqichiga o‘tish fazasida rus va o‘zbek tillarining ingliz tili ijtimoiy va siyosiy sohasidagi so‘zlar va frazeologik birliklar bilan boyitilishi, kompyuter texnologiyasi doirasidagi jumlalar misolida rus va o‘zbek tili kognitologiyasida izohlash zarurati tug‘ilgan leksik-semantik, frazeologik, sintaktik butunliklar mazmun-mohiyati xususidagi materiallardan Ozarbayjon O‘qituvchilar institutining “Turkiy tillar frazeologik birliklarining o‘ziga xos xususiyatlari” amaliy loyihasi doirasida o‘quv materiallarini tayyorlash jarayonlarida foydalanilgan (Ozarbayjon O‘qituvchilar institutining 2022 yil 03 oktyabrdagi 306/11-A-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi darslarning ilmiyligi va tushunarliligi oshdi;
frazeologik birliklarning o‘zlashtirilishi jarayoni turli tizimli tillarda ingliz frazeologik birliklari bilan mazmunan o‘xshashlik va ifoda jihatidan farq qiluvchi neologizmlarning paydo bo‘lishiga oid nazariy xulosalaridan “Ruxsor” teleradiokanali hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ijodiy ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan;
ikki va uch tilli lug‘atlarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Kratkiy anglo-russko-uzbekskiy slovar` frazeologizmov” po dissipline “Teoriya i praktika xudojestvennogo, pis`mennogo i sinxronnogo perevoda” lug‘ati tayerlangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-.-014-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atning ilmiy ahamiyati ortgan.