Abduraxmanov Muxammadjon G‘ulomjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muqobilsiz leksikaning semantik-funksional xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil.2335.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04. 
Rasmiy opponentlar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori; Odilov Yorqin Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muqobilsiz leksikaning semantik va funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muqobilsiz leksikaning onomastik ko‘lamdagi lisoniy maqomi, o‘zlashma so‘zlar bilan tarixiy-etimologik manbasiga ko‘ra mushtarak va funksional-semantik farqli jihatlari dalillangan;
muqobilsiz leksikaning yuzaga kelishi bilan bog‘liq tillar hamkorligi, aloqasi bilan bog‘liq lingvistik va xalqlararo ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy ekstralingvistik omillar, tarjima matnida qo‘llanishi bilan bog‘liq funksional, uslubiy mohiyati ochib berilgan;
muqobilsiz leksikaning tildagi semantik-funksional va tarjimadagi milliylik, ekspressiv-emotsionallik, badiiylik, tarixiylik ifodalash bilan bog‘liq uslubiy xususiyatlari badiiy hamda publisistik matnlar tarjimalari misolida aniqlangan;
muqobilsiz leksikaning leksik, frazeologik, onomastik tiplari va ekzotik leksika, lakuna, termin, antroponim, toponim, gemeronim, geartonim kabi turlarining o‘ziga xos leksik-semantik va til hamda nutqdagi funksional jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muqobilsiz leksikaning semantik-funksional xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
muqobilsiz leksikaning tildagi semantik-funksional va tarjimadagi milliylik, ekspressiv-emotsionallik, badiiylik, tarixiylik ifodalash bilan bog‘liq uslubiy xususiyatlariga doir tahlil va talqinlardan  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “UzNutq Sintezator” nomli kompyuter dasturi ma’lumotlar bazasida o‘zbek tilidagi muqobilsiz leksikani va unga doir izohlarni berishda BV-Atex-2018 (143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” davlat amaliy granti loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 2 iyundagi 04/1-1076-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatori mukammalashgan;
muqobilsiz leksikaning leksik, frazeologik, onomastik tiplari va ekzotik leksika, lakuna, termin, antroponim, toponim, gemeronim, geartonim kabi turlarining o‘ziga xos leksik-semantik va til hamda nutqdagi funksional jihatlari, qo‘llanishidagi ijobiy va salbiy jihatlarga doir natijalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida OT-Al-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” davlat amaliy granti loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 2 iyundagi 04/1-1077-son ma’lumotnomasi). Natijada muqobilsiz leksika sirasiga kiruvchi bank-moliya terminlarining izohi ilmiy-nazariy talqinlar bilan mukammallashgan;
muqobilsiz leksikaning yuzaga kelishi bilan bog‘liq tillar hamkorligi, aloqasi bilan bog‘liq lingvistik va xalqlararo ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy ekstralingvistik omillar, tarjima matnida qo‘llanishi bilan bog‘liq funksional, uslubiy mohiyatiga doir xulosalardan 2021-2022 yillarda “O‘zbekiston” telekanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 06 iyundagi 04-36-824-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarning ta’sirchanligi ortgan, ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish