Kalenderova Aksungul Mamutovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Hozirgi davr qoraqalpoq bolalar fol`klori: janr evolyusiyasi», 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil248.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bahadirova Sarigul Bahadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qaraqalpaq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Allambergenov Kenesbay,  filologiya fanlari doktori, professor; Nzamatdinov Jenis Mnajatdinovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq bolalar fol`klori janrlari, poetikasi va tamoyillarining qoraqalpoq milliy tafakkuri kontekstida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq bolalar fol`klori janrlari genezisi turkiyzabon xalqlar bolalar fol`klori janrlari bilan mushtarakligi (erkalash, ardoqlash, e’zozlash, yolg‘ondakam suyib-so‘rash, tez aytish, topishmoqlar, naql-maqollar), bolalar fol`klori nazmiy turiga kirishi dalillangan;
bolalar ertaklari, rivoyatlari, afsonalari, kosmogonik hikoyalar, qo‘rqinchli bolalar fol`klori, bolalarning o‘zlari tomonidan yaratilgan hikoyalar nasriy asarlarga kiritilib, janrning g‘oyaviy-badiiy taraqqiyotiga zamin yaratganligi ko‘rsatib berilgan;
milliy urf-odatlar qatoridan o‘rin olgan bolani beshikka solish, tusovini kesish, har xil milliy bayramlarga («Navro‘z», «Yo ramozon», «Alifbo») oid qo‘shiqlar, o‘yin turlariga mo‘ljallangan fol`klor asarlari aniqlanib, ularning bolalar hayotida muhim ahamiyat kasb etganligi asoslangan;
qoraqalpoq va jahon fol`klorshunosligida bolalar fol`klorining poetik va evolyusion xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi davr qoraqalpoq bolalar fol`klori: janr evolyusiyasini o‘rganish orqali olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq bolalar fol`klori janrlari genezisi turkiyzabon xalqlar bolalar fol`klori janrlari bilan mushtarakligi (erkalash, ardoqlash, e’zozlash, yolg‘ondakam suyib-so‘rash, tez aytish, topishmoqlar, naql-maqollar), bolalar fol`klori nazmiy turiga kirishi, qoraqalpoq bolalar fol`klorining ayrim janrlar namunalarining paydo bo‘lishi, shakllanishi va xalq og‘zaki ijodi bilan o‘zaro aloqador masalalarini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitan fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G006 «Qorakalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nushalarini tekstologik tahlil qilish va nashrga tayyorlash (3-jild. 2015-2017)» mavzusidagi amaliy tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 12 martdagi 12.01/94-son ma’lumotnomasi). Natijadaa bolalar fol`klori janrlarini matniy tahlil etishda va ularning badiy-estetik, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga molik masalalarni o‘rganishda muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
 Qoraqalpoq fol`klorining eng qadimgi davrlaridan boshlab to hozirgi davrgacha bo‘lgan evolyusion taraqqiyoti yo‘llari, poetik xususiyatlari, janriy o‘ziga xosligi, ularning badiy-estetik va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati masalalari Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 16 apreldagi 53-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar fol`klori janrlarining har xil turlari va shakllarining qoraqalpoq fol`klori tarixida tutgan o‘rnini va uning yosh ovlodni komil insonlar qilib tarbiyalashdagi badiiy-estetik vazifasini yosh iste’dodlarga tushintirish orqali ularning xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan qiziqishini orttirishga va ularni ko‘z qorachig‘iday saqlashga erishilgan; 
Qoraqalpoq bolalar fol`kloridagi alla, yil fasllari bilan bog‘liq bo‘lgan fol`klor o‘yin turlari, «Alifbo», «Navro‘z» bayramlari bilan bog‘lik ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyaning 2021 yil mart, aprel`, may oylaridagi «Adabiyot va davr», «Assalomu alaykum qoraqalpog‘iston», «Adabiyot bo‘stoni», «Xalq durdonasidan», «Yoshlar vaqti», «Meros» teleko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 maydagi 01-02/173-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan hamda ommani yangi manbalar bilan tanishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish