Tadjibaev Musajan Sabirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Germenevtika va badiiy nutq”, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil297.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Amonova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori; Quronov Dilmurod, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon adabiyotshunosligi an’analari asosida o‘zbek adabiyotshunosligida adabiy germenevtikaning nazariy asoslarini takomillashtirish, Evropa va o‘zbek mumtoz adabiyotining sara namunalari misolida badiiy asar germenevtik tahlilining yangi tamoyillarini ishlab chiqish, badiiy matn orqali insonning ichki dunyosini tushunishning poetik tahlil jarayonida nazarda tutilishi lozim bo‘lgan yangi badiiy nutq mezonlarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy asar germenevtik tahlilining badiiy so‘z va uning san’at yaratish borasidagi yangi kriteriyalari, badiiy asar matnini o‘rganishning grammatik va psixologik talqin mezonlari ishlab chiqilgan;
mumtoz adabiyot namunalari lingvopoetik tahlilining gerbarizm metodi badiiy asar germenevtik qirralarini grammatik talqin qilish orqali amalga oshirishi asoslanib, uning sillogizm, transformatsiya va illyuziya tamoyillari ishlab chiqilgan;
badiiy asar poetikasini tushunishning grammatik va psixologik talqin yo‘nalishida illyuziya, transformatsiya, ko‘lanka nazariyasi kabi usullari poetik tahlil jarayonida qo‘llanishining nazariy asoslari yaratilgan;
badiiy asar tahlili jarayonida ijodiy yolqin imkoniyatlaridan foydalanishning psixologik-tasavvuriy, uning bosqichli shakllanishiga oid nazariy va amaliy mezonlari ishlab chiqilgan;
badiiy matn arxitektonikasi poetik qirralarining badiiy fantaziya doirasida asar muallifi va o‘quvchi kongenialligi munosabati aniqlashtirilgan;
badiiy nutqni o‘rganishning yangi nazariy tamoyillari o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarida badiiy tilning ijtimoiy ong taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiyot nazariyasi mashg‘ulotlari jarayonida badiiy asarni o‘rganishning germenevtik usul va metodlari borasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. O‘zbek adabiyotida poetik tafakkurning taraqqiyot omillari va tamoyillarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon adabiyotida poetik tafakkur evrilishlarining roli, ahamiyati, uni ehtiyojga aylantirgan ichki va tashqi, ijtimoiy-psixologik, tarixiy-madaniy omillar, badiiy qonuniyatlar, yetakchi tamoyillariga oid ilmiy-nazariy qarashlar, germenevtik tahlilning o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari misolida sillogizm, transformatsiya, illyuziya kabi yangi kriteriyalari, mumtoz adabiyot namunalarining lingvopoetik tahlilida gerbarizm metodini asoslash va uning tamoyillari, germenevtik tahlil vositasida badiiy asar poetikasini tushunib etishning yangi nazariya va usullari bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016 yy.) fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/113-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy adabiyot va unda poetik tafakkurning inson va ijodkor siymosidagi in’ikosi, tamoyillari va omillarini belgilash, o‘zbek mumtoz adabiyoti, jahon adabiyotining ilg‘or namunalarida psixologizm, gerbarizm metodlarini dalillashga erishilgan;
badiiy asar tahlili jarayonida ijodiy yolqin imkoniyatlaridan foydalanish kriteriyalarini belgilash, o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari asosida badiiy matn arxitektonikasi poetik qirralarining badiiy fantaziyaga munosabatini aniqlash bo‘yicha taklif va mulohazalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2012-2016 yy.) fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/113-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq fol`klori namunalarini germenevtik tahlil qilish orqali ularning badiiy imkoniyatlaridan foydalanish kriteriyalari va fol`klor namunalari asosida badiiy matn arxitektonikasi poetik qirralarining badiiy fantaziyaga munosabatini aniqlashga xizmat qilgan;
germenevtik metodni qo‘llash o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishning usul va metodlarini boyitishi, germenevtik tadqiqotlar doirasida sharq mumtoz adabiyotining shakl va mazmun imkoniyatlarini o‘rganish doirasida yuksak mahorat, g‘oyaviylik va lirikada o‘ziga xoslikni ochishga xizmat qilishi borasidagi nazariy va amaliy natijalaridan akademik A. Kuatbekov nomidagi Chimkent davlat xalqlar do‘stligi universiteti ta’lim jarayonida foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi akademik A. Kuatbekov nomidagi Chimkent davlat xalqlar do‘stligi universitetining 2022 yil 30 noyabrdagi 110-son dalolatnomasi). Natijada tasavvufiy g‘oyalarni aks ettirish borasidagi ilmiy xulosalar ta’lim jarayonida «Literatura rodstvennix narodov», «Istoriya uzbekskoy literaturi», «Teoriya literaturi», «Klassicheskaya poetika Vostoka» fanlarini o‘qitishda, o‘quv materiallarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
badiiy tafakkur evrilishlarining original yo‘nalishlarda kuzatish usul va metodlari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan 2022 yil may va iyul` oylarida tayyorlangan “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2022 yil 1 avgustdagi 04-36-1214-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh tadqiqotchilar va o‘qituvchilarning germenevtik tahlil asoslari, germenevtik tafakkur va uning metodlarga nisbatan munosabati bo‘yicha nazariy bilim va malakalarini boyitishga asos bo‘lgan.