Muxtarov Elmurod Abdig‘ulomovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Har xil hududlarda urchitilayotgan hisori qo‘ylar oyoq muskullarining postnatal morfogenezi”, 16.00.02–Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V62.
Ilmiy rahbar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Ilyasov Aziz Saitmurodovich, biologiya fanlari doktori, professor; Tashtemirov Ravshanbek Matlyubovich, veterinariya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ekologik jihatdan adekvat va antropogen omillar ta’siri yuqori bo‘lgan noadekvat hududlarida urchitilayotgan hisori zotli  qo‘ylar postnatal ontogenezining turli fiziologik bosqichlarida oldingi va orqa oyoq muskullarining makromorfometrik o‘lchamlari va gistologik tuzilishi hamda kimyoviy tarkibining o‘zgarish dinamikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatining ekologik toza – adekvat hududi hisoblangan Boysun tumani fermer xo‘jaliklarida urchitilayotgan hisori zotli qo‘ylar postnatal rivojlanishining turli fiziologik bosqichlarida oldingi va orqa oyoq bo‘g‘imlariga ta’sir ko‘rsatuvchi muskullar makromorfometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlari aniqlangan;
Surxondaryo viloyatining antropogen omillar ta’siri yuqori bo‘lgan Sariosiyo va Uzun tumanlarining noadekvat sharoitida urchitilayotgan har xil yoshga mansub bo‘lgan hisori zotli qo‘ylar oldingi va orqa oyoq muskullari makromorfometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi aniqlangan;
Surxondaryo viloyatining turli ekologik hududlaridagi hisori zotli qo‘ylar postnatal ontogenezining turli fiziologik bosqichlarida oyoq muskullari gistologik tuzilmalari o‘lchamlaridagi tafovutlar tadqiqotlarda isbotlangan;
Surxondaryo viloyatining turli ekologik hududlarida urchitilayotgan hisori zotli qo‘ylar postnatal ontogenezining turli fiziologik bosqichlarida oyoq muskullarining kimyoviy tarkibidagi o‘ziga xoslik ilmiy asoslangan;
har xil ekologik hududlarda urchitilayotgan turli yoshdagi hisori zotli qo‘ylar oldingi va orqa oyoq muskullarining morfometrik ko‘rsatkichlari hamda kimyoviy tarkibini o‘zgarish xususiyatlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Har xil hududlarda urchitilayotgan hisori qo‘ylar oyoq muskullarining postnatal morfogenezi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
 «Hisori qo‘ylar oyoq muskullarining postnatal morfogeneziga yashash sharoitining ta’siri» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 12.09.2022 yildagi 02/23-396-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida qo‘ylar biologiyasi bo‘yicha mavjud ma’lumotlar boyitilgan, veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlashda  «faol harakat» tizimini postnatal ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlari, har xil tabiiy sharoitlar ta’sirida uning makromorfologik, gistologik va kimyoviy xususiyatlarini ilmiy asoslash imkoniyati yaratilgan;
respublikamizning turli ekologik hududlarida urchitilayotgan hisori qo‘ylar postnatal ontogenezining turli fiziologik bosqichlarida oyoq muskullari morfo-kimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlari «Hayvonlar anatomiyasi», «Hayvonlar morfologiyasi», «Sitologiya, gistologiya va embriologiya» fanlarining «miologiya» bo‘limini o‘qitish jarayoniga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 12.09.2022 yildagi 02/23-396-son ma’lumotnomasi). Natijada muskul to‘qimalarining tuzilmaviy qismlarining shakllanish va rivojlanish mexanizmlari hamda ularga tabiiy yashash sharoitining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha talabalarning faollik va o‘zlashtirish darajasini 98% ga oshishiga erishilgan.
go‘shtning veterinariya sanitariya ekspertizasi, veterinariya sud ekspertizasida hamda qo‘ylar postnatal ontogenezining 18 oyligiga qadar ulardan sifatli go‘sht mahsulotini olishning maqbul davri sifatida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 12.09.2022 yildagi 02/23-396-son ma’lumotnomasi). Natijada hisori qo‘ylar morfologiyasi go‘shtning sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi muskul va biriktiruvchi to‘qimali tuzilmalarining nisbati hamda kimyoviy tarkibini qo‘ylarning yoshiga ko‘ra o‘zgarib borishi bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish