Soipov Behzodbek Ikrombekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat barqarorligini ta’minlashda dunyoviylik va diniylik uyg‘unligi», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ss198.
Ilmiy rahbar: Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, PhD/03/30.12.2021Ss/Tar.21.02. 
Rasmiy opponentlar Yovqochev Shuxrat Akmalevich, siyosiy fanlar doktori, professor; Xasanov Axadjon Axmadjonovich, tarix fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diniylikning siyosiylashuvi sharoitida dunyoviylik va diniylik uyg‘unligini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi omillar hamda dunyoviy davlatchilikda din siyosati shakllanishining zamonaviy yondashuvlarini ochib berish, o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlashning xalqona va konstruktiv mexanizmalarini qo‘llashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sekulyar siyosiy institusional tuzulmalar legitimligini ta’minlashda aholining ayrim qatlamlari orasida diniy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlari va maxsus o‘quv dasturi asosida norasmiy imomlarning individual malakasini muntazam ravishda oshirib borish zarurati asoslab berilgan;
dunyoviylik dinlarni inkor qilish yoki xudosizlikni targ‘ib qilish emas, balki jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda dinga bo‘lgan e’tiqod va amaliyotni demokratik qonunlar asosida rivojlanib borishini ta’minlovchi hamda davlat boshqaruvi darajasidagi ishonchli va barqaror jarayon ekanligi isbotlangan;
globallashuv sharoitida aholining diniy-ma’rifiy qarashlarini shakllantirishda hamda diniy va dunyoviy tahdidlarni saralashda g‘oyaviy, siyosiy va birtomonlama diniy propagandaning ustun qo‘yilmasligi orqali barqaror xavfsizlikka erishish mumkinligi ochib berilgan; 
sekulyarlashuv fuqarolik jamiyati rivojining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi sotsiobalansni ta’minlovchi hamda barqarorlikka erishishning qat’iy chegarasini belgilab beruvchi muhim faktor ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyat barqarorligini ta’minlashda dunyoviylik va diniylik uyg‘unligi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida:
sekulyar siyosiy institusional tuzulmalar legitimligini ta’minlashda aholining ayrim qatlamlari orasida diniy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlari va maxsus o‘quv dasturi asosida norasmiy imomlarning individual malakasini muntazam ravishda oshirib borish zarurati asoslab berilganligi borasida keltirilgan takliflar va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat rejasidagi “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida onlayn respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazishda hamda markazda nashr etilgan “Islomofobiyani bartaraf etish omillari”, “Islomda ijtimoiy illatlar muolajasi”, “Evropada islomofobiyaning jadallashuvi” kabi darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 28 yanvardagi 02/35-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy asoslangan materiallar viloyat va tumanlar otinoyilarida din niqobidagi turli tahdidlarni faollashuvi, bu tahdidlarga qarshi kurashda yoshlarda axborot iste’mol madaniyatini yuksaltirish yo‘llari haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
dunyoviylik dinlarni inkor qilish yoki xudosizlikni targ‘ib qilish emas, balki jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda dinga bo‘lgan e’tiqod va amaliyotni demokratik qonunlar asosida rivojlanib borishini ta’minlovchi hamda davlat boshqaruvi darajasidagi ishonchli va barqaror jarayon ekanligi isbotlanganligi borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3080-sonli Qarori ijrosini amalga oshirish bo‘yicha nazorat rejasining 2.6-bandida ko‘rsatilgan islom dini odamlarni, barcha millat va xalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, o‘zaro do‘stlik va insoniylikka da’vat etishini, uning asl gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining 2022 yil 22 yanvardagi 45/22-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi mutaxassislarining diniy ekstremistik hamda radikal oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi aniq va ishonchli raddiyalar berish, xalqchil  yondashuvlar asosida aholining sog‘lom ma’rifiy tafakkuri va diniy e’tiqodini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida aholining diniy-ma’rifiy qarashlarini shakllantirishda yurtimizdagi diniy soha vakillarining ciyociy va diniy bilimlarini oshirish hamda konstruktiv yondashuvning joriy etilishi orqali milliy qadriyat va e’tiqodimizni saqlab qolishga erishish mumkinligi ochib berilganligi borasidagi ilmiy xulosalaridan Ichki ishlar vazirligiga yuklatilgan harbiy xizmatchilar orasida milliy xavfsizlikka putur etkazuvchi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha seminar va uchrashuvlar tashkil etish, ekstremistik va terroristik oqimlar tomonidan ilgari surilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarni fosh etishga bag‘ishlangan “Yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslarni jamiyatga moslashtirish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar”, Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” nomli qo‘llanma va darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 27 yanvardagi 17/418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi uyg‘unlikning buzilishi dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan terrorizm, ekstremizm, ksenofobiya, islamofobiya, diniy mutaassiblik, zo‘ravonlik kabi bugungi kunning murakkab muammolarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, deb bildirgan ilmiy xulosalari huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli xodimlarini ekstremistik va terrorchi guruhlar tarixi, g‘arazli g‘oyalari hamda zamonaviy ko‘rinishlari bilan tanishtirishda muayyan darajada xizmat qilgan;
sekulyarlashuv fuqarolik jamiyati rivojining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi sotsiobalansni ta’minlovchi hamda barqarorlikka erishini qat’iy chegarasini belgilab beruvchi muhim faktor ekanligi asoslanganligi borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar  institut tomonidan tahliliy materiallarni tayyorlashda va amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2022 yil 27 yanvardagi 02-3/54-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi ijrosiga qaratilgan istiqbolli siyosiy prognozlar shakllantirishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish