Xayitova Shaxnoza Daniyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalar mustaqil ta’limini mobil texnologiyalar asosida faollashtirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2644.
Ilmiy rahbar: Choriev Ruzimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti,  DSs.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayonida talabalar mustaqil ta’limini mobil texnologiyalar asosida faollashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan nazariy funksional tuzilma va talabalarning  kasbiy  faoliyati komponentlarining  tashkiliy funksiyalari,  kasbiy rivojlanishda o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi bilimlarni bosqichma - bosqich rivojlantirish hamda ta’limning muntazamlik tamoyili asosida takomillashtirilgan;
murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlarni o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish orqali xal etish hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish natijasida  nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mobil resurslar (umumkasbiy va ixtisoslik fanlar misolida) vositasida talabalar mustaqil ta’limini faollashtirishning didaktik shart-sharoitlari mazmuni ishlab chiqilgan;
o‘qitishda muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish, istiqbolli tizimni tashkil etish, internetdan foydalanib  talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini rivojlantirish asosida umumkasbiy fanlarni o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti va mobil texnologiyalari (QR-kvest ta’lim, mobil so‘rov va ovoz berish, mobil qidiruv, mobil viktorina, bulutli tadqiqot, interaktiv video) tizimlilik, muammolilik, kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan; 
umumiy  pedagogik tajribalar  va ijodiy kasbiy topshiriqlarni mobil modellashtirish asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, ijodiy) hodisalar, tushunchalar,  dalillar orasidagi ichki aloqalar, nazariy qoidalar bilan mustaqil ishlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni o‘rnatish orqali optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’lim olishini faollashtirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan nazariy funksional tuzilma va talabalarning  kasbiy  faoliyati komponentlarining  tashkiliy funksiyalari,  kasbiy rivojlanishda o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi, bilimlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, talabalar mustaqil ta’limini faollashtirishga oid takliflardan professional ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislari bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 5/12-4/2-72-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar oliy ta’lim muassasalari profesional ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini yagona yondashuv asosida tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlarni o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish orqali xal etish hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish natijasida  nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mobil resurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini faollashtirishga oid metodik tavsiyalar va takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqotni olib borishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 5/12-4/2-72-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan virtual ta’lim texnologiyalari bo‘lajak professional ta’limi o‘qituvchilarida umumkasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘qitishda muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish, istiqbolli tizimni tashkil etish, internetdan foydalanib talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini rivojlantirish asosida o‘quv-metodik ta’minoti va umumkasbiy fanlarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mobil so‘rov va ovoz berish, mobil qidiruv, podcast, mobil viktorina kabi interfaol metodlarni qo‘llash metodikasi “Kasbiy pedagogika. Kasbiy psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma, “Kasbiy pedagogika. Kasbiy psixologiya” nomli darslik, “Talabalar mustaqil ta’lim olish metodikasini takomillashtirish” nomli qo‘llanma va “Kasbiy pedagogika” fani bo‘yicha mobil ilova  mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 5/12-4/2-72-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot talabalarini ijodiy kasbiy topshiriqlarni mobil texnologiyalar asosida mustaqil ta’lim olishini faollashtirish uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish