G‘affarov Feruz Hasanovichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Professional ta’lim tizimida nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlash metodikasi”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped194.    
Ilmiy maslahatchi: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardanov Shukurullo Kuldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’limda nazariy va amaliy ta’lim integratsiyasini ta’minlash mazmuni va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’limni rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashgan ta’limni amalga oshirish natijasida mutaxassislarni tayyorlashda alohida, umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini amaliy ta’limning funksional xususiyatlari bilan muvofiqlashtirish orqali dual tizimga bosqichma-bosqich o‘tish prinsiplari asoslab berilgan;
ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalarida nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlashning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi mazmuni amaliy  ta’lim jarayonini tashkiliy, tahliliy va kreativlik funksiyalari yaxlitligi hamda aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
amaliy ta’limni innovatsion tashkil etish jarayonlari mazmuni, raqamli ta’lim va an’anaviy ta’lim talablarni amalga oshiruvchi o‘quv bosqichlari, o‘quv materiallarini vizual, mobil shaklda havola etish shakllarini ishlab chiqish asosida maxsus fanlar o‘qitishni modulli tuzilma asosida tashkil etishning alternativ varianti yaratilgan; 
mutaxassislarni va ish beruvchilarning uzviylik va o‘zaro aloqadorlik tamoyillarini inobatga olgan holda o‘quvchilarning tajribaga asoslangan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda integratsiyalashgan ta’limni amalga oshirish metodikasi Experiential Learning konsepsiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash platformasi strukturasi va intenfeysi kasbiy faoliyatga tayyorgarlikning sifatiy va vazniy ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’limda nazariy va amaliy ta’lim integratsiyasini ta’minlash mazmuni va metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
professional ta’limni rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashgan ta’limni amalga oshirish natijasida mutaxassislarni tayyorlashda alohida, umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini amaliy ta’limning funksional xususiyatlari bilan muvofiqlashtirish orqali dual tizimga bosqichma-bosqich o‘tish prinsiplari asoslab berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 martdagi “Professional ta’lim tizimining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 173-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2020/2021 o‘quv yili uchun professional ta’lim tizimining pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha ta’lim standartlari, kasblar va mutaxassisliklarning ta’lim standarti, malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 iyuldagi 89-02-705-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim standartlari va malaka talablari asosida 4.11.04.01 – maktabgacha ta’lim tashkilotlari yordamchi tarbiyachisi, 3.81.02.12 – maktabgacha ta’lim tashkilotlar maishiy masalalari menejeri kasblari bo‘yicha takomillashtirilgan  o‘quv rejalari va fan (modul) dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan;
ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalarida nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlashning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi mazmuni amaliy  ta’lim jarayonini tashkiliy, tahliliy va kreativlik funksiyalari yaxlitligi hamda aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 martdagi “Professional ta’lim tizimining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 173-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2020/2021 o‘quv yili uchun professional ta’lim tizimining pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha ta’lim standartlari, kasblar va mutaxassisliklarning ta’lim standarti, malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 iyuldagi 89-02-705-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim standartlari va malaka talablari takomillashtirilib, o‘quv rejalari va fan (modul) dasturlari ishlab chiqilgan; 
amaliy ta’limni innovatsion tashkil etish jarayonlari mazmuni, raqamli ta’lim va an’anaviy ta’lim talablarni amalga oshiruvchi o‘quv bosqichlari, o‘quv materiallarini vizual, mobil shaklda havola etish shakllarini ishlab chiqish asosida maxsus fanlar o‘qitishni modulli tuzilma asosida tashkil etishning alternativ varianti yaratilganligi, mutaxassislarni va ish beruvchilarning uzviylik va o‘zaro aloqadorlik tamoyillarini inobatga olgan holda o‘quvchilarning tajribaga asoslangan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda integratsiyalashgan ta’limni amalga oshirish metodikasi Experiential Learning konsepsiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilganligi kabi xulosalar pedagogika kollejlarining “Maktabgacha ta’lim yordamchi tarbiyachisi” va «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maishiy masalalari menejeri» kasblari bo‘yicha dual ta’limni amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 iyuldagi 89-02-705-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika kollejlarida integratsiyalashgan ta’limni samarali tashkil etishga erishilgan; 
pedagogika kolleji o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash platformasi strukturasi va intenfeysi kasbiy faoliyatga tayyorgarlikning sifatiy va vazniy ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalar “Kasbiy ta’lim metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i). Natijada pedagogika kollejlarida dual ta’limni amalga oshirish imkoniyatlarini   oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish