Raxmonov Zafar Mamadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t pufagi mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilarda fater so‘rg‘ichi va jigarning qiyosiy morfologiyasi»; 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1397.
Ilmiy rahbar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkir, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t yo‘llari tizimi tuzilishining mumkin bo‘lgan variantlarini va uning moslashish imkoniyatlarini aniqlash uchun o‘t pufagi mavjud va mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilar jigari va Fater so‘rg‘ichining morfofunksional xususiyatlarini qiyosiy-turga xos nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t pufagi mavjud bo‘lgan hayvonlarda jigarning nisbiy og‘irligi o‘t pufagi mavjud bo‘lmagan hayvonlarnikiga qaraganda kamroq ekanligi, ular jigarining tarkibiy tuzilishi jigar ichi va bo‘lakchalararo o‘t yo‘llarining kengligi bilan tavsiflanishi aniqlangan, bu esa ularning o‘t suyuqligining rezervuar-kumulyativ funksiyasini ta’kidlaydi;
o‘t pufagi mavjud bo‘lgan hayvonlarda o‘t yo‘li o‘n ikki barmoqli ichak devoriga o‘tkir burchak ostida kirishi va o‘t yo‘lining intramural qismi uzunligi natijasida o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatida bo‘ylama burma hosil bulishi, Fater so‘rg‘ichi va ampulasining yaxshi rivojlanganligi, o‘t pufagi mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilarda esa umumiy o‘t yo‘li ichak devorini deyarli vertikal yo‘nalishda kesib o‘tishi va intramural qismining kaltaligi natijasida bu burma zaif rivojlanganligi, Fater so‘rg‘ichi og‘zi nay shaklida bo‘lib, Fater so‘rg‘ichining ampulasi yo‘qligi isbotlangan;
birinchi marta Fater so‘rg‘ichi ampulasining shilliq qavati proksimal-distal yo‘nalishga ega har xil o‘lchamdagi va shakldagi burmalarni hosil qilishi, distal burmalarning erkin uchlari qalinlashib ichakka ochilish sohasida zichlashganligi, natijada ular ichak tarkibidagi moddalarning umumiy o‘t yo‘li va oshqozon osti bezi yo‘llariga retrograd harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan maxsus tuzilmani hosil qilishi aniqlangan;
Fater so‘rg‘ichining ampulasida burmalarning ular orasidagi bo‘shliqlarga nisbati proksimal-distal yo‘nalishda ortib borishi hamda bu  ularning shu yo‘nalishda zichlashishi natijasida ampula og‘zining yopilishidagi rolining oshishidagi ishtiroki aniqlangan; 
Fater so‘rg‘ichi ampulasi va o‘n ikki barmoqli ichak mushak qavatlarining yagona kompleks hosil qilishi Fater so‘rg‘ichini ovqat hazm qilish jarayonidagi funksional faoliyati (“raqsi”) ning morfologik asosini tashkil qilishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t pufagi mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘lmagan hayvonlarda Fater so‘rg‘ichi va uning ampulasining morfologiyasini o‘rganish metodologiyasining xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
morfologik tadqiqotlarda gistotopografik usullarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Morfologik tadqiqotlarda gistotopografik usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-z/424-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘t-tosh kasalligi va o‘t yo‘llari kasalliklarida o‘tkaziladigan EFGDS tekshirish usullari paytida Fater so‘rg‘ichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarish va asoratlarni sababini aniqlash hamda rivojlanish chastotasini kamaytirish imkonini bergan; 
jigar va Fater so‘rg‘ichining qiyosiy morfologiyasi hamda uning ampulalari bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son klinikasi faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 08-32959-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi o‘t-tosh kasalliklarida o‘t yo‘llarida o‘tkaziladigan diagnostik va davolash muolajalaridan so‘ng o‘t ajratish tizimida  kuzatiladigan salbiy o‘zgarish va asoratlarni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish