Abdullaev Baxodirning
fizika-matematika doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kondensat holat fizikasidagi anionlar”, 01.04.02 – “Nazariy fizika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Dsc/FM20.
Ilmiy rahbar: Musaxanov Mirzayusuf Mirzamaxmudovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsataѐtgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM.01.09
Rasmiy opponetlar: Nakamura Katsuxiro fan doktori, professor; Yavidov Baxrom Yangibaevich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Bayzakov Baxtier Bayzakovich fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Yadro fizikasi instituti Uzbekiston FA.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anionlar konsepsiyasini 2D anionlarni va fermionlarni modellash uchun kvant Monte-Karlo metodini yaratishda qo‘llash imkoniyatini o‘rganishdan, garmonik potensialda lokallangan va cheksiz, tashkari magnit maydon va shu maydonsiz xolatda 2D elektron sistemalarni asosiy xolat energiyasini o‘rganishdan, va yukori temperatura o‘tautqazg‘ichlarning bir bozonli alternativ mexanizmini, Kuper paralardan xosil bo‘lgan standart mexanizmi o‘rniga, yaratishda qo‘llash imkoniyatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi Kompleks Diffuzion Monte Karlo metodi taklif qilindi; 2D fermionlar uchun yuqori temperaturali o‘tautqazg‘ichlarning yangi bir bozonli mexanizmi taklif qilindi;
tunnel skanli mikroskopda ko‘rsatilgan zaryadi birli bozonlar ekanligi dissertatsiyada isbot qilindi va yuqori temperaturali o‘tautqazg‘ichlarning faza diagrammasini elementlarini tushunish uchun Kulon bir bozonli va bir fermionli ikki suyuqlik modeli ilk bor taklif qilindi;
kupratlarning no-Fermi suyuqlik xossalari to‘plami shu kulon ikki suyuqlik modeli asosida birinchi marta tushuntirib berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyidagilardan iborat, dissertatsiya tadqiqoti O‘zbekiston Milliy Universitetining Amaliy Fizika Ilmiy-Tekshirish Instituti va O‘zbekiston Milliy Universitetining rejalarining “Qattiq Ta’sirli Sistemalarning Kvant Mexanikasi,” (2003-2007 yillar), Davlat Fan va Texnologiyalar Qumitasi, 2.1.10 kodi; “Qattiq Ta’sirli Sistemalardagi Kvant Effektlari,” (2007-2011 yillar), O‘zbekiston Oliy, O‘rta va Ixtisoslashgan Ta’lim Ministirligi (OO‘ITM), OT-F2-082 kodi; “Qattik Korrelyasion Kvant Sistemalar Nazariyasi,” (2012-2016 yillar), O‘zbekiston OO‘ITM, F-2-60 kodi; va “Nochizikli, Ko‘p-Zarrali, Kvant va Klassik Sistemalar” (2017-2020 yillar), O‘zbekiston Davlat kodi OT-F2-10 ilmiy loyihalar doirasida bajarilgan. Dissertatsiyaning avtori undan tashqari Germaning Fol`ksvagen Fondiga 2004-2006 yillari "Studies of Two-Dimensional Coulomb Systems with the Anyon Concept" va 2013-2019 yillari "Anyon physics of ultracold atomic gases" proektlarini qisman ko‘llaganlari uchun uzini minnatdorchiligini bildiradi.