Xojaeva Dilrabo Abdusamadovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agrosanoat majmuasi raqobatbardoshligini ta’minlashning moliyaviy jihatlari (Tojikiston Respublikasining paxtachilik xo‘jaliklari misolida)», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit», 08.00.04 – «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Sharifzoda Mu’min Mashokir, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharifov Zarif Raxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tojikistonda agrosanoat majmuasi raqobatbardoshligini ta’minlashning moliyaviy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta etishtirish komplekslarida import qilingan texnika vositalarini kreditga sotib olishda kredit foiz stavkasining Milliy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan qismini qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplash taklif etilgan;
paxta xom ashyosidan import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga eksportdan tushgan xorijiy valyuta mablag‘larini majburiy sotuvdan ozod qilish taklif etilgan
paxtachilikni modernizatsiya qilish konsepsiyasidan kelib chiqqan holda Tojikiston Respublikasi agrosanoat komplekslarini rivojlantirishning 2030 yilgacha prognozi ishlab chiqilgan;
paxta etishtirish majmualarini innovatsiyalarning ilg‘or usullarini qo‘llash orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarishni oshirishning 2030 yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
paxta tolasini ishlab chiqaruvchilarga foyda solig‘idan 20 foiz chegirma berish orqali ularning texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrosanoat majmuasi raqobatbardoshligini ta’minlashning moliyaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta etishtirish komplekslarida import qilingan texnika vositalarini kreditga sotib olishda kredit foiz stavkasining Milliy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan qismini qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplash taklifi Tojikiston Respublikasi hukumatining 2019 yil 31 maydagi 271-son «2019-2021 yillarda Tojikiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi investisiya muhitini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi savdosini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar rejasi to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 martdagi 5/5-22/204-son ma’lumotnomasi). Natijada, Tojikiston Respublikasi agrosanoat majmualarining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanishiga olib kelgan hamda paxta etishtirish majmualarini moliyaviy rag‘batlantirish hajmi 11,4 foizga oshgan;
paxta xom ashyosidan import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga eksportdan tushgan xorijiy valyuta mablag‘larini majburiy sotuvdan ozod qilish taklifi Tojikiston Respublikasi hukumatining 2016 yil 26 noyabrdagi 503-son «2016-2020 yillarda Tojikiston Respublikasida eksportga ko‘maklashish va importning o‘rnini bosadigan ishlab chiqarish Davlat dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 martdagi 5/5-22/204-son va Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligining 2022 yil 15 martdagi 10/3-190-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida, paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyati kengaygan va ularning xorijiy valyutadagi tushumlari 14,5 foizga oshgan;
paxtachilikni modernizatsiya qilish konsepsiyasidan kelib chiqqan holda Tojikiston Respublikasi agrosanoat komplekslarini rivojlantirishning 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognozi Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillar palatasining 2016 yil 1 dekabrdagi 636-son «Tojikiston Respublikasining 2030 yilgacha Milliy taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 martdagi 5/5-22/204-son va Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligining 2022 yil 15 martdagi 10/3-190-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida, agrosanoat kompleksini rivojlantirish uchun davlat byudjetidan moliyalashtirish 25 foizga oshirilgan va 375 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investisiyalari jalb qilishga erishilgan;
paxta etishtirish majmualarini innovatsiyalarning ilg‘or usullarini qo‘llash orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarishni oshirishning 2030 yilgacha prognoz ssenariylari 2021 yil 26 oktyabrdagi 456-son «Tojikiston Respublikasi agrosanoat kompleksi tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 martdagi 5/5-22/204-son va Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligining 2022 yil 15 martdagi 10/3-190-son ma’lumotnomalari). Natijada, 2020 yilda paxta etishtirish majmualarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmi 21,4 foizga oshishiga erishilgan;
paxta tolasini ishlab chiqaruvchilarga foyda solig‘idan 20 foiz chegirma berish orqali ularning texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish taklifi Tojikiston Respublikasining 2021 yil 2 sentyabrdagi 358-son «2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Davlat investisiyalari» Dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 martdagi 5/5-22/204-son va Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligining 2022 yil 15 martdagi 10/3-190-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida, paxta tolasi ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy resurslari hajmi 23 foizga o‘sib, eksport hajmi 410 mln AQSh dollariga oshishiga erishilgan.