Xalekeeva Zoya Pirniyazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarda tovar-moddiy zaxiralarni moliyaviy boshqarishni takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muamolasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.Phd/lqt2389.
Ilmiy rahbar: Karlibaev Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Quzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba, iqtisodiyot fanlari falsafa  doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi:Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zahiralarni moliyaviy boshqarish va ularni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlaridagi tovar-moddiy zaxiralarini likvidlilik darajasiga ko‘ra turkumlash hamda xususiyatlariga muvofiq holda umumiy qoida asosida rejalashtirish va tartibga solish orqali boshqarish jarayonlarini takomillashtirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining bozor qiymatini oshirish shartlari doirasida xom ashyolarni etkazib berishda logistika-transport tizimi bilan moddiy oqimlar va axborot almashinuvi yordamida texnik, texnologik, hududiy, tashkiliy va boshqaruv xususiyatlari bilan bog‘langan elementlar to‘plamidan foydalanish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralarni moliyaviy boshqaruv tuzilmasi ishlab chiqarishning har bir bosqichda mahsulot miqdorini tezkor tartibga solish, tovar-moddiy zaxiralar darajasini talab hajmiga muvofiqlashtirish hamda rejalashtirishni ta’minlovchi usullarini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish tizimini boshqarishni moliyaviy resurslarni maqsadli taqsimlash, zaxiralar ishlatilishining bosqichma-bosqichligi hamda korxona byudjeti mablag‘larining oqilona sarflanishini ta’minlash orqali takomillashtirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralarni moliyaviy boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlaridagi tovar-moddiy zaxiralarini likvidlilik darajasiga ko‘ra turkumlash hamda xususiyatlariga muvofiq holda umumiy qoida asosida rejalashtirish va tartibga solish orqali boshqarish jarayonlarini takomillashtirish taklifi “Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan tovar-moddiy zaxiralarni moliyaviy boshqarish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Maxam-Chirchiq”  AJning 2022 yil 30 iyundagi 102-08/23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida 2021 yilda 2015 yilga nisbatan ishlab chiqarish zaxiralari 258,4 foizga, tugallanmagan ishlab chiqarish 175,0 foizga, tayyor mahsulot 196,4 foizga o‘sishi ta’minlangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining bozor qiymatini oshirish shartlari doirasida xom ashyolarni etkazib berishda logistika-transport tizimi bilan moddiy oqimlar va axborot almashinuvi yordamida texnik, texnologik, hududiy, tashkiliy va boshqaruv xususiyatlari bilan bog‘langan elementlar to‘plamidan foydalanish taklifi “NO’KIS VINOZAVODI” AJ tomonidan tovar-moddiy zaxiralarni moliyaviy boshqarish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“NO’KIS VINOZAVODI” AJning 2022 yil 30 iyundagi 01/22-112-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «NO’KIS VINOZAVODI» aksiyadorlik jamiyatining joriy aktivlari 2021 yilda 2015 yilga nisbatan 451,3 foizga oshishiga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralarni moliyaviy boshqaruv tuzilmasi ishlab chiqarishning har bir bosqichda mahsulot miqdorini tezkor tartibga solish, tovar-moddiy zaxiralar darajasini talab hajmiga muvofiqlashtirish hamda rejalashtirishni ta’minlovchi usullarini joriy etish taklifi “NO’KIS VINOZAVODI” AJ tomonidan tovar-moddiy zaxiralarni moliyaviy boshqarish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“NO’KIS VINOZAVODI” AJning 2022 yil 30 iyundagi 01/22-112-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «NO’KIS VINOZAVODI» aksiyadorlik jamiyatidagi  jami aktivlarning o‘sish sur’ati 2021 yilda 2015 yilga nisbatan 464,5 foizga etgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish tizimini boshqarishni moliyaviy resurslarni maqsadli taqsimlash, zaxiralar ishlatilishining bosqichma-bosqichligi hamda korxona byudjeti mablag‘larining oqilona sarflanishini ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi “Maxam-Chirchiq”  AJ tomonidan tovar-moddiy zaxiralarni moliyaviy boshqarish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Maxam-Chirchiq”  AJning 2022 yil 30 iyundagi 102-08/23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Maxam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyati jami tovar-moddiy zahiralarning 2015-2021 yillardagi o‘sish sur’ati 258,4 foizga etib, ushbu o‘sish asosan ishlab chiqarish zaxiralariga to‘g‘ri kelgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish