Rustamova Gavhar Bahron qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek fol`klorida daraxtlar obrazi: genezisi va badiiy talqinlari”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1191.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02. 
Rasmiy opponentlar: Yormatov Isomiddin Turg‘unovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xalilova Dilbar Jalilovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek fol`klorida daraxtlar obrazining tarixiy-mifologik ildizlari, poetik talqin xususiyatlari, ramziy ma’no va timsollar, badiiy-estetik vazifalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek fol`klorida dendrar obrazlarning lirik hamda epik qahramon hayoti, homiy ruhlar bilan aloqador talqinlari daraxt totemi bilan aloqador qadimgi mifologik tasavvur-tushunchalar, dendrar kul`tlarga oid diniy-e’tiqodiy qarashlar, “Maypole”, “muqaddas qayin (baj kajing)” ritual marosimlari, “Qurilish qurbonligi”, daraxt kesish bilan bog‘liq urf-odat va tabular asosida ochib berilgan;
afsona, rivoyat, ertak, doston, qo‘shiq, terma, maqol va topishmoq singari janrlarda uchraydigan daraxtlar obrazining shomonlarda o‘zga olamga safar qilishi uchun zarur bo‘lgan yo‘l, epik personajni murodiga etkazuvchi vosita sifatidagi badiiy-estetik vazifalari, olam tuzilishi, odam yaralishi, qahramon ruhiy kechinmalari, hayot voqeliklariga bog‘lab tasvirlanishiga ko‘ra poetik tadriji aniqlangan;
“hayot daraxti” bilan bog‘liq epik motivlar genezisi olamning vertikal hamda gorizontal tuzilishini ifodalagan daraxtlarga aloqador afsonaviy, diniy-irfoniy qarashlar, tug‘ilgan chaqaloqlarga ism qo‘yish, o‘g‘il bolaga atab terak ekish, “zavarruk to‘yi”, “zavarruk ko‘tardi” deb ataluvchi apotropik marosimiy tushunchalar sintezi, daraxtlar obrazida aks etadigan “daraxt // jon va ruh”, “daraxt // qush”, “daraxt //suv va olov” paradigmatik munosabatlari asoslangan;
o‘zbek xalq marosim va lirik qo‘shiq hamda termalarda archa, chinor, terak, tut, majnuntol, yong‘oq, jiyda, tol, mevali daraxtlar obrazi ramziy-timsoliy jihatdan keng semantik ko‘lamda uchrashi dalillangan;
o‘zbek fol`klorida daraxt obrazining insonga parallel muqobil sifatida qo‘llanishi, dendrologiyaga oid hayotiy kuzatishlarning xalq og‘zaki badiiy ijodida ekologik qadriyatlarni targ‘ib qilish, umuminsoniy axloqiy qarashlarni ifodalash uchun ishlatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek fol`klorida daraxt obrazining genezisi va badiiy talqin xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek fol`klorida dendrar obrazlarning lirik hamda epik qahramon hayoti, homiy ruhlar bilan aloqador talqinlari daraxt totemi bilan aloqador qadimgi mifologik tasavvur-tushunchalar, dendrar kul`tlarga oid diniy-e’tiqodiy qarashlar, “Maypole”, “muqaddas qayin (baj kajing)” ritual marosimlari, “Qurilish qurbonligi”, daraxt kesish bilan bog‘liq urf-odat va tabular asosidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017–2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 20 noyabrdagi 17.01/262-son ma’lumotnomasi). Xususan, afsona, rivoyat, ertak, doston, qo‘shiq, terma, maqol va topishmoqlardagi archa, chinor, terak, tut, majnuntol, yong‘oq, jiyda, tol, mevali daraxtlar obrazi ilk bor keng qamrovda o‘rganilgani qoraqalpoq fol`klori va adabiyotidagi xalqona badiiy talqin etiladigan shunday an’anaviy obrazlarning ramziy ma’nolari ko‘lami, timsoliy belgilarini atroflicha yoritish, “hayot daraxti” hamda qoraqalpoq xalqining “boyterak” obrazi o‘rtasidagi mushtarak totemistik tasavvur-tushunchalarning og‘zaki va yozma ijoddagi o‘rnini belgilab ko‘rsatish, olam tuzilishi haqidagi qarashlarga bog‘lanishini tarixiy-mifologik aspektda ochib berishga xizmat qilgan;
“hayot daraxti” bilan bog‘liq epik motivlar genezisi olamning vertikal hamda gorizontal tuzilishini ifodalagan daraxtlarga aloqador afsonaviy, diniy-irfoniy qarashlar, tug‘ilgan chaqaloqlarga ism qo‘yish, o‘g‘il bolaga atab terak ekish, “zavarruk to‘yi”, “zavarruk ko‘tardi” deb ataluvchi apotropik marosimiy tushunchalar sintezi, daraxtlar obrazida aks etadigan “daraxt // jon va ruh”, “daraxt // qush”, “daraxt //suv va olov” paradigmatik munosabatlari asoslangan ilmiy xulosalardan Buxoro viloyatida 2019 yil 21-23 fevral` kunlari tashkil etilgan “Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi” doirasida,  shuningdek, 2021 yil 28-30 may kunlari bo‘lib o‘tgan XVI xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali dasturini tashkil etishda izlanuvchi tomonidan taqdim etilgan daraxtlar obrazi bilan bog‘liq xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Buxoro viloyati Turizm va sport boshqarmasining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-04/1584-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiyada keltirilgan daraxtlar obrazi ishtirok etgan, kelib chiqishi daraxtlar bilan aloqador bo‘lgan ziyoratgohlar to‘g‘risidagi afsona va rivoyatlar hamda ular haqidagi qiziqarli tahliliy materiallar forumda ishtirok etgan mehmonlarning tariximiz va milliy madaniyatimiz borasidagi  bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek fol`klorida daraxt obrazining insonga parallel muqobil sifatida qo‘llanishi, dendrologiyaga oid hayotiy kuzatishlarning xalq og‘zaki badiiy ijodida ekologik qadriyatlarni targ‘ib qilish, umuminsoniy axloqiy qarashlarni ifodalash uchun ishlatilishi isbotlangan ilmiy qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Adabiy muhit”, “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari” teledasturlarida, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 1/258-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish