Tuyeva Zulfiya Nazimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarni integrativ ta’lim asosida bayon yozishga o‘rgatish metodikasi (5-9-sinflar misolida)”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.3653.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Naralieva Shahlo Djamalovna, pedagogika fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni integrativ ta’lim asosida bayon yozishga o‘rgatishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini, metodik tamoyillarini belgilash, bayon turlari, ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash hamda bayonlarni tekshirish, baholash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bayon yozishda integrativ ta’limdan foydalanish matnni o‘quv fanlariaro mushtaraklikda tanlash, yozishga pedagogik, psixologik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, xatolar ustida belgilangan metodik tamoyillarga mos ravishda ishlash o‘quvchilarda nutq malakalarining rivojlanishiga, mustaqil fikrlash ko‘nikmasining oshishiga asos bo‘lishi aniqlangan; 
5-9-sinflarda bayon va uning turlarini integrativ ta’lim asosida ijodiy tafakkur~yozma, bayon~madaniy nutq tamoyilini tashkil etish ma’naviy-mafkuraviy qiyofasi jamiyatning bosh g‘oyasi bilan uyg‘unlashgan shaxsni tarbiyalash mo‘ljali sababli o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini rivojlantirishi, shuningdek ularning aqliy, ruhiy, ma’naviy yuksalishiga ta’sir etishi asoslangan; 
umumta’lim maktablarida integrativ ta’lim asosida ta’limiy bayon yozishga o‘rgatish va tekshiruv (nazorat) bayon yozishga o‘rgatishda ijodiy va kreativ fikrlaydigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishi sababli o‘qituvchi kompetentliligi muhim o‘rin tutishi dalillangan; 
bayonni tahrir qilish, tekshirishning ona tili darslariga xos tizimlilik, izchillik va uzviylikka qat’iy amal qilish kabi tartib-qoidalari ishlab chiqilib,  ularni baholash mezonlari - o‘quvchilarni  o‘z-o‘zini anglash, o‘z mehnatini baholash, xato va kamchiliklariga kreativ munosabatda bo‘lish kabi bosqichlari (mustaqil, ijodiy, kreativ sifatlarga, o‘ziga xos g‘oyalarni asoslash malakasiga, ijodiy, kreativ mahsulotni yaratish qobiliyatiga egalik)ni anglash, amaliy-faoliyatli (bajarish), refleksiv-baholash darajalari bo‘yicha  takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni integrativ ta’lim asosida bayon yozishga o‘rgatish metodikasini takomillishtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
bayon yozishda integrativ ta’limdan foydalanish matnni o‘quv fanlariaro mushtaraklikda tanlash, yozishga pedagogik, psixologik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, xatolar ustida belgilangan metodik tamoyillarga mos ravishda ishlash o‘quvchilarda nutq malakalarining rivojlanishiga, mustaqil fikrlash ko‘nikmasining oshishiga asos bo‘lishi kabi xulosalardan Buxoro davlat universitetining OT-F1-002-raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha (2017-2020 yy.)da  foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 20 apreldagi 01-04/01-0855-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish jarayoni (mantiqiy, evristik, integrativ, avtoritar, tanqidiy, kognitiv-pragmatik) zamonaviy yondashuvlar va (ilmiylik, uzviylik, ketma-ketlik, ko‘rgazmalilik, mobillik, modellashtirish kabi) tamoyillar  asosida takomillashtirilgan; 
5-9-sinflarda bayon va uning turlarini integrativ ta’lim asosida ijodiy tafakkur~yozma, bayon~madaniy nutq tamoyilini tashkil etish ma’naviy-mafkuraviy qiyofasi jamiyatning bosh g‘oyasi bilan uyg‘unlashgan shaxsni tarbiyalash mo‘ljali sababli o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini rivojlantirishi, shuningdek ularning aqliy, ruhiy, ma’naviy yuksalishiga ta’sir etishi kabi xulosalardan o‘rta ta’lim maktablari amaliyotida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2022 yil 17 iyundagi 02-02/3-1245-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-9-sinf o‘qituvchilarining dars o‘tish jarayonida sifat va samaradorlikka erishish uchun bir qadar xizmat qilgan;
umumta’lim maktablarida integrativ ta’lim asosida ta’limiy bayon yozishga o‘rgatish va tekshiruv (nazorat) bayon yozishga o‘rgatishda ijodiy va kreativ fikrlaydigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishi sababli o‘qituvchi kompetentliligi muhim o‘rin tutishi dalillangan xulosalaridan 2020-2022 yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniesining “Dolzarb muammo”, “Maktab ta’limi muammolari”, “Maktab va hayot”, “Ustozlar izidan” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining “Muloqot va munozara”, “Maktab va milliy o‘zlik” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (BuxoroMTRKning 2022 yil 7 iyundagi 1/135-son ma’lumotnomasi). Natijada,  teletomoshabin va tinglovchilarning respublikamizdagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili darslarining sifat va samaradorligi, ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish, ona tili darslarining samaradorligini oshirish borasidagi tasavvurlari hamda bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish