Jumanov Axmadjon Mirzaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kimyo” kursini integrativ takomillashtirish asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish (oliy ta’lim muassasalari misolida),13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD/Ped3548.
Ilmiy rahbarlar: Nishonov Mirkozim texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Alimova Farzona Abdukamolovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Kimyo” kursini integrativ takomillashtirish asosida biolog bakalavrlarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
biologiya ta’lim yo‘nalishida “Kimyo” kursini integrativ takomillashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari (didaktik, metodik, faktik, nazariy, amaliy) kasbiy-metodik tayyorgarlikning tabiiy-ilmiy bilish tamoyillari, ilmiy bilish usullari va talabalarning gnostik faoliyatiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
biolog-bakalavrlarning kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishda yaxlit tabiiy-ilmiy tasavvurni tarkib toptirish mexanizmi maqsad, jarayon, natija komponentlarining integral ta’lim texnologiyalariga muvofiq ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarida motivatsion, refleksiv, didaktik omillarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
biolog-bakalavrlarning kasbiy-metodik tayyorgarligini kollaborativ yondashuvga muvofiq sinxron rivojlantirishning metodikasi integrativ yondashuv mazmunida unversal-sintetik bilimlar va universal-funksional ijodiy faoliyat tajribasini tarkib toptirish asosida takomillashtirilgan;
biologiya yo‘nalishi talabalarining “Kimyo” kursi yuzasidan kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishga doir integrativ nazorat topshiriqlarini variativ qo‘llash, kasbiy faoliyatda nostandart pedagogik vazifalarni ijodiy hal etish asosida tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiya o‘qituvchilari tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida kimyoni integrativ asosida o‘qitishga oid tadqiqot natijalari asosida:
biologiya ta’lim yo‘nalishida “Kimyo” kursini integrativ takomillashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari (didaktik, metodik, faktik, nazariy, amaliy) kasbiy-metodik tayyorgarlikning tabiiy-ilmiy bilish tamoyillari, ilmiy bilish usullari va talabalarning gnostik faoliyatiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalari “Kimyo” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14 martdagi 107-son buyrug‘i, 107-152 - son nashr guvohnomasi). Natijada talabalarda integrativ mazmundagi bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishiga erishilgan;
biolog-bakalavrlarning kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishda yaxlit tabiiy-ilmiy tasavvurni tarkib toptirish mexanizmi maqsad, jarayon, natija komponentlarining integral ta’lim texnologiyalariga muvofiq ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarida motivatsion, refleksiv, didaktik omillarga ustunlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflari “Kimyo” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i, 744-064-son nashr guvoxnomasi). Natijada, talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish orqali, fanga doir kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
biolog-bakalavrlarning kasbiy-metodik tayyorgarligini kollaborativ yondashuvga muvofiq sinxron rivojlantirishning metodikasi integrativ yondashuv mazmunida unversal-sintetik bilimlar va universal-funksional ijodiy faoliyat tajribasini tarkib toptirish; biologiya yo‘nalishi talabalarining “Kimyo” kursi yuzasidan kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishga doir integrativ nazorat topshiriqlarini variativ qo‘llash, kasbiy faoliyatda nostandart pedagogik vazifalarni ijodiy hal etish asosida tabiiy–ilmiy savodxonlikni rivojlantirish imkoniyatlarini orttirishga doir tavsiyalari “Kimyo” darsligi mazmuniga singdirilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyurig‘i). Natijada, talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini integrativ takomillashtirishning didaktik imkoniyati kengaytirilgan hamda talabalarda amaliy kompetentlikni rag‘batlantirishga xizmat qilgan.