Eshov Xurshid Xurramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish», 09.00.09 – Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal655. 
Ilmiy rahbar: O‘tamurodov Akbar O‘tamurodovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/30.06.2021.F.135.01. 
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda ma’naviy tahdidlarning muhim xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berish va ushbu salbiy omillarga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarni ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish ruhida tarbiyalashda “shaxs-jamiyat-davlat” konsepsiyasining asos ekanligi ko‘rsatilib, “ma’naviy yuksalish” tushunchasining ma’no-mazmuni va zaruriyati ochib berilgan;
milliy, umuminsoniy, induvidual maqsadlar kesishmasida irratsionalizmga yo‘l qo‘ymaslik hamda ijtimoiy jarayonlarga ratsional yondashish yoshlarni ichki va tashqi tahdidlarga qarshi tura oladigan mafkuraviy pozisiyasini belgilovchi asos ekanligi ko‘rsatilgan;
milliy g‘oya strategiyasi jamiyat siyosiy tizimi va shaxs dunyoqarashini shakllantirish jarayonidagi islohotlar natijadorligidan kelib chiqib, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishda «davlat+fuqarolik jamiyati institutlari+ta’lim tizimi», «fuqaro+elektron hukumat+OAV» o‘zaro hamkorligining uzviyligini ta’minlashda funksional faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoring qilib borish, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish, axborot madaniyatini oshirish kabi mexanizmlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish asosida:
yoshlarni ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish ruhida tarbiyalashda amaldagi (an’anaviylik, vorisiylik, qadriyatlarga sodiqlik, milliy o‘zlik, ierarxiyaviylik kabi) mexanizmlar “shaxs-jamiyat-davlat” konsepsiyasi asosida “ma’naviy yuksalish” tushunchalari, uning ma’no-mazmuni, zaruriyati to‘g‘risida aniq asoslangan tasavvur va ilmiy qarashlar takomillashtirilgan ilmiy asoslangan mexanizmlaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining «Yoshlarning turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash» nomli 2-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2021 yil 24 dekabrdagi 
02/02-1760-son dalolatnomasi). Natijada bu yoshlarning buzg‘unchi g‘oyalar, ma’naviy tahdidlar borasidagi bilimlari va ularga qarshi kurashdagi imkoniyatlari oshishiga xizmat qilgan;
siyosiy ong va madaniyat, siyosiy bilim va tafakkur, siyosiy yondashuv va pozisiya yoshlar mafkuraviy immunitetining shakllanganlik darajasini bildirishi, milliy va umuminsoniy hamda induvidual maqsadlar kesishmasida irratsionalizmga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy jarayonlarga ratsional yondashish yoshlarni ichki va tashqi tahdidlarga qarshi tura oladigan mafkuraviy pozisiyasini belgilovchi omillari O‘zbekiston Milliy axborot agentligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2021 yil 1 dekabrdagi 57-son dalolatnomasi). Natijada buzg‘unchi g‘oyalarning global tarmoq orqali tarqalishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanishiga xizmat qilgan;
milliy g‘oya strategiyasi jamiyat siyosiy tizimi va shaxs dunyoqarashini shakllantirish jarayonidagi islohotlar natijadorligidan kelib chiqib, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi ochib berilgan xulosalardan Yoshlar ishlari agentligining «Yoshlar dasturi», «Ish rejasi» bandlarida hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari (konferensiya, davra suhbati, seminar va uchrashuvlar)da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 19 noyabrdagi 2-09-23-2867-son dalolatnomasi). Natijada bu ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash uchun ichki va tashqi tahdidlarni aniqlashtirishga xizmat qilgan; 
Yangi O‘zbekistonda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishda «davlat+fuqarolik jamiyati institutlari+ta’lim tizimi», «fuqaro+elektron hukumat+OAV» o‘zaro hamkorligining uzviyligini ta’minlash mexanizmlari (funksional faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoring qilib borish, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish, axborot madaniyatini oshirish) bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy bo‘linmalarida OAV faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommoviy kummunikatsiyalar agentligining 2022 yil 5 yanvardagi 06-04-son dalolatnomasi). Natijada tahdidlarga qarshi kurashishga oid videoroliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish