Xasanov El`dar Rinatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy rus tili polisemik leksikasining derivatsion jihatlari (holat fe’llari misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1PhD/Fil430.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Sheremet`eva Anna Gennad`evna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Latipov Oqil Jo‘rakulovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy rus tili polisemantik leksikasining so‘z yasash xususiyatlarini aniqlash va holat fe’llari misolida derivatsiyaning ikki shakli – semantik va so‘z yasash o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘z yasash uyalari tarkibidagi holat polisemantik fe’llarining kognitiv xarakteristikasi hamda radial, zanjirli va radial-zanjirli polisemiyaning rivojlanish mexanizmlari o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan farqlar ochib berilib, formal-semantik munosabatlarining o‘zaro nisbati sevmoq so‘z yasash uyasi orqali asoslangan;
“sevmoq” so‘z yasash uyasining barcha beshta so‘z yasash bosqichlarida yasama so‘zlarning mohiyatining kategorial tuzilishi va semantik ustunligi xarakterining “sevmoq” so‘z yasash uyasining eng yuqori shakllarining leksik-semantik variantlari proeksiyasi natijasi sifatida sodir bo‘lishi aniqlangan;
so‘z yasash uyasi leksik-semantik variantlarining “sevmoq” so‘z yasovchi uyasining yuqori qismidagi barcha so‘z yasovchi darajalarining tub so‘zlarning ma’nosi bo‘yicha proeksiyasi, aynan semantik derivatsiyada holat fe’llarining qisman jarayonlashuvida ma’no semantik tuzilishining o‘zgarishi dalillangan;
til kategorizatsiyasiga oid bo‘lgan prototipli yondashuv masalasida polisemantik holat fe’llari misolida semantik va so‘z yasash derivatsiyasi mexanizmlari xususiyatlari, ularning semantik chegaralari va epidigma dinamikasi kengligining asosiy omillari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy rus tilining ko‘p ma’noli fe’lli (holat fe’llari misolida) leksikasining derivatsionn jihatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida:
so‘z yasash uyalari tarkibidagi holat polisemantik fe’llarining kognitiv xarakteristikasi hamda radial, zanjirli va radial-zanjirli polisemiyaning rivojlanish mexanizmlari o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan farqlar ochib berilib, formal-semantik munosabatlarining o‘zaro nisbati sevmoq so‘z yasash uyasi orqali asoslanganligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining chora-tadbirlar dasturining 35-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 05-12-01-4446-son ma’lumotnomasi). Natijada derivatologiya qonunlari va dinamik tilshunoslikning nazariy qoidalariga asoslangan derivativ tahlil metodikasi takomillashtirilgan, uning bosqichlari mazmuniga aniqlik kiritilgan;
“sevmoq” so‘z yasash uyasining barcha beshta so‘z yasash bosqichlarida yasama so‘zlarning mohiyatining kategorial tuzilishi va semantik ustunligi xarakterining “sevmoq” so‘z yasash uyasining eng yuqori shakllarining leksik-semantik variantlari proeksiyasi natijasi sifatida sodir bo‘lishi aniqlanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1-005 “Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi va adabiy tanqidini o‘rganish” mavzusidagi loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 oktyabrdagi 310/1-son ma’lumotnomasi). Natijada polisemantik fe’llarning talqiniga nisbatan ma’lumotlar boyitilgan, leksemalarning qo‘llanish, shuningdek, ularning qoraqalpoq tilida ruscha ekvivalentlarini tanlash tamoyillari takomillashgan;
so‘z yasash uyasi leksik-semantik variantlarining “sevmoq” so‘z yasovchi uyasining yuqori qismidagi barcha so‘z yasovchi darajalarining tub so‘zlarning ma’nosi bo‘yicha proeksiyasi, aynan semantik derivatsiyada holat fe’llarining qisman jarayonlashuvida ma’no semantik tuzilishining o‘zgarishi, til kategorizatsiyasiga oid bo‘lgan prototipli yondashuv masalasida polisemantik holat fe’llari misolida semantik va so‘z yasash derivatsiyasi mexanizmlari xususiyatlari, ularning semantik chegaralari va epidigma dinamikasi kengligining asosiy omillariga oid xulosalardan O‘zbekistondagi Rus madaniy markazi Jizzax viloyati bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Rus madaniy markazining 2021 yil 17 fevraldagi 02-16-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarga zamonaviy rus tilining semantik va leksik derivatsiyasi haqida, hamda so‘zlarning yangi ma’nolarini hosil bo‘lishida kognitiv jihatlarning o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishga xizmat qilgan.