Rustamova Shaxnoza Abduraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evropa tarjima nazariyasi va amaliyotining taraqqiyot bosqichlari (XX asrga qadar)”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil.1122.
Ilmiy rahbar: [Xolbekov Muxammadjon Nurkasimovich], filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Roviyajon, filologiya fanlari doktori; Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Evropa tarjima nazariyasi va amaliyoti tarixining XX asrga qadar bo‘lgan taraqqiyot davrini, uning tarjimashunoslik tarixi va ravnaqida tutgan o‘rnini qiyosiy-tipologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa tarjima nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotining tarjimonlar ijodkorligiga xos bo‘lgan XX asrgacha bo‘lgan tarixiy (IX-XIV asrlar,  XIV-XVIII asrlar, XVIII asr oxiri – XIX asr uchinchi davri) davrlarda metaforalar, allegoriyalar, qiyoslashlar, o‘xshatishlar kabi stilistik vositalarning qo‘llanilish samaradorligi aniqlangan;
XIV-XVIII asrlar va XX asrgacha bo‘lgan davrda Evropa tarjima nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotida tillararo muqobillik va lingvomadaniy tamoyillarni asoslash orqali Evropa xalqlari adabiyoti rivojlanishida tarjima ilmining milliy adabiyotlar aloqasini ta’minlaganligi asoslangan; 
antik va undan so‘nggi bosqichlarda shakllangan tarjima amaliyoti namunalar asosida Evropa tarjimashunosligi ma’rifatparvarlik davrida ekvivalentlik nazariyasining yetakchi o‘ringa chiqqanligi dalillangan;
uyg‘onish, klassisizm va ma’rifatparvarlik davrlari tarjima amaliyoti yangi usullarni joriy qilish hamda shu davr tarjima nazariyasining semiotik-kommunikativ yondashuvga asoslangan ijtimoiy, siyosiy, ideologik diskurslar asosida taraqqiy etganligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Evropa tarjima nazariyasi va amaliyotining taraqqiyot bosqichlari (XX asrga qadar) mavzusi asosida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
antik va undan so‘nggi bosqichlarda shakllangan tarjima amaliyoti namunalar taxlili asosida Evropa tarjimashunosligida ma’rifatparvarlik davrida ekvivalentlik nazariyasi yetakchi o‘ringa chiqqanligi kabi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan 2011-2014 yillarga mo‘ljallangan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli inovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 29 martdagi 731/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli etnoslararo integratsiya jarayonlari, insoniyatning jamoaviy tuzilma sifatida shakllanganligidan boshlab quldorlik tuzumi davrida taraqqiy etganligi, o‘tmishdagi mazkur integratsion jarayonlarda tarjima ham alohida o‘rin tutishi, turli bilim tuzulmalarining badiiy matnda aks etishi va ularning tarjimaviy tahlil etish metodlarini chuqur o‘rganish imkonini bergan;
XIV-XVIII asrlar va XX asrgacha bo‘lgan davrda Evropa tarjima nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotida tillararo muqobillik va lingvomadaniy tamoyillarni asoslash orqali Evropa xalqlari adabiyoti rivojlanishida tarjima ilmining milliy adabiyotlar aloqasini ta’minlaganligi, uyg‘onish, klassisizm va ma’rifatparvarlik davrlari tarjima amaliyoti yangi usullarni joriy qilish hamda shu davr tarjima nazariyasining semiotik-kommunikativ yondashuvga asoslangan ijtimoiy, siyosiy, ideologik diskurslar asosida taraqqiy etganligi kabi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan 2011-2014 yillarga mo‘ljallangan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli inovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 29 martdagi 731/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimada diskurs nazariyasining takomillashuviga xizmat qilgan;
evropa tarjima nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotining tarjimonlar ijodkorligiga xos bo‘lgan XX asrgacha bo‘lgan tarixiy (IX-XIV asrlar,  XIV-XVIII asrlar, XVIII asr oxiri – XIX asr uchinchi davri) davrlarda metaforalar, allegoriyalar, qiyoslashlar, o‘xshatishlar kabi stilistik vositalarning qo‘llanilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari dissertatsiyaning tarjima amaliyotining yangi metodlari joriy qilinganligi va tarjima nazariyasi semiotik komunikativ yo‘nalishida hamda ijtimoiy omillar ta’sirida rivojlanganligi ochib berilishi ilmiy natijalaridan ayrim ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda, xususan, 2020 yilning 30 dekabrida efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvida foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 07 apreldagi 02-40-521-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariysida keltirilgan leksik birliklarni ilmiy talqin qilish sezilarli darajada oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish