Ismailova Laylo Xondamirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi turistik reklama matnlarining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2545.
Ilmiy rahbar: Sultonova Shoxista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent; Bahodirov Jaxongirmirzo Abdumajitovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi turistik reklama matnlarining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatdagi gedonistik darajani belgilovchi hamda terapevtik vazifani bajaruvchi reklamaning maxsus turi bo‘lgan turistik reklama matnlarining matn tipologiyasiga oid xususiyatlari reklamani qamrab olgan hududiga ko‘ra umummilliy, mahalliy, xalqaro va mintaqaviy aspektlarda aniqlangan;
sayyohlarning birlamchi qiziqishini ta’minlab beruvchi reklamaga hamohang bo‘lgan har ikki tilga oid turistik motivlarni aniqlash orqali stereotip, ramz va arxetiplarning lisoniy olam tasvirini shakllantiruvchi lingvomadiniy omil sifatidagi maqomi isbotlangan;
ongning o‘ziga xos kognitiv mikrostrukturasini tashkil etuvchi turistik reklama matniga xos bo‘lgan informativlik o‘z semantikasida madaniyatning bir qismini aks ettirishi, sayyohlarni jalb etishda emotsional ifoda vositalari bilan bir qatorda, stilistik, konativ, affektiv, suggestiv, appelyativ vositalarning ikki tildagi turistik reklama matnlarining pragmatik va performativ funksiyasini amalga oshirishga xizmat qilishi isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi turistik reklamalarni kategoriyalashtirish orqali o‘zbek tilidagi turistik reklamalarning lingvomadaniy aspekti mubolag‘a, istiora, o‘xshatish, pand-nasihat, antroponimlar, ingliz tilida esa, buyruq ohangi, qiyoslash, timsollash, sifatlash va toponimlarda faol ifodalanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotga tortilgan turistik reklama matnlarining tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:  
jamiyatdagi gedonistik darajani belgilovchi hamda terapevtik vazifani bajaruvchi reklamaning maxsus turi bo‘lgan turistik reklama matnlarining matn tipologiyasiga oid xususiyatlari reklamani qamrab olgan hududiga ko‘ra umummilliy, mahalliy, xalqaro va mintaqaviy aspektlarda aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy universitetining OT-F1-91 raqamli “Markaziy Osiyoda tarixiy madaniy viloyatlarning shakllanishi va etnik geografiyasi muammolari" mavzuidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 28 yanvardagi 04-11-518-son ma’lumotnomasi). Natijada uzoq davrlardan beri ko‘plab fanlarning o‘rganish ob’ekti bo‘lib kelgan reklama matnining o‘ziga xos nomoddiy turi hisoblangan turistik reklama matnlarining bir nechta asosiy tarkibiy elementlarini kiritishga xizmat qilgan;
turizmga oid statistik ma’lumotlar asosida sayyohlarning birlamchi qiziqishini ta’minlab beruvchi reklamaga hamohang bo‘lgan har ikki tilga oid turistik motivlarni aniqlash orqali stereotip, ramz va arxetiplarning lisoniy olam tasvirini shakllantiruvchi lingvomadiniy xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetining PZ-201709134 “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzuidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 22 noyabrdagi 04-11-6713-son ma’lumotnomasi). Natijada stereotiplar orqali fikrlovchi ko‘plab sayyohlarning jamiyat borasidagi fikrini o‘zgartirish masalalari turistik reklamaning moliyaviy samaradorlikka eltuvchi lingvomadaniy unsurlar sifatida xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi turistik reklamalarni kategoriyalashtirish orqali o‘zbek tilidagi turistik reklamalarning lingvomadaniy aspektining mubolag‘a, istiora, o‘xshatish, pand-nasihat, antroponimlar, ingliz tilida esa, buyruq ohangi, qiyoslash, timsollash, sifatlash va toponimlarda ifodalanishiga oid xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat muassasasi “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirish loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 07 sentyabrdagi 04-25-1442-son ma’lumotnomasi). Natijada reklamaga nisbatan kompleks yondashuv takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish