Sodiqova Gulbarno Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda mustaqil qaror qabul qilishning diniy-psixologik omillari”. 19.00.07 – Din psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P185.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Farfieva Kamola Atxamdjonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlar mustaqil qaror qabul qilishida diniy-psixologik omillar o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
naqshbandiya tariqatining vuqufi qalb (dilida Allohni saqlash bilan qalbning xotirjamligi) odobi xolis niyat orqali o‘smirlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini oshirganligi sababli ichki internal lokus nazoratga ta’sir etuvchi kompetensiya ekanligi asoslangan;
o‘smirlardagi ichki diniy yo‘nalganlik (farz va vojib amallarni bajarish, halol bo‘lish)ning namoyon bo‘lishi natijasida psixologik barqarorlik ta’minlanganligi sababli mustaqil qaror qabul qilishlarida diniy-psixologik sifatlar (axloqiy xulq-atvor, tazkiya, shukronalik hissi)ning rivojlanishi asoslangan;
o‘smirlarning ijtimoiylashuv jarayonida namoyon bo‘luvchi ichki antogonizm va tajovuzkorlik holatlarini boshqarishda nigahdosht (har bir xatti-harakat Alloh nazoratida ekanligini anglash) odobi hushyorlik bilan nazorat qilishi tufayli konstruktiv qarorlar qabul qilishga erishilishi aniqlangan;
o‘smirlarda konstruktiv diniy bilimlar (“Laa ilaaha illalloh” kalimasini aytish, solih amallarni bajarish, duo va zikrlarni o‘rganish) ta’siri natijasida ta’limda mehmon-spikerlarning tashkil etilganligi bois izn so‘rash va nazar solish odobi hamda ziyraklik ko‘nikmalarining mustahkamlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda mustaqil qaror qabul qilishning diniy-psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: naqshbandiya tariqatining vuqufi qalb (dilida Allohni saqlash bilan qalbning xotirjamligi) odobi xolis niyat orqali o‘smirlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini oshirganligi sababli ichki internal lokus nazoratga ta’sir etuvchi kompetensiya ekanligi asoslanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4436-son qarori 1-bandi “Aholining, ayniqsa yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini rivojlantirish”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 11 maydagi 02-03/3654-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarning mustaqil kasb tanlashi, ta’lim olishi, maqsadlariga erishilishida diniy-psixologik omillardan foydalanishga xizmat qilgan;
o‘smirlardagi ichki diniy yo‘nalganlik (farz va vojib amallarni bajarish, halol bo‘lish)ning namoyon bo‘lishi natijasida psixologik barqarorlik ta’minlanganligi sababli mustaqil qaror qabul qilishlarida diniy-psixologik sifatlar (axloqiy xulq-atvor, tazkiya, shukronalik hissi)ning rivojlanishi asoslanganligiga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 69-maqsadining “Oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimlashtirish va samaradorligini yanada oshirish” 253-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 27 apreldagi 01-09/897-son, 07 noyabrdagi 01-09/1133-son ma’lumotnomalari). Natijada, oiladagi o‘smirlar bilan ijtimoiy ish olib borishda har bir hududning o‘ziga xos etnohududiy xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, oilalarda emotsional barqarorlikni saqlab qolishda ma’lum darajada xizmat qilgan;
o‘smirlarning ijtimoiylashuv jarayonida namoyon bo‘luvchi ichki antogonizm va tajovuzkorlik holatlarini boshqarishda nigahdosht (har bir xatti-harakat Alloh nazoratida ekanligini anglash) odobi hushyorlik bilan nazorat qilishi tufayli konstruktiv qarorlar qabul qilishga erishilishi aniqlanganligiga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti tomonidan o‘tkazilgan “Maktab o‘quvchilari orasida zo‘ravonlik holatlari (bulling) va bunga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rganish” hamda “Yoshlarning islom dini va islom ma’rifatiga bo‘lgan munosabati” mavzularidagi sotsiologik so‘rovnomani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2022 yil 27 apreldagi 01-12/43-son, 2022 yil 15 noyabrdagi 01-12/113-son ma’lumotnomalari). Natijada o‘zbekiston yoshlarining islom dini va islom ma’rifatiga bo‘lgan munosabatiga salbiy ta’sir etadigan mezonlarni aniqlashga xizmat qilgan;
o‘smirlarda konstruktiv diniy bilimlar (“Laa ilaaha illalloh” kalimasini aytish, solih amallarni bajarish, duo va zikrlarni o‘rganish) ta’siri natijasida ta’limda mehmon-spikerlarning tashkil etilganligi bois izn so‘rash va nazar solish odobi hamda ziyraklik ko‘nikmalarining mustahkamlanishi dalillanganligiga oid taklifi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi ilmiy metodik kengashining 2021 yil 18 avgustdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan psixologlar qayta tayyorlash kurslari o‘quv rejasidagi “Psixodiagnostika”, “Ijtimoiy psixologiya” modullariga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 22 apreldagi 4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davriga xos qaror qabul qilishning diniy-psixologik omillarni aniqlashga xizmat qilgan.